Lutfulla Saʼdullayev: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 149:
 
'''Saʼdullayev Lutfulla''' (1940.18.12, Toshkent) — aktyor, rej. Oʻzbekiston xalq artisti (2001). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1965). 1963 yildan Yosh tomoshabinlar teatri aktyori. S. ijro etgan rollari inson qalbiga yaqin boʻlib, tomoshabinni oʻziga hamdard qila olishi, obrazlar harakteri, dunyoqarashi, qahramonlar ichki dunyosining rangbarangligi, boy va kengligi bilan ajralib turadi. Muso Jalil ("Muso Jalil"), Bunyod ("Semurgʻ"), Ibn Sino ("Donishmandning yoshligi"), Hamza ("Qaldirgochlar"), Qori ("Tobutdan tovush"), Shogʻulom ("Janjal"), Omon ("Shum bola"), Mirqosim ("Zaharli tomchilar"), Ibn Malʼun ("Ming bir kecha") kabi rollari bilan tanilgan. U koʻpgina telefilm, videofilm va telepostanovkalarda ham koʻplab rollar oʻynagan: Berdi ("Qismat"), Abdulla ("Odam boʻlish qiyin"), Alimardon Toʻrayev ("Bahor qaytmaydi"), Mahkam ("Uch ildiz") va boshqa Shuningdek, S. "Otalar soʻzi — aqlning koʻzi" koʻrsatuvining faol ishtirokchilaridan. Rej. sifatida ham ijod qilib, "Adashganlar" (T. Qozoqboyev), "Tinibtinchimas buvijon" (L. Saʼdullayev), "Gap yoʻq, qoʻzichoq" (S. Sirojiddinov), "Bolalar SHOU", "Zumrasha", "Rivoyat" (h. Nizomitdinov) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. 2003 y. u kinorejissyor sifatida "Munis onam" filmini ekranlashtirdi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
1968-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gulchehra Saʼdullayeva bilan turmush qurgan aktyor - bugun 3 farzandning otasi, va 7 nabiraning sevimli buvasi.
 
* Turmush oʻrtogʻi '''Gulchehra Saʼdullayeva''' – aktrisa.