Usmon Azim: Versiyalar orasidagi farq

1 077 bayt qoʻshildi ,  5 yil oldin
tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
{{birlashtirish|Usmon azim}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
{{oʻzbek adabiyoti|bosqich_8=yorit}}
 
'''Usmon Azim''' (taxallusi; asl ismsharifi Azimov Usmon) (1950.13.8, Boysun tumani) — Oʻzbekiston xalq shoiri (2000), dramaturg . Toshkent universitetining jurnalistika ftini tugatgan (1972). Respublika radiosida muharrir, katta muharrir va bosh muharrir oʻrinbosari (1976—89), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyat boʻlimida masʼul kotib (1989— 90). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta devonida sektor mudiri, yetakchi konsultant, Prezidentning Davlat maslahatchisi (1991 —94). 2003 yildan Oʻzbek milliy akademik drama teatrida adabiy emakdosh.
'''Usmon Azim''' Shoir, dramaturg, kinodramaturg va nosir. 1950 yil Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tugʻilgan. 1972 yil [[Toshkent]] Davlat Universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.
 
1979 yilda «[[Insonni tushunish]]» nomli ilk sheʼriy kitobi chop etilgan. Shundan soʻng uning «[[Holat]]» (1979), «[[Oqibat]]» (1980), «[[Koʻzgu]]» (1983), «[[Surat parchalari]]» (1985), «[[Gʻaroyib ajdarho]]» (1990), «[[Uygʻonish azobi]]» (1991), «[[Gʻussa]]» (1994), «[[Uzun tun]]» (1994), «[[Bor ekanda, yoʻq ekan]]» (1995), «[[Saylanma]]» (1995), «[[Kuz]]» (2001) sheʼriy toʻplamlari bosildi.
 
Uning qator hikoyalari, esselari va «[[Alpomish]]» kinodostoni eʼlon qilingan. «[[Jodu]]» (2003) nasriy toʻplami chop etildi.
 
«[[Sevgi]]» (1998) filmining stsenariysini oʻz hikoyasi asosida yozgan. Uning stsenariysi asosida ikki qismdan iborat «[[Alpomish]]» (2000) filmi ham suratga olindi. «[[Alpomish]]» dostonining kinotalqini uchun muallif maxsus mukofot oldi.
 
Ilk kitobi — „Insonni tushunish“ (1979). Shundan soʻng shoirning „Holat“ (1979), „Oqibat“ (1980), „Koʻzgu“ (1983), „Surat parchalari“ (1985), „Dare“ (1985), „[[Ikkinchi aprel]]“ (1987), „Baxshiyona“ (1989), „Faroyib ajdarho“ (1990), „Uygʻonish azobi“ (1991), „Fycca“ (1994), „Uzun tun“ (1994), „Bor ekanda, yoʻq ekan“ (1995), „Saylanma“ (1995), „Kuz“ (2001) kabi sheʼriy va „Jodu“ (2003) nasriy toʻplamlari nashr etilgan.
Ijodining ilk davrida radiodramaturgiyada («[[Baxtli boʻlaylik]]», «[[Hujjatli film uchun syujet]]», «[[Bahodir va Malika]]» p’esalari) oʻzini sinab koʻrgan shoir, keyingi yillarda teatr uchun ham yoza boshladi. «[[Bir qadam yoʻl]]» (2002), «[[Kunduzsiz kechalar]]» (1998) va «[[Alpomishning qaytishi]]» (2000) dramalari sahnalashtirilgan. Hamza teatri sahnasida qoʻyilgan «[[Kunduzsiz kechalar]]» spektakli [[Andijon]]da boʻlib oʻtgan xalqaro festivalda yetti nominatsiya boʻyicha gʻolib deb topildi, jumladan, «[[Eng yaxshi spektakl]]» degan mukofotga sazovor boʻldi. Muallif esa «[[Eng yaxshi dramaturg]]» degan mukofot bilan taqdirlandi.
 
U.A. oʻzbek sheʼriyatining ufqini kengaytirib, nasriy sheʼrlardan barmoq vaznigacha boʻlgan turli vaznlarda ijod qiladi. Dastlabki sheʼrlarida insonning davr va jamiyat hayotidagi oʻrnini tushunishga, davrning ogʻriqli masalalariga eʼtibor qaratdi va shu jarayonda minbar sheʼriyati unsurlaridan foydalandi. Keyinchalik, shoir ijodida voqelikni falsafiyistioraviy obrazlar orqali idrok va tasvir etish maxrrati kuchayib bordi. 80-yillar ijodida koʻzga tashlangan baxshiyona ruh sheʼriyatda yangi bir yoʻnalish yaratilishiga turtki boʻldi. 90-yillarga kelib, uning ijodida keskin oʻzgarish yuz berdi va sheʼrlarida sufiyona kayfiyat aks etdi.
«[[Alpomishning qaytishi]]» uchun muallif 1999 yilning «[[Eng yaxshi dramaturgi]]» deb eʼtirof etildi.
 
U.A. „Baxtli boʻlaylik“, „Hujjatli film uchun syujet“, „Bahodir va Malika“ singari radiopyesalar yozgan. U ana shu tajribadan foydalanib, 90-yillarda dramaturgiya bilan jiddiy shugʻullandi va „Bir kddam yoʻl“, „Kunduzsiz kechalar“, „Bozor“ (1997), „Alpomishning qaytishi“ (1998), „Jazava“ (2000), „Vaxt qushi“ (2002), „Oʻtgan zamon hangomalari“ (2003) pyesalarini yezdi. Bu pyesalarning aksari Oʻzbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan. U.A. bu pyesalarda sahna qonuniyatlarini yaxshi his etuvchi, dramaturg sifatida namoyon boʻldi. Ayni paytda u ham tarixiy, ham psixologik dramalar, ham ogʻzaki va yozma adabiyot namunalari asosida zamonaviy sahna asarlarini yarata olish isteʼdodini namoyish etdi. U.A., shuningdek, kinodramaturgiyada ham qalam tebratib, „Alisher Navoiy“ kinoqissasi (1990), „Alpomish“ kinodostoni (1997), „Sevgi“ (1998, shu nomli hikoya asosida) va 2 seriyali „Alpomish“ (2000) filmlarining ssenariysiga mualliflik qilgan. Pol Elyuar, V. Vatsiyetis, H. Dogʻlarja, A. Voznesenskiy, Yu. Marsinkyavichyus va boshqa shoirlarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Sheʼrlari ingliz, fransuz, nemis, polyak, makedon, turk, rus, gruzin, eston, litva, tojik, qozoq va kirgiz tillarida nashr etilgan. Koʻplab sheʼrlariga musiqa bastalangan.
Milliy teatrda qoʻyilgan «[[Bir qadam yoʻl]]» dramasi asosida qoʻyilgan spektakl ham «2002 yilning eng yaxshi spektakli» degan eʼtirofga sazovor boʻldi.
 
U.A. xalklar doʻstligi va vatanparvarlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan sheʼrlari uchun Gruziyaning Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1982). „Doʻstlik“ ordeni (1998) bilan mukofotlangan.
Uzmon Azim — «[[Oʻzbekiston xalq shoiri]]», «[[Ofarin mukofoti|Ofarin]]» mukofotining ilk gʻoliblaridan biridir. Shuningdek, Gurjistonning [[Vladimir Mayakovskiy mukofoti]] laureati.
 
== Asarlari ==
* Usmon Azim. Saylanma. T.: «Sharq»„Sharq“, 1995.
* Usmon Azim. Kuz. T.: Adabiyot va sanʼat, 2001.