Tumor: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
Mahufi (munozara | hissa)
+
Qator 1:
[[Fayl:Stamps of Uzbekistan, 2004-15.jpg|250px|thumb]]
'''Tumor''' —1) [[din]]iy [[tasavvur]]larga kura, [[koʻz]] tegishidan, turli ofat, balo, insjins va shu kabidan saklaydigan buyum. T. ichiga [[Qurʼon]] [[oyat]]lari bitilgan [[qogʻoz]] hamda [[ilohiyot|ilohiy]] qudratga ega deb bilingan narsalar solingan. Duo yozilgan qogʻoz [[uchburchak|uch]] yoki [[toʻrtburchak]] qilib buklab, [[charm]] yoki [[mato]]ga oʻrab tikilgan. T., odatda, [[boʻyin]]ga, qoʻltiqqa, [[soch]]ga taqiladi yoki [[kiyim]]ning ichki qismiga tikib qoʻyiladi; 2) [[ayol]]larning [[boʻyin]] va qoʻltiqlariga taqadigan [[taqinchoqlar|taqinchogʻi]], [[bezak|bezagi]]. T. shakli bir-birining ustini qoplaydigan 2 boʻlak (quticha va qopqoq)dan iborat quticha boʻlib, asosan, qopqoq qismi bezatiladi. [[Tilla]], [[kumush]] va boshqa [[metall]]ardan [[uchburchak]], [[toʻrtburchak]], [[naycha]] ([[silindr]]) shaklida yasalib [[sirt]]i [[naqsh|naksh]]lar bilan hamda [[qimmatbaho toshlar]] qadab bezatiladi, [[shokila]]lar osiladi. Taqilishi va shakliga koʻra farqlanadi: [[bozuband]], [[duotuzi]], [[boʻyintumor]], koʻkrak T., [[qoʻltiqtumor|qoʻltiq T.]] va boshqa