Forobiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Turano'g'lu tahrirlari Ximik1991Bot versiyasiga qaytarildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 23:
Mavjud maʼlumotlarga qaraganda, F. 160 dan ortiq asar yozgan. Lekin ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Shunga qaramay, mavjud risolalarining oʻziyoq uning bugok olim ekanligidan dalolat beradi.
 
F.ningFarobiyning asosiy asarlari: "Falsafani oʻrganishdan oldin nimani bilish kerakligi toʻgʻrisida", "Falsafiy savollar va ularga javoblar", "Ensiklopediyadan mantiq boʻlimining bir qismi", "Taliqot" (sharhlar), "Inson aʼzolari haqida risola", "Boʻshliq haqida maqola", "Donolik asoslari", "Falsafaning maʼnosi va kelib chiqishi", "Hayvon aʼzolari, funksiyasi va potensiyasi", "Mantiq toʻgʻrisidagi risolaga muqaddima", "Mantiq ilmiga kirish", "Ilmlarning kelib chiqishi haqida", "Musiqa haqida katta kitob", "Baxtsaodatga erishuv haqida", "Masalalar mohiyati", "Buyuk kishilarning naqllari", "Ihso alulum", "Hikmat maʼnolari", "Aql toʻgʻrisida", "Ilmlar va sanʼatlar fazilati", "Qonunlar haqida kitob", "Substansiya haqida soʻz", "Falak harakatining doimiyligi haqida", "Sheʼr va qofiyalar haqida soʻz", "Ritorika haqida kitob", "Hajm va miqdor haqida soʻz", "Musiqa haqida soʻz", "Fizika usullari haqida kitob", "Fazilatli xulqlar", "Fozil shahar aholisining fikrlari", "Jismlar va aksidensiyalarning ibtidosi haqida", "Aristotel "Metafizika" kitobining maqsadi toʻgʻrisida" va boshqa F. asarlari 20-asrning 70—80-yillarida Toshkent va Olmaotada "Falsafiy risolalar", "Mantiqiy risolalar", "Matematik risolalar", "Ijtimoiyaxloqiy risolalar", "Tadqiqotlar va tarjimalar" nomlari ostida rus tilida nashr etilgan.
 
F.Farobiy ilk oʻrta asrda, Sharq Uygʻonish davrida ijod etdi. Bu davr ishlab chiqaruvchi kuchlarning oʻsishi, hunarmandchilik, irrigatsiya inshootlarining yuksalishi, yangi shaharlarning bunyod etilishi, madaniy va maʼnaviy hayotning ravnaq topishi bilan ajralib turadi. 9—10-asrlarda ichki va tashqi savdo kuchaydi, ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Vizantiya, Afrika mamlakatlari bilan aloqa yoʻlga qoʻyildi. Bu davr qaramaqarshilik va adovatlardan xoli emas edi. F.ning falsafiy qarashlarida oʻsha davrning yutuq va kamchiliklari, murakkab va ziddiyatli jihatlari oʻz ifodasini topdi.
 
