Shovvoz Švejkning boshidan kechirganlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 18:
| Lib =
}}
'''„Shovvoz Švejkning boshidan kechirganlari“''' ({{talaffuz|Shovvoz Shveykning boshidan kechirganlari}}) ({{lang-cs|Osudy dobrého vojáka Švejka za světové války}}, yaʼni „Yaxshi askar Švejkning Jahon urushi davomidagi muhim sarguzashtlari“) [[Chexlar|chex]] yozuvchisi [[Jaroslav Hašek]] qalamiga mansub tugallanmagan [[Satira|satirik]] [[roman]]. Roman chex adabiyotining boshqa tillarga eng koʻp tarjima qilingan asardir. Aksar adabiyotshunoslar bu asarni ilk urushga qarshi roman deb hisoblaydi. Roman asosida bir necha oʻnlab film suratga olingan. Asarni oʻzbek tiliga [[Nasibulla Habibullayev]] tarjima qilgan.
 
Muallif asarni olti jildi qilishni istagan. Ammo uch jildni yakunlab, toʻrtinchisini yoza boshlagan paytda yuragi toʻxtab, vafot etgan. Yakunlangan boʻlimlar quyidagilardir: „Mamlakat ichkarisida“ (1921), „Frontda“ (1922), „Shonli qamchilash“ (1922), „Shonli qamchilash davom etadi“ (1923) (toʻliq tugallanmagan). Hašek vafotidan keyin tugallanmagan romanni jurnalist [[Karel Vaněk]] davom etgan. Bu asar „Shovvoz askar Švejkning rus asirligidagi sarguzashtlari“ ({{lang-cs|Švejk v Ruském Zajetí a Revoluci}} nomi bilan 1923-yil chop etilgan.
 
== Oʻzbekcha tarjima ==
Asarni [[oʻzbek tili]]ga 1958-yil „[[Pravda]]“ nashriyotining „Ogonyek“„[[Ogonyek]]“ jurnalida chop etilgan [[rus tili|ruscha]] nashridan [[Nasibulla Habibullayev]] tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 197-yil [[Toshkent]] shahrida [[Gʻafur Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti]]da chop etilgan. Oʻzbek tiliga romanning faqat „Mamlakat ichkarisida“ hamda „Frontda“ boʻlimlari oʻgirilgan xolos. Oʻzbekcha nashrni tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: X. Ergashev – muharrir, G. Frolov – rassom, I. Siganov – rasmlar muharriri, E. Saidov – texnik muharrir, N. Roʻzimuhamedova – musahhih.
 
== Havolalar ==