Vashington (shahar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali
Qator 59:
Vashington mamlakatning yirik ilmiy va madaniy markazidir.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref> Shaharda koʻplab oliy oʻquv yurtlari, jumladan 5 [[universitet]], [[AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi]], Harbiy akademiya, ilmiy jamiyatlar, [[muzey]]lar bor. Shaharda yana [[Kongress kutubxonasi]] va boshqa [[kutubxona]]lar, Milliy sanʼat galereyasi joylashgan. Vashington tashqi qiyofasi bilann AQShning boshqa yirik shaharlaridan farq qiladi. Unda koʻp qavatli baland binolar, yirik korxonalar yoʻq. Bogʻ va xiyobonlar, [[haykal]]lar, yodgorlik uchun qurilgan binolar koʻp. Vashingtonga har yili millionlagan turistlar kelib ketadi.
 
yh== Hukumati ==
[[File:WhiteHouseSouthFacade.JPG|thumb|Oq uy]]
Vashingtonda prezident qarorgohi ([[Oq uy]], 1792-1818-yillarda qurilgan), [[Kongress binosi]] (Kapitoliy, 1793-1863), Davlat departamenti, Harbiy shtab ([[Pentagon]]), ministrliklar va boshqa oliy davlat muassasalari joylashgan. Amerika davlatlari tashkilotlarining rahbarlik organlari ham Vashingtonda. Shaharda 176 mamlakatning [[elchixona]]si va koʻplagan xalqaro tashkilotlar, savdo birlashmalar, [[nodavlat tashkilot]]lar va kasaba uyushmalarining asosiy binolari joylashgan.