Sahroi Kabir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 26:
|Iyul oyi oʻrtacha harorati =
|Yogʻingarchilik =
|VikiOmborda = Afrika
}}
'''Sahroi Kabir''' ({{lang-ar|صحراء‎‎}}), Katta choʻl) — Yer yuzidagi eng katta tropik choʻl. Afrikaning shim.da. Maydoni 7 mln. km² dan ziyod (Afrika hududining 25%). Gʻarbdan sharqqa 5700 km ga choʻzilgan, eni 2000 km gacha. Sahroi Kabirda Marokash, Tunis, Jazoir. Liviya, Misr, Gʻarbiy Sahroi Kabir, Mavritaniya, Mali, Niger, Chad, Sudan davlatlari toʻliq va qisman joylashgan. Yer yuzasining 80% tekislikdan iborat boʻlib, bal. 200–500 m. Sharqiy va shim. qismida berk xavzalar bor, baʼzilarining yer yuzasi dengiz sathidan ancha past, mas, Kattara (—133 m), AlFayyum va boshqa Markazida Axajjar (eng baland joyi Taxat choʻqqisi, 3003 m) va Tibasti (eng baland joyi 3415 m, Sahroi Kabirda eng baland) vulkanik massivlar joylashgan. Sahroi Kabirning landshafti juda xilmaxil. Hududining 70% toshloqli choʻl, per, serir, qumli choʻl (erg) va shoʻrxoklar bilan band, togʻli yerlar ham chaqirtoshlardan iborat. Choʻlning shim. va shim.sharqiy qismida qum uyumlari shamolda koʻchib yuradi. Katta maydonlarni kserofit oʻsimliklar ildizi bilan mustahkamlangan joʻyakli kum uyumlari (bal. 200–300 m) egallagan.