Olimning ilmfan oldidagi xizmatlaridan biri uning yunon mutafakkirlari asarlarini sharxlaganligi va ularni yangi gʻoyalar bilan boyitganligidir. Alloma, eng avvalo, Arastu asarlariga sharhlar bitgan, uning naturfalsafiy gʻoyalarining targʻibotchisi va davomchisi sifatida tanilgan. F., shuningdek, Aflotun, Aleksandr Afrodiziyskiy, Yevklid, Ptolemey, Porfiriy asarlariga ham mapjyiap yozganligi maʼlum. Bulardan tashqari, Gippokrat, Epikur, Anaksagor, Diogen, Xrisipp, Aristipp, Suqrot, Zenon asarlaridan xabardor boʻlgan hamda epikurchilar, stoiklar, pifagorchilar, kiniklar maktablarini yaxshi bilgan. F. oʻrta asrda mukammal hisoblangan ilmlar tasnifini yaratdi. U "Ilmlarning kelib chiqishi haqida", "Ilmlarning tasnifi haqida" nomli risolalarida oʻsha davrda maʼlum boʻlgan 30 ga yaqin ilm sohasining tavsifi va tafsilotini bayon qilib berdi. Mutafakkir tabiat va inson organizmiga xos boʻlgan tabiiy jarayonlarni oʻrganuvchi ilm sohalarini birinchi oʻringa qoʻydi. F. ilmlarni quyidagicha tasniflaydi: 1) til haqidagi ilm (grammatika, orfografiya, sheʼriyat, toʻgʻri yozuv va boshqalarni oʻz ichiga oladi); 2) mantiq (8 boʻlimdan iborat boʻlib, tushuncha, muhokama, xulosa, sillogistika, dialektika, sofistika va boshqalarni oʻz ichiga oladi); 3) mat. (arifmetika, geom., astronomiya, mexanika, optika, sayyoralar, musiqa va ogʻirlik haqidagi ilmdan iborat); 4) tabiiy ilmlar, ilohiy ilmlar yoki metafizika; 5) shahar haqidagi ilm (siyosiy ilm, fiqh, ped., axloqshunoslik va kalom kiradi).
 
F.Farobiy fanlarni tasniflashda borliq xususiyatlarining tahlilidan va ularning fanda aks etishidan kelib chiqadi. Uning tasnifi, eng avvalo, tabiatni, tafakkur va nutqni, til va mantiqni oʻrganishga qaratilgan edi. F.ga kura, ilmlarning tasnifidan maqsad haqiqatni oʻrganish va tasdiqlashdan, uni yolgʻondan farqlashdan iborat. Olimning fikricha, fanlar va umuman bilimlar borliqdan kelib chiqib, borliqni uzoq vaqt oʻrganish asosida toʻplanib boradi. Turli ilmlar bir-birini inkor qilmaydi, balki oʻzaro bir-biri bilan bogʻliq holda rivojlanadi. Ular dunyoni idrok qilishga va insonlarnkng baxtsaodatga erishishiga qaratilgandir.
 
F.ningFarobiyning fanlar tasnifida tabiiy va ijtimoiy fanlar oʻz vazifasiga koʻra bir-biridan farq qiladi. Mas, matematika, tabiatshunoslik va metafizika ilmlari inson aqlzakovatini boyitishga xizmat qiladi, grammatika, sheʼriyat va mantiq esa fanlardan toʻgʻri foydalanishni, bilimlarni boshqalarga toʻgʻri tushuntirish, yaʼni akliy tarbiya uchun xizmat qiladi. Siyosat, axloqshunoslik va ped.ga ovd bilimlar kishilarning jamoaga birlashuvi, ijtimoiy hayotning qonun va qoidalarini oʻrgatadi. Xullas, F.ning ilmlar tasnifi toʻgʻrisidagi maʼlumoti oʻrta asrda turli fanlarning rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi, keyingi davrlarda yashagan olimlar uchun qoʻllanma vazifasini oʻtadi.
 
