Sahroi Kabir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 154:
 
[[Tasvir:Nomadic Berber in Morocco.jpg|thumb|left|Koʻchmanchi barbar, Marokash]]
Qishloq xoʻjaligi va uy hayvonlarining paydo boʻlishi koʻplab xalqlarni oʻzaro yaqin qabilalar bilan savdo aloqalari oʻrnatishga undadi. Tashqi savdo rivojlana bordi. Er. avv <nowiki>II</nowiki> mingyillikdayoq Mavritaniya [[mis]]i Oʻrtayer tamadduni vakillariga qadar yetib borgan. [[Temir asri]]da Sahroi Kabir sivilizatsiyasi rivojlana borgani sayin, (er. avv. <nowiki>I</nowiki> asr) savdo-sotiq aloqalari ham kamol topa bordi.<ref name="britannica"/>Choʻllanish, sahro ahlini savdo sotiqda ot va qoramollardan kechib, tuyalardan foydalanishga undadi. Ammo Misrda tuyalardan mil. avv. <nowiki>VI-III</nowiki> asrlardayoq foydalana boshlangan. Sahro aholisi tez-tez [[saxanjilar]] (barbarlar qabilasi)va boshqa koʻchmanchilarning hujumlariga uchrab turganlar. Voha aholisining koʻpchiligi koʻchmanchilar tomonidan qul qilib olib ketilgan. <nowiki>VII-XI</nowiki> asrlarda Shimoliy Afrikada [[islom dini]]ning tarqalishi, oʻz mahalliy dinini saqlab qolishni istovchi koʻlab barbarlar va arablarni sahroning ichki hududlariga koʻchib ketishga majbur qildi. Savdo yoʻli bilan tarqalgan islom dini oxir-oqibatda sahro ahlining asosiy diniga aylandi.<ref name="britannica"/>
Aholi madaniyatining turli-tumanligiga qaramay, sahroda yasovchilarni asosan uch guruhga kiritish mumkin, bular: chorvachilik bilan shugʻullanuvchilar, oʻtroq yer egalari va hunarmandlar. Ayrim jihatlari bilan koʻchmanchi hisoblanuvchi chorvachilik hozirda chekka hududlarda, togʻ yonbagʻirlarida va nisbatan namlik yuqori boʻlgan gʻarbiy hududlarda tarqalgan. Yirik shoxli qoramol Saxel bilan chegara hududlarda koʻproq boqilsa, choʻl hududlarida tuya, echki va qoʻy koʻproq boqiladi. Chorvadorlarning asosiy guruhlari sahroning shimoli-gʻarbida yashovchi [[regeybat]] va Jazoir choʻllarida yasohvchi [[chaamba]] qabilalaridir. Qurgʻoqchilik chorvadorlar davrlarida oʻtloqlarni izlab katta koʻchishlarni amalga oshirganlar. Oʻzlarining jangovarligi bilan nom qozongan [[tuareglar]], islom aqidalariga qaramasdan, haligacha [[matriarxat]] jamiyatining anʼanalarini saqlab qolganlar, ularda ayollarga koʻplab imtiyozlar berilgan.<ref name="britannica"/>
 
== Iqtisod ==
 
=== Sahroi Kabir savdo tarmogʻi ===
[[Tasvir:Maroc Sahara caravane.jpg|thumb|Sahrodagi karvon]]
[[Oʻrta asrlar]]da Sahroi Kabir orqali [[Atlantika okeani]] sohillaridagi mamlakatlar va Shimoliy Afrikaning koʻplab shaharlarini bogʻlab turuvchi savdo yoʻli oʻtgan.
Asosiy savdo yoʻllari bir necha marta oʻzgargan. U <nowiki>XI</nowiki> asrgacha [[Gana imperiyasi]] orqali oʻtgan boʻlsa, <nowiki>XII</nowiki> sharqdan oʻtib, Malining oltin konlari va Shimiloy Afrikaning savdo shaharlarini oʻzaro bogʻlagan. Mali otini, koʻplab boshqa mollar singari avval [[Yaqin Sharq]]qa, u yerdan esa [[Yevropa]]ga yoʻl olgan.
<nowiki>XV</nowiki> asrdan asosiy savdo yoʻli [[xausa (xalq)|xausalar]] yashaydigan yerlardan oʻtgan.
Mollar bir oʻrkachli tuyalar karvoni orqali manzildan-manzilga tashilgan. Tuyalarni karvonga qoʻshishdan avval, ularni bir necha oylab [[Magʻrib]] yoki [[Saxel]] togʻ yonbagʻirlarida yaxshilab boqilgan. Sayyoh [[Ibn Battuta]]ning yozishicha, karvonlarda oʻrtacha 1000 bosh [[tuya]] boʻlgan, baʼzida esa tuyalar soni 12 ming boshga ham yetgan. Karvonga sahroni, tuareglarning koʻchmanchi qabilalarni, va asosiy savdo shaharlarini yaxshi bilgan barbarlar sarbonlik qilishgan, ularning bu xizmati uchun ancha haq toʻlangan. Karvonning sahroda nobud boʻlmasligi karvondagi barchaning hamjihat harakatiga bogʻliq boʻlgan. Vohalarga choparlar yuborilib, ular hali vohaga kirish uchun koʻp kunlar yurishi kerak boʻlgan karvon uchun suv olib kelishgan.
 
=== Transport ===
Sahro boʻylab [[Jazoir (shahar)|Jazoir shahri]]dan boshlanuvchi ikkita avtomagistral oʻtgan. U [[Ayn-Salah]] va [[Tamanrasset (shahar)|Tamanrasset]] orqali oʻtib, [[Lagos]]da tugaydi. Ikkita tarmoqlanishga ega: birinchisi [[Agades (shahar)|Agades]] (Niger) va [[Gao]] (Mali) orqali, ikkinchisi Tuat vohasidan oʻtadi. [[Adrar (shahar)|Adrar]], Tamanrasset va b. bir necha shaharlarda aeroportlar bor.<ref name="geo"/>
 
== Tarix ==
[[2008 yil]]da [[Kyoln]] Tarixiy geologiya universiteti olimi Stefan Kreplin boshchiligidagi [[Germaniya]], [[Kanada]] va [[AQSH]]lik xalqaro tadqiqitchilar guruhi Sahroi Kabirda bir qancha izlanishlar oʻtkazib, tadqiqotlar natijasida aniqlashdiki, er. avv. 4000 yilda iqlim namgarchiligining eng yuqori koʻrsatkichiga chiqqan boʻlib, er. avv. 3600—2700 yillar oraligʻida tuproqning qurishi natijasida sekin asta choʻllanib borgan. Olimlarning bunday xulosaga kelishlariga [[Chad]] shimolidagi [[Yoa (koʻl)|Yoa]] koʻli tubidan olib oʻrganilgan choʻkindilar sabab boʻlgan. Tadqiqotlarga qaraganda, 6 ming yil avval Sahroi Kabirda turli-tuman darxatlar oʻsib, koʻplab koʻllar boʻlgan. Shu taqlid olimlarning bu tadqiqotlari Sahroi Kabirning 5500 yil avval quruqlashib borib, bir necha asr ichida choʻlga aylanganligi haqidagi nazariyani inkor etadi.<ref name="Kröpelin">[http://www.nytimes.com/2008/05/09/science/09sahara.html Shift From Savannah to Sahara Was Gradual, Research Suggests, 2008.]</ref>
 
== Manbalar ==