Sahroi Kabir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 59:
Togʻoldi hududlarining oʻziga xos jihati shuki, u yerda togʻ jinslarini oʻrab oluvchi [[ferromarganets]]li qora qatlam mavjuddir. Sahro platosi asosan shamolda uchib yuruvchi jinslardan tarkib topgan (masalan, Jazoirdagi [[Tademait]] platosi).<ref name="britannica"/><ref name="bse"/>
Sahroi Kabirda qoyalar, togʻlar va platolardan tashqari koʻplab uncha chuqur boʻlmagan shoʻrxok, oqmas suv havzalari (sebxalar, shottlar va dayilar), vohalarga ega ulkan choʻkiklar ham uchraydi. Choʻlning nisbatan quyi joylashgan hududlari — [[Kattara]] (-133 m, Sahroi Kabirning eng past nuqtasi), [[Al-Fayyum]], [[Melgir]] (-26 m) va [[Bodele]]dir.<ref name="britannica"/>
Turgʻunlikka moslashgan vadilar, qumli choʻllar ([[erg]]lar) va [[dyuna]]lar sahroning 25 %ini yaʼni 2,2 mln km2km<sup>2</sup> maydonini egallagan.<ref name="britannica"/><ref name="bse"/>. Sahroning eng koʻp qumga ega qismlar — [[Igidi]], [[Erg-Shesh]], [[Katta Gʻarbiy Erg]], [[Katta Sharqiy Erg]], [[Erg-Shebbi]] va boshqalardir. Barxanlar tizmasi nimjon [[kserofitlar|kserofit]] oʻsimliklar bilan qoplangan. Sahroda aylana, yulduzsimon, kesishgan dyunalar, oʻroqsimon [[barxan]]lar uchraydi; piramidasimon dyunalar 150 mgacha, tizmalar 200-300 mgacha balandlikka yetishi mumkin. Shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarning janubi — [[Aubari (choʻl)|Aubari]], [[Idexan-Marzuk]], [[Tenere]], [[Liviya choʼli]]da koʻchib yuruvchi qumliklar uchraydi.<ref name="britannica"/><ref name="bse"/>
 
{|class="graytable"
Qator 149:
== Xaqlar ==
[[Tasvir:Tadrart Acacus 1.jpg|thumb|Tadrart-Akakus togʻlaridagi qoyatosh suratlari]]
Sahroi Kabirning hududi salkam AQSH hududi bilan tengligiga qaramay, (Nil vohasini qoʻshib hisoblaganda ham) aholi zichligi bor-yoʻgʻi km2km<sup>2</sup> ga 0,4 kishini tashkil qiladi (2,5 mln kishi).<ref name="britannica"/> Juda katta hududlarda aholi yashamaydi.
Qadimgi davrlarda Sahroi Kabir hududlari bundanda koʻproq aholiga ega boʻlgan. Sahro hududida keng tarqalgan TOSH yodgorliklar, toshqotgan buyumlar va [[qoyatosh suratlari]] bu yerlarda insonlar hamda antilopa, buyvol, jiraf, fil, karkidon, tongʻiz kabi koʻplab jonivorlar yashaganliklaridan guvohlik beradi. Suyakdan yasalgan nayzalar, chigʻnoq va baliq tozalangan joylar, ov qilingan timsoh, begemot suyaklari qadimiy koʻllar boʻyida aholi yashash joylari boʻlganligini bildiradi.<ref name="britannica"/>
7 ming yil avval Sahroi Kabir hududida chorvachilikning paydo boʻlishi, insonlar hayotida ovchilik va baliqchilik emas, koʻchmanchi chorvachilik muhim oʻrin tutishiga turtki boʻldi. [[Niger]]ning Tenere hududida yashovchi [[barbarlar]] va [[zagavalar]]ga qardosh hisoblangan qadimgi xalqlar yirik shoxli hayvonlarni koʻpaytirish bilan shugʻullanganlar. Qoʻy va echkilarning xonakilashtirilishi [[Kaspiy madaniyati]] va shimoli-sharqiy Afrika xalqlari bilan bogʻliqligi taxmin qilinadi. Yerga ekin ekish madaniyati 6 ming yil avval Misrda [[arpa]], [[bugʻdoy]] ekilishi bilan kirib kelgan deb hisoblanadi. Bunday qishloq-xoʻjalik madaniyati Osiyodan kirib kelganligini Mavritaniya hududidan topilgan kulollik buyumlari isbotlaydi. Bu buyumlar er. avv. 1000 yilga mansub boʻlib, [[soninke]] xalqining ajdodi boʻlgan [[gangaralar]]ga tegishli, deb hisoblanadi.<ref name="britannica"/>