F.ningFarobiyning ontologik qarashlari. Mutafakkir borliq muammosini "vujudi vojib" va "vujudi mumkin" taʼlimotidan kelib chiqqan holda tushuntiradi. Uningcha, "vujudi vojib" barcha mavjud yoki paydo boʻlishi mumkin boʻlgan narsa, jism va moddalarning birinchi sababchisidir. F. xudoga birinchi sabab, birinchi mohiyat, deb taʼrif beradi. Xudo birinchi sabab sifatida boshqa sabab va turtkiga muxtoj emas. U yaratadi, lekin boshka narsalar tomonidan yaratilmaydi. Allohning zotiga qaramaqarshilik, ziddiyat, turli nuqsonlar, beqarorlik va boshqa jarayonlar xos emas. "Vujudi mumkin" esa barcha yaratilgan, mavjud boʻlgan va yaratilajak narsa va ashyolarni anglatadi. F. tabiat, ashyo va jismlar turli shakllari muayyan izchillik va zaruriyat boʻyicha yuz beradigan tadrijiy jarayonlar asosida paydo boʻladi, deb hisoblaydi. Butun mavjudotni sababoqibat nuqtai nazaridan 6 daraja (sabab)ga boʻladi: xudo — birinchi sabab; ikkinchi sabab esa osmon jinslari, soʻng faol aql, jon (annafs), shakl (assurat), modda yoki ashyolar (almodda). Xudo—vojibul vujud, yaʼni zaruriy mavjudlik boʻlsa, krlganlari — vujudi mumkin, yaʼni imkoniy mavjud narsalardir. Bular bir-biri bilan sababiy bogʻlangan. Xudo, yaʼni "vujudi vojib" birinchi boʻlib aqgsh faolni yaratadi. Akl esa har bir sayyoraga xos aklni yaratadi. Eng soʻnggi samoviy aql natijasida Yerdagi aqlruh va barcha moddiy jismlar, yaʼni 4 unsur: tuproq, havo, olov, suv paydo boʻladi. 4 unsurdan esa nabotot odami, hayvonot olami, inson zoti va notirik tabiat vujudga keladi. Organik olamga oʻsimlik ruhi, hayvoniy ruh va insoniy ruh xosdir. Jismlarga harakat xos boʻlib, ular oʻzaro bir-biri bilan bogʻlangan. Shunday qilib, F.ning borliq haqidagi taʼlimoti keyingi davrlarda hurfikrlikning keng quloch yozishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.
 
F.ningFarobiyning gnoseologik qarashlari, yaʼni bilish haqidagi taʼlimoti ijtimoiyfalsafiy fikr rivoji tarixida alohida oʻrinni egallaydi. Olimning bu boradagi fikrlari uning "Mantiq toʻgʻrisida risolaga muqaddima", "Mantiqqa kirish", "Akl toʻgʻrisida", "Falsafaning maʼnosi va kelib chiqishi" va boshqa asarlarida taxlil qilib berilgan. Mutafakkir inson Yer yuzidagi oliy mavjudot ekanligini taʼkidlab, uning qobiliyati, tevarakatrofdagi narsa va hodisalarni idrok qilish kuchiga katta baho beradi.
 
F.Farobiy oʻz asarlarida bilish shakllari, insonning ruhiy holati, jon va tananing oʻzaro munosabati, mantiqiy fikrlash toʻgʻrisidagi mulohazalarini bildiradi. Uning aytishicha, insonning bilish, ruhiy qobiliyatlarini miya boshqaradi, yurak esa barcha aʼzolarni hayot uchun zarur boʻlgan qon bilan taʼminlovchi markaz vazifasini bajaradi. F. "Ilm va sanʼatning fazilatlari haqida" kitobida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, aksidensiya (alaraz)dan substansiya (javhar)ga qarab borishni uqtiradi. Inson voqelikni idrok, sezgi, xotira, tasavvur, mantiqiy tafakkur, akl, nutq va boshqa vosita hamda usullar orqali bila oladi. Olim hissiy va akliy bilish mavjudligini, ular bir-biridan farq qilishini ham aytib oʻtadi. Hissiy bilishda sezgi aʼzolari yordamida ashyolar, narsa va hodisalarning muayyan sifatlari bilib olinadi. Shu bilan birga, sezgi orqali narsa va buyumlarning muhim boʻlmagan tomonlari ham idrok qilinadi. Aql orqali esa buyum sifatlarini mavhumlashtirish orqali uning mohiyati va umumiy tomonlari bilinadi.
 
