Qoraqum: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: bal. 1 → balandligi 1 (3) using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Sahro
|Nomi = Qoraqum
|Milliy nomi = tu/Garagum
|Tasvir = Turkmenistan satellite photo.jpg
|Imzo = Turkmaniston xaritasida Qoraqum choʻli. Sunʼiy yoʻldoshdan olingan surat
|Koordinatalar = 40/30/N/60/00/E
|CoordScale = 5000000
|Mamlakatlar = Turkmaniston
|region =
|Joylashuvi = Oʻrta Osiyo
|type = qumli
|Dengiz sathidan balandligi =
|Uzunlik =
|Kenglik =
|Maydoni = 350 000
|Daryolar =
|Daryo 1 =
|Koʻllar = Sariqamish koʻli/Turkman koʻli
|Koʼl 1 =
|Kanallar = Qoraqum kanali
|Kanal 1 =
|Vohalar = Tejen vohasi/, /Marv vohasi
|Voha 1 =
|Oʻrtacha yillik harorat =
|Yanvar oyi oʻrtacha harorati = — 5°С + 3
|Iyul oyi oʻrtacha harorati = 28°С — 34
|Yogʻingarchilik = 60 — 150
|VikiOmborda = Qoraqum
|JoyXarita=Turkmaniston
}}
'''Qoraqum''' — [[Osiyo]]dagi eng katta qumli [[choʻl]]. [[Oʻrta Osiyo]]ning jan.da. [[Turkmaniston]]ning asosiy qismini egallaydi. Shim.da [[Sariqamish botigʻi]], shim.sharqda va sharqda [[Amudaryo]] [[vodiy]]si, jan.-sharqda [[Qorabel]] va [[Bodxiz qirlari]], jan.da [[Kopetdogʻ]] etaklari, gʻarbda qad. daryo oʻzani [[Oʻzboʻy]] bilan chegaradosh. Maydoni 400 ming km{{sup|2}}. Q.ning asosiy qismi yosh grabenda joylashgan pasttekislikdan iborat. Oʻrtacha balandligi 100 m, jan.-sharqida 200–300 m, shim.-gʻarbida esa 30–50 m. Q.da [[paleogen]] davrining oxiri ([[oligotsen]])gacha dengiz rejimi hukm surgan. Dengiz chekingach, [[allyuviy|allyuvial]] yotqiziqlar toʻplangan. Q.ning shim. qismlari Amudaryo, jan. qismlari [[Tajan (daryo)|Tajan]], [[Murgʻob]] daryolari va Kopetdogʻdan oqib tushgan qad. daryo yotqiziqlaridan hosil boʻlgan. Q. tabiiy geografik jihatdan uch qismga: [[Ungʻuz]]orti Q. (shim.da), Markaziy (Past) Q. va Jan.-Sharqiy Q.ga boʻlinadi. Q.ning morfoskulptura relyefi juda murakkab. Unda toʻzima [[barxan]] qumlari, barxan zanjirlari, pastak kum tepalari, doʻng qumlar, qator tepa qumlari va koʻzanak qumlar kabi eol relyef shakllari keng tarqalgan. Pastqam yerlarda shoʻr, shoʻrxok va taqirlar uchraydi. Q.ning 9/10 qismi qumli yerlardan iborat. Qator tepa qumlari Markaziy Q. bilan Ungʻuzorti Q.ida keng tarqalgan. Ular meridianal yoʻnalgan, mustahkamlangan uzun qum tepalaridir. Jan.-sharq va markaziy qismlarida qator tepa qumlarining balandligi 3–5 m dan 30 m gacha, ular orasidagi chuqurlik (joʻyak)larning eni 150–200 m. Qad. Amudaryoning [[miotsen]] va [[pliotsen]] gil-qum yotqiziqlaridan tuzilgan Ungʻuzorti Q.ida qator tepa qumlarining balandligi 40–60 m, ular oraligʻi esa oʻrtacha 0,5 km boʻlgan qator shoʻrxok soyliklardan iborat. Ungʻuzorti platosi epigersin plitada joylashgan boʻlib, ustini qalin mezokaynozoy yotqiziqlari qoplagan. Platoning yuzasi nisbatan tekis boʻlib, koʻproq paleogen davrining [[qumtosh]], [[mergel]] va gillaridan tashkil topgan. Bular orasida gips va oltingugurt qatlamlari uchraydi. Markaziy (Past) Q. chekka bukilmada joylashgan boʻlib, paleozoy jinslaridan iborat. Amudaryo Markaziy Q.dan (bundan taxminan 20—30 ming yil avval) oqmay qoʻygan. Hazar dengizi (taxminan 15—20 ming yil avval) Markaziy Q.da sathi 50 m mut-laq balandlikdagi keng qoʻltiq hosil qilganda, uning suvi shoʻr edi, chunki Amudaryo [[Xorazm]] [[botiq|botigʻi]] tomon oqqan.