Romeo va Juliet: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 24:
Shakespearening sheʼriy dramatik strukturadan foydalangani (ayniqsa, tanglikni oshirish uchun komediya va tragediyani ketma-ket keltirgani, ikkinchi darajali qahramonlarni keng yoritgani, syujetni boyitish uchun kichik hikoyalardan foydalangani) muallifning dramaturg sifatidagi qobiliyatlarini koʻrsata olgan ilk belgilar oʻlaroq maqtovga sazovor boʻlgan. Pyesada turli qahramonlar uchun turli sheʼriy uslubdan foydalanilgan, qahramon oʻzgarishi bilan bu uslub ham oʻzgargan. Masalan, pyesa davomida Romeoning [[sonet]] aytish qobiliyati oʻsib boradi.
 
„Romeo va Juliet“ bir necha marta teatr, film, myuzikl va opera uchun moslashtirilgan. [[Ingliz restavratsiyasi]] davomida pyesa [[William Davenant]] tomonidan tubdan oʻzgartirilgan. [[David Garrick]]ning 18-asrgi nusxasida ham bir necha misra oʻzgartirilgan, oʻsha paytda beadab koʻrilgan material olib tashlangan. [[Georg Benda]]ning „Romeo va Juliet“sida koʻp harakatlar olib tashlangan va asarga baxtli yakun qoʻshilgan. 19-asrgi namoyishlar, jumladan, [[Charlotte Cushman]] versiyasida original matn tiklangan va [[realizm]]ga koʻproq eʼtibor qaratilgan. [[John Gielgud]]ning 1935-yilgi nusxasi Shakespearenikiga juda oʻxshash boʻlib, dramatik taʼsirni kuchaytirish