F.Farobiy aqlni, bir tomondan, ruhiy quvvat, yaʼni tugʻma, 2tomondan, taʼlimtarbiyaning mahsuli ekanligini taʼkidlaydi. F. davlatni boshqarishda, qonunlarga amal qilishda, kishilararo munosabatda, axloq va xulqodob qoidalariga rioya qilishda, taʼlimtarbiyada akl hukmidan kelib chiqqan holda harakat qilish kerak, deb hisoblaydi. F.ning qimmatli fikrlaridan biri uning dunyoviy ruh va dunyoviy aql, ularning barhayotligi haqidagi taʼlimotning talqinidir. Mutafakkirning nazarida kishining ruhi va aqli oʻlganidan keyin yoʻq boʻlib ketmaydi, balki dunyoviy ruh va akl bilan qoʻshiladi. Demak, odamning ruhi va akli abadiylikka ketadi. Lekin ular hech vaqt qaytib kelmaydi va namoyon boʻlmaydi. Ular tanani tashlab ketgandan soʻng bir butunlikni tashkil etadi, akl va ruh yashash davomida orttirgan barcha maʼnaviy boylik toʻplanib barhayot dunyoviy ruh va aklni tashkil etadi. Mutafakkirning bu taʼlimotida dunyoning abadiyligi, inson zotining oʻlmasligi, inson bilimlari va aqlining uzluksizligi, insoniyat maʼnaviy madaniyatining taraqqiyoti haqidagi purmaʼno gʻoyalar mavjud. Uning talqinida akliy bilish koinot akli yordamida haqiqiy ilmga aylanadi. F. bilishning ratsional usulini asoslagan buyuk mutafakkirdir. U falsafiy taraqqiyotda, kuzatuv, bahsmunozara, bilish usullari, hissiy mushohada toʻgʻrisida oʻz davri uchun eʼtiborga molik fikrlarni ilgari surdi.
 
Olim mantiq ilmiga bagʻishlangan bir necha risolalarning muallifidir. "Mantiq ilmiga kirish", "Mantiq toʻgʻrisidagi risolaga muqaddima", "Sheʼriyat sanʼati qonunlari haqida risola", "Kataguriyas" kitobi yoki "Kategoriyalar", "Eysagoge" kitobi yoki "Kirish" va boshqa shular jumlasiga kiradi. F. mantiq ilmining mohiyati va vazifasi haqida "Mantiq toʻgʻrisidagi risolaga muqaddima" asarida shunday deydi: "Bu shunday bir sanʼatki, u har doim odam notiklikda adashib qoladigan boʻlsa, toʻgʻri fikrlashga olib keluvchi va aql yordamida biror bir xulosa qilinadigan boʻlsa, xatolarning oldini oluvchi narsalarni oʻz ichiga oladi. Uning aklga nisbatan munosabati grammatika sanʼatining tilga nisbatan munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini toʻgʻrilagani kabi, u shuning uchun ham vujudga kelgan, mantiq ilmi ham xato kelib chiqishi mumkin boʻlgan joyda tafakkurni toʻgʻri yoʻldan olib borish uchun aklni toʻgʻrilab turadi".
 
F.Farobiy mantiq ilmining shakllari: tushuncha, muhokama, xulosa, isbot va boshqalarni tahlil qiladi. U induksiya, deduksiya va sillogizm (qiyoslash) haqida batafsil maʼlumot beradi. Olim oʻzining "Mantiq ilmiga kirish" asarida esa hech qanday dalilisbotsiz bilinadigan fikrlarni 4 ga taqsimlaydi: maqbulot (yaʼni maqbul boʻlgan fikrlar); mashhurot (yaʼni, mashhur boʻlgan); mahsulot (yaʼni sezish va idrok natijasida boʻlgan); boshlangʻich maʼqulot (yaʼni bilimtushunchalar). F. ularning har birini mufassal tasvirlaydi. Olim mantiq ilmi va uning maqsad hamda vazifalari, voqelikni bilishdagi oʻrnini aniq koʻrsatib bera olgan. F.ning mantiq ilmi haqidagi qarashlari xrzir ham ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq, ular oliy oʻquv yurtlarida qoʻllanma vazifasini oʻtamoqda.
 
F.Farobiy dunyoqarashida ijtimoiysiyosiy va axloqiy fikrlar ham muhim oʻrinni egallaydi. Allomaning "Baxtsaodatga erishuv haqida", "Fozil shahar aholisining fikrlari", "Baxtsaodatga erishuv yoʻllari haqida risola", "Buyuk kishilarning naqllari", "Musiqa haqida katta kitob", "Fuqarolik siyosati" va boshqa asarlari jamiyat va uni boshqarish, axloqodob va taʼlimtarbiya masalalariga bagʻishlangan.
 
