Dante Aligyeri: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tasvir:Dante_alighieri.jpg Tasvir:Dante.png bilan almashtirildi (CommonsDelinker tomonidan; Duplicate: Exact or scaled-down duplicate: commons::File:Dante.png tufayli).
Qator 23:
== Ilohiy komediya ==
 
"Komediya" Dante ijodining choʻqqisidir (1307—1321). Keyinchalik [[Giovanni Boccaccio|Boccaccio]] unga "Ilohiy" epitetini bergan. Dante vafotidan soʻng qoʻshilgan ''ilohiy'' soʻzi shoir ijodi muxlislari tomonidan asarning badiiy jihatdan yuksakligini ifodalash uchun qoʻllanilgan. Doston 3 qism ("Doʻzax", "Aʼrof", "Jannat") dan iborat. Har bir qismda 33 ta qoʻshiq bor. Doston Dantening shoir [[Vergiliy]] yetakchiligida u dunyoga sayohati tarzida yozilgan. Bu shakl [[Sharq]] obidasi "MerojnomaMe'rojnoma" syujetini eslatadi. "Komediya" anʼanaviy diniy syujet asosida boʻlsada, undagi [[gumanizm]] magʻzini real dunyodagi insonlar hayoti tashkil etadi. Dante asarda insoniyat tarixining turli davrlarida yashagan kishilarning murakkab falsafiy qarashlariga munosabatini bildiradi. "Komediya"ning "Doʻzax" qismidagi 4-qoʻshiqda jahonning buyuk donishmandlari [[Demokrit]], [[Fales]], [[Geraklit]], [[Evklid]], [[Ptolemey]], Gippokratlar[[Gippokrat]]lar qatorida Sharqning ulugʻ mutafakkirlari [[Abu Ali ibn Sino|Ibn Sino]] va [[Ibn RushdlarRushd]]lar tilga olinagan. Qoʻshiqda qadimiy [[Turon]] podshosining qizi, afsonaviy baliq tanli sarkarda ayol [[Semiramida]], [[Misr]] malikasi [[Kleopatra]] faoliyatiga munosabat bildiriladi. "Aʼrof"da massagetlar malikasi [[Toʻmaris]] qaxramonligiqahramonligi tasvirlangan. "Ilohiy komediya" badiiy yuksak boʻlishi bilan birga, kishilik jamiyati taraqqiyotida yigʻilgan bilimlarning boy xazinasidir. Dante [[Sharq]] va [[Gʻarb]] tafakkuri mevalarini omuxta etgan. Muallif Sharq donishmandlari [[Abu Ali ibn Sino|Ibn Sino]], [[Ahmad al - Farg'oniy| Al - Fargʻoniy]], Abu Mashʼar, [[Muhammad al - Xorazmiy]] va boshqalarning asarlaridan foydalangan.
 
Dante italyan adabiy tilining yaratuvchisi hisoblanadi. Uning dostoni uslubida oddiy xalq tili oliy tabaqa kishilari tiliga xos tantanavorlik, rangbaranglik va dramatizm bilan uygʻunlashib ketgan. Dante oʻz davridagi ijodkorlardan farqli oʻlaroq butun italyan millati nomidan gapirib, uning asriy orzu-armonlarini ifodalagan. Shuning uchun ham uni oʻrta asrning soʻnggi shoiri va ayni paytda, yangi davrning birinchi shoiri, deyishadi. Dante ijodi italyan adabiyoti va butun [[Yevropa]] madaniyati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan. Shoir ijodi adabiyotshunos olimlar tomonidan keng tadqiq etilgan. Dante asarlari jahon xalqlarining koʻpgina tillariga tarjima qilingan. "Ilohiy komediya" dostonining "Doʻzax" qismi oʻzbek tilida [[Abdulla Oripov]] tarjimasida nashr etilgan (1978).
 
== Ijodi ==