Boyoʻgʻlilar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
-{{birlashtirish|Boyoʻgʻlilar}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->; + 25 x [[]], imlo; + Turkum:Hayvonlar, - {{no iwiki}}
Mahufi (munozara | hissa)
+
Qator 1:
{{Taxobox
| color = lightgreen
| name = Boyoʻgʻlilar
| image =
| image_width = 240px
| image_caption =
| regnum = [[Hayvonlar]]
| divisio =
| classis =
| ordo =
| familia =
| subfamilia =
| genus =
| species =
| binomial =
| binomial_authority =
}}
'''Boyoʻgʻlilar''', boyqushlar ({{lang|la|''Athene''}}) — [[yapaloqqushlar]] [[oila (biologiya)|oila]]siga mansub tungi yirtqich [[qushlar]] [[urugʻ (zoologiya)|urugʻ]]i. [[Yevropa]], [[Osiyo]], [[Amerika]] va [[Afrika]]da tarqalgan, 20 tacha [[tur (biologiya)|tur]]i bor. Oʻzbekistonda bir turi — uy boyoʻgʻlisi ({{lang|la|''A. noctua''}}) uchraydi. [[Oyoq]]lari kuchli va paxmoq, tumshugʻi qayrilgan, [[pat]]i mayin, tovushsiz uchib kelib, oʻljasini tutib oladi. [[Koʻz]]lari oʻtkirligidan salgina yorugʻni ham sezadi. Xira kulrang pati qorongʻida koʻzga chalinmaydi. B.ning bu turi [[Yevropa]], [[Shimoliy Afrika]], [[Osiyo]]da ham tarqalgan. Uni [[dasht]] va [[choʻl]]larda, haroba va [[qabriston]]larda uchratish mumkin. Nari bilan modasi fakat urchish davrida birga yashaydi. Bahorda (urchiydigan vaqtda) kechalari, baʼzan kunduzi ham sayraydi. [[Ovoz]]i yigʻlagan [[bola]]ning tovushini eslatadi. [[Uya]]sini turli kovaklarga quradi. 4—9 ta [[tuxum]] qoʻyadi. Tuxumdan bir oyda joʻja chiqadi. B. mayda [[kemiruvchilar]], [[kaltakesaklar]], [[hasharotlar]] va kichik qushlar bilan oziklanadi. Zararkunanda kemiruvchilarni qirib, xoʻjalikka foyda keltiradi.