F.Farobiy Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari faylasuflari orasida birinchi boʻlib, jamiyatning kelib chiqishi, uning maqsad va vazifalari haqidagi taʼlimotni ishlab chikdi. Oʻrta asr sharoitida jamiyat tabiiy ravishda kelib chiqqanligini, inson faqat boshqalar yordamida hayot qiyinchiliklariga qarshi kurasha olishi mumkinligini asoslab berdi. "Har bir inson, — deydi F., — oʻz tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun koʻp narsalarga muhtoj boʻladi, u bir oʻzi bunday narsalarni qoʻlga kirita olmaydi, ularga ega boʻlish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tugʻiladi... Bunday jamoa aʼzolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur boʻlgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun insonlar koʻpaydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga oʻrnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi". Shaharlar, uning fikricha, insonlarning jamoa boʻlib uyushishining oliy shakli boʻlib, unda insoniy barkamol boʻlib yetishishi uchun zaruriy sharoitlar boʻladi. F. insonlar tabiiy ehtiyoj natijasida oʻzaro birlashib, jamoani tashkil qilganligini alohida taʼkidlaydi.
 
F.Farobiy ulugʻ gumanist, insonparvar faylasuf sifatida inson qadrqimmatini kamsituvchi va oʻzga mamlakatlarni bosib olishga asoslangan jamiyatga qarshi chiqadi. Mutafakkir odamlarni tinchtotuv va oʻzaro hamkorlikda yashashga, insonparvar boʻlishga daʼvat etadi. "Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlangʻich asos insoniylikdir, shuning uchun odamlar insoniyat turkumiga kirganliklari uchun oʻzaro tinchlikda yashamoklari lozim", — deydi mutafakkir.
 
F.ningFarobiyning eʼtiborga sazovor fikrlaridan biri jamiyat taraqqiyotida geografik muhitning oʻrni masalasidir. Uning oʻylashicha, kishilarning muayyan qududda yashashi ularning turmush tarzi, urfodatlari, axloqi, xulqodobiga taʼsir koʻrsatadi, jamoaga birlashuviga yordam beradi. U mukammal jamiyat toʻgʻrisidagi taʼlimotida odamlarni turli guruhlarga ajratadi. Bunda u insonlarni qaysi dinga eʼtiqod qilishiga, irqiga qarab emas, balki aqliy qobiliyati, bilimi, ilmfanga qiziqishini inobatga oladi. F. din inson kamolotiga, maʼrifatga xizmat qilishi lozim, degan fikr tarafdori edi. Olimning dunyoqarashi diniy xurofotdan xoli boʻlib, din erkinligiga asoslangan. U islom diniga, Qurʼonga katta hurmat bilan qaradi. Uni kishilarni xulqodobga oʻrgatuvchi manba deb bildi. Ayni vaqtda undan oʻz garazli va shaxsiy manfaatlari yoʻlida foydalanuvchi, jaholatga undovchilarning fikriga qoʻshilmadi.
 
