Temir yoʻl: Versiyalar orasidagi farq

tahrir izohi yoʻq
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar) (4), va b. → va boshqa (2) using AWB)
Tahrir izohi yoʻq
[[Fayl:Железнодорожная станция Сырдарьинская 5535389.jpeg|thumb|Temir yoʻl stansiyasi]]
'''Temir yoʻl''' — 1) yoʻlovchi va yuklarni tashiydigan, texnika vositalari va inshootlari (poyezdlar[[poyezd]]lar, vagonlar, styalar, avtomatika va telemexanika qurilmalari dispetcherlik xizmati va boshqalar) majmui bilan jihozlangan transport korxonasi. Vazifasiga qarab, umumiy foydalaniladigan (magistral); sanoat transporti, ruda konlari va boshqa joylarda ishlatiladigan; shahar temir yoʻl ([[tramvay]], metropoliten); izlari oraligʻining kengligiga qarab, keng izli va tor izli boʻladi. Relslar oraligi 1676 mm ([[Hindiston]], [[Ispaniya]], [[Argentina]], [[Chili]] va boshqalar), 1520 mm ([[Rossiya]], [[Oʻzbekiston]] va boshqalar), 1435 mm (Yevropaning[[Yevropa]]ning koʻpchilik mamlakatlari, [[Kanada]], [[AQSH]]), 1067 mm ([[Yaponiya]], [[Indoneziya]] va boshqalar); 2) temir yoʻl transporti qatnaydigan relsli iz; ustki qurilma, yer polotnosi va sunʼiy inshootlardan iborat. Ustki qurilma relslar, rels birikmalari, strelkali oʻtkazgichlar, shpal, bruslar va ballast qatlamlaridan iborat. Yer polotnosi koʻtarma va oʻymalardan iborat boʻlib, yoʻl ustki qurilmasiga zamin boʻlib xizmat qiladi. Sunʼiy inshootlarga Temir yoʻl koʻpriklari, tonnellar, viaduk, drenaj quvurlari, tirgak devorlar va boshqa kiradi. Temir yoʻl yoqalab yoʻl belgilari (kilometrlar, piketlar va shu kabilar) oʻrnatiladi (yana q. [[Temir yoʻl transporti]]).
 
{{OʻzME}}
Anonim foydalanuvchi