Sahroi Kabir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 40:
 
== Nomi ==
Sahroi Kabir nomining ilk bora esga olinishi eramizning <nowiki>I</nowiki> asriga oid<ref name="geoGeo"/> . U arabcha {{lang-ar|صَحراء}} (ṣaḥrāʾ) soʻzidan olingan boʻlib, “choʻl”, “sahro” maʼnolarini beradi, bu soʻzning koʻplik maʼnosini beruvchi koʻrinishi esa “ṣaḥārā” koʻrinishiga egadir. Bundan tashqari, uning sifat beruvchi “aṣḥar” soʻzi bilan aloqasi bor, deb hisoblashadi, bu soʻz hech nima oʻsmaydigan qizil tekislik, maʼnosini anglatadi. Boshqa manbalarga qaraganda, qadimgi arab tilida “sahra” — “jigarrangsimon qizil” maʼnosiga ham ega<ref>Словарь современных географических названий. — Екатеринбург: У-Фактория. Под общей редакцией акад. В. М. Котлякова. 2006.</ref>.
Sahroi kaborning bir nechta rayonlarining nomi, jumladan [[Tanezruft]] (Jazoirning janubi-gʻarbi), [[Tenere]] (Nigerning markazida), Shimoliy Afrikaning tub aholisi hisoblanmish, barbarlar tilidan olingan<ref name="britannica">[http://www.britannica.com/EBchecked/topic/516375/Sahara Sahara] — Britannica Online Encyclopedia {{ref-en}}</ref>.
 
Qator 53:
Tepaliklar zonasidan shimolda va janubda Shimoliy Sahroi Kabir va Janubiy Sahroi Kabir pastliklari joylashgan boʻlib, u yerdagi platforma bukiklari [[fanerozoy]] choʻkindi togʻ jinslari bilan qoplangan. Bu zonalarda [[boʻr davri]] oʻrtalariga qadar qitʼaviy qatlamlar toʻplangan, keyinchalik ular boʻr davri oxirlari va [[paleogen]] davri boshlarida dengiz choʻkindilari bilan yopilgan (pastliklarning janubiy qismida dengiz choʻkindilari qalinligi pasayib boradi). [[Olitsogen]] davridan boshlab dengiz chekingan va qadimgi massivlar (ayniqsa Axaggar va Tibetsi) kuchli koʻtarilishlarga uchraganlar. Janubiy Sahroi Kabir pastliklar zonasida tekis [[Taodenni]] [[sinekliza]]si, [[Gao (graben)|Gao]] grabeni, [[Mali-Niger sineklizasi]] va [[Chad (sinekliza)|Chad]] sineklizalari mavjud.<ref name="bse"/>
Platformaning turgʻunligi sabab, [[paleozoy]] erasining formalari gorizontallikni saqlab qolgan va kam oʻzgargan. Sahroning shimoliy qismida (gʻarbiy Misr, Jazoir) bu jinslar choʻkiklar va havzalar bilan bogʻlanib ketgan. Sahroning janubiy qismidagi platforma bukilishlari [[kaynozoy]] koʻllari ([[Chad (koʻl)|Chad koʻli, va Unianga koʻllar guruhi]] shular jumlasidandir) bilan egallangan ulkan havzalarni vujudga keltirgan.<ref name="britannica"/>
Sahro hududida boy [[neft]] va [[gaz]] resurslariga ega [[Sahroi Kabir neft-gaz havzasi]] boʻlib, unda [[Xassi-Mesaud (neft koni)|Xassi-Mesaud]], [[temir rudasi]], [[Kediyet Ijil]], [[mis rudasi]] konlari mavjud. [[Oltin]], [[volfram]], [[uran (element)|uran]] va noyob metallar konlari quyi kembriy poydevori bilan bogʻliq.<ref name="geoGeo"></ref><ref name="bse"/>
 
=== Relyefi ===
[[Tasvir:Saharan topographic elements map.png|thumb|Sahroi Kabirning topografik xaritasi]]
Sahroi Kabirning landshafti turli-tuman. Maydonining koʻp qismini (70 %ga yaqin<ref name="geoGeo"/>) qoyali gil tepaliklar va 500 mgacha balandlikka ega toshli platolar (xamada)dan iborat. Sahroning markaziy qismida [[Tibesti]] (Sahroi Kabirning eng baland nuqtasi — [[Emi-Kusi]] vulqoni) va [[Axaggar]] ([[Taxat]] togʻi, 3003 m) togʻlari mavjud. Bu hududlarda [[neogen]] va [[antropogen]] davrlarida juda faollashgan vulqonlarning, chuqur va keng vodiylar (kengligi 30 km, uzunligi 400 km) va qurib qolgan qadimgi daryolar oʻzanlaridan iborat.<ref name="bse">{{из БСЭ}}</ref>
Togʻoldi hududlarining oʻziga xos jihati shuki, u yerda togʻ jinslarini oʻrab oluvchi [[ferromarganets]]li qora qatlam mavjuddir. Sahro platosi asosan shamolda uchib yuruvchi jinslardan tarkib topgan (masalan, Jazoirdagi [[Tademait]] platosi).<ref name="britannica"/><ref name="bse"/>
Sahroi Kabirda qoyalar, togʻlar va platolardan tashqari koʻplab uncha chuqur boʻlmagan shoʻrxok, oqmas suv havzalari (sebxalar, shottlar va dayilar), vohalarga ega ulkan choʻkiklar ham uchraydi. Choʻlning nisbatan quyi joylashgan hududlari — [[Kattara]] (-133 m, Sahroi Kabirning eng past nuqtasi), [[Al-Fayyum]], [[Melgir]] (-26 m) va [[Bodele]]dir.<ref name="britannica"/>
Qator 168:
 
=== Transport ===
Sahro boʻylab [[Jazoir (shahar)|Jazoir shahri]]dan boshlanuvchi ikkita avtomagistral oʻtgan. U [[Ayn-Salah]] va [[Tamanrasset (shahar)|Tamanrasset]] orqali oʻtib, [[Lagos]]da tugaydi. Ikkita tarmoqlanishga ega: birinchisi [[Agades (shahar)|Agades]] (Niger) va [[Gao]] (Mali) orqali, ikkinchisi Tuat vohasidan oʻtadi. [[Adrar (shahar)|Adrar]], Tamanrasset va b. bir necha shaharlarda aeroportlar bor.<ref name="geoGeo"/>
 
== Tarix ==