F.Farobiy shahardavlatlarni fozil va johilga ajratadi. Fozil shahar xalqini baxtsaodatga eltishi, uning boshligʻi esa adolatli, yuksak axloqli va maʼrifatli, oʻzida butun ijobiy xislatlarni toʻplagan boʻlishi lozim. Pekin, shunday shahar yoki mamlakatlar boʻladiki, ularning aholisi nafsga berilgan, butun fikrizikri boylik toʻplash boʻladi. F. bunday shaharlarni johil shaharlar deb ataydi. Johil shaharlarning boshliqlari ham faqat boylik toʻplashga ruju qoʻygan boʻladi. "Ulardan chiqqan rahbar ham, — deb taʼkidlaydi alloma, — rahbarlikni moldunyo koʻpaytirishda deb biladi. Shuning uchun ham ular ertayukech moldunyo toʻplash harakatida boʻladi. Bunday rahbarlarning qoʻl ostida boʻlgan shahar xalqida har turli buzuq odatlar, shahvoniy nafs, bir-birini koʻrolmaslik, bir-birini talash, dushmanlik, nizojanjallar paydo boʻladi". F.ning yozishicha, haqiqiy baxtga erishish uchun harakat qiluvchi, oʻzaro yordam qiluvchi, xalqini birlashtirgan shahar — fozil shahar hisoblanadi. Baxtga erishish maqsadida oʻzaro yordam bergan va birlashgan kishilar fazilatli jamoa boʻladi. F. fikriga koʻra, davlatni idora etuvchi shaxs oʻzining fazilat va xulqodobi bilan ajralib turishi, xususan u 6 ta xislatni egallagan boʻlishi; yaʼni adolatli va dono boʻlishi, boshqalarga gʻamxoʻrlik qilishi, qonunlarga toʻla rioya etishi va qonunlarni yarata olishi, kelgusini oldindan koʻra bilishi kerak. F.ning talqinicha, fozil shaharlar yuqori madaniyatli boʻladi. Unda yashaydigan xalq oʻzi istagan kasbhunarni egallaydi. Bunday jamiyatda toʻla erkinlik va teng huquklik hukm suradi. F.ning fozil jamoa haqidagi taʼlimoti uning axloqiy kamolot va baxtsaodatga erishuv hamda insonparvarlik gʻoyalari bilan chambarchas bogʻliqdir. U oʻzining ijtimoiyfalsafiy, siyosiy va axloqiy qarashlari markaziga insonni, uning maqsad muddaolarini oʻrganishni, axloqiy kamolot va baxtsaodatga erishuv yoʻllarini koʻrsatishni qoʻyadi. Axloqiy kamolot deganda, xayrehsonli ishlar, goʻzal insoniy fazilatlarni tushunadi. Axloqiy kamolotga xalakit beruvchi salbiy xislatlarga dangasalik, bekorchilik, bilimsizlik, ongsizlik, kasbhunarsizlikni kiritadi. F. akl, ilm va maʼrifatni baxtsaodatga erishishning asosiy vositasi deb bildi.
 
F.Farobiy inson fazilatlarini tugʻma va yashash jarayonida paydo boʻladigan fazilatlarga boʻladi. Olimning fikricha, tugʻma fazilatlarga insonning oʻta oʻtkir zehnliligi, biror narsani bilishga oʻta qobiliyatsizliligi kiradi. Lekin tugʻma fazilatlar hayotda kam uchraydi. Asosiy axloqiy fazilatlarni odam yashash davomida egallaydi. Tugʻma fazilatli odamlar ham tarbiyaga muhtoj. Agar unday odamni tarbiyalab va toʻgʻri yoʻlga solib turilmasa, uning qobiliyati tezda soʻnib qolishi mumkin. Tugʻma qobiliyat ham nisbiy tushunchadir. Baʼzi kishilar tugʻma qobiliyatini ishga solib yaxshi natijaga erishsa, boshqalari yomon natijaga erishishi mumkin.
 
F.Farobiy musiqani inson tarbiyasiga taʼsir qiluvchi omillardan biri deb billi. U musiqani insonga nafosat, estetik zavq bagʻishlovchi, histuygʻulari va axloqini tarbiyalovchi muhim vosita, deb hisoblaydi. Mutafakkir "Musiqa haqida katta kitob" nomli koʻp jildli asarida musiqa nazariyasi va tarixi, turli musiqa asboblari, kuylar va ularning ichki tuzilishi, tovushlar, ritmlar, ohanglar haqida maʼlumot berdi; ilmi iyqo, ilmi taʼlif fanlariga asos soldi. Yuqoridagi asarida oʻtmishdagi musiqashunos va tadqiqotchilar musiqa taraqqiyotiga katta hissa qoʻshganligini alohida qayd qiladi. Shuningdek, kuylar uygʻunligi, kuy ijro etish usullari haqida soʻz yuritadi. Rivoyatlarda keltirilishicha, F. yangi musiqa asbobi yaratgan, kuy bastalagan, mohir sozanda sifatida nom chiqargan. F.ning aytishicha, musiqiy tasavvurlar inson ruhining eng nozik joyidan qaynab chiqib, ohang holida sezgi quvvatlariga taʼsir qiladi.
 
F.ningFarobiyning dunyoqarashi, uning jamiyat va axloq toʻgʻrisida yaratgan yaxlit taʼlimoti ilk oʻrta asrlar va keyingi davrlarda ijtimoiyfalsafiy, siyosiy va axloqiy fikr rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Uning qarashlari Sharq mamlakatlariga keng yoyildi. Oʻrta asr mutafakkirlari Ibn Xallikon, Ibn alKiftiy, Ibn Abi Usabiʼa, Bayhaqiy, Ibn Sino, Ibn Boja, Umar Xayyom, Beruniy, Ibn Rushd, Ibn Xaldun va boshqa Forobiyning taʼlimotini chuqur oʻrganib, uni yangi gʻoyalar bilan boyitganlar. Buyuk mutafakkir va shoirlardan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Dovoniy F.ning ijtimoiyfalsafiy, siyosiy va axloqiy taʼlimotidan bahramand boʻlganlar.
 
F.Farobiy ilgari surgan fikrlar 16—20a. larda ham musulmon mamlakatlari olimlari tomonidan katta qiziqish bilan oʻrganildi. Mutafakkir qoldirgan meros faqat Sharq mamlakatlarida emas, balki Yevropada ham tarqaldi va ijtimoiyfalsafiy fikr taraqqiyotida sezilarli taʼsir koʻrsatdi.
 
F.ningFarobiyning ilmiy merosini oʻrganish 20-asrning 1yarmida boshlangan. Yevropa olimlari Karra de Vo, R. Xorten, M. Alonsa, D. M. Donlap, A. Shtekl, T. U. Buur, B. M. Shtrenshneyder, G. Ley, R. Xammond, R. de Erlanjer, I. Goldsiyer, F. Deteritsi, G. Farmer, N. Rishar va boshqa Forobiyning ilmiy merosini oʻrganishga oʻz hissalarini qoʻshdilar. Rus olimlari A. Krimskiy, M. M. Filippov, T. I. Raynov, V. V. Bartold, Ye. E. Bertels, S. N. Grigoryan, O. V. Traxtenberg , A. V. Sagadeyev, A. M. Johid va boshqa Forobiy asarlarini tadqiq etish borasida koʻp ish qildilar. Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari olimlari Dexxudo Husayniy, alFaxuri, Usmon Amin, M. Maxdi, Sayd Nafisiy, I. Madkur, Rajabi Tabriziy, Mexrdod, A, Atesh, Oydin, Umar Farrux, Saidhusayn Nosir, Mahmud Abbos, Turker va boshqa Forobiyning hayoti va ijodi bilan qiziqdilar. Qozoq olimlari A. Moshanov, A. X. Qosimjonov, A. Kubasov, S. K. Satibekova va boshqa Forobiyning asarlarini rus tilida chop etib, ijtimoiyfalsafiy, mantiqiy va axloqiy qarashlarini tahlil qildilar. F.ning boy ilmiy merosini oʻrganishda, ayniqsa, oʻzbek olimlarining hissasi katta boʻldi. A. Saadiy, T. N. QoriNiyoziy, I. M. Moʻminov, V. Y. Zohidov, M. K. Oripov, R. Nosirov, H. Aliqulov, O. Fayzullayev, A. Kaziberdov, A. Irisov va boshqa allomaning hayoti, ijodi va falsafiy qarashlari haqida i.t. olib bordilar. M. M. Xayrullayev sobiq Shoʻrolar davrida birinchi bulib I. M. Moʻminov rahbarligida 1966 yil Forobiyning falsafiy merosi hamda dunyoqarashiga bagʻishlangan drlik dissertatsiyasini himoya qildi va Oʻzbekistonda forobiyshunoslikka asos soldi.
 
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, qomusiy olimning asarlari oʻzbek tilida chop etila boshladi, uning boy merosi xolisona, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillari asosida yoritila boshlandi Oliy oʻquv yurtlari, maktab va kutubxonalar, koʻchalar uning nomi bilan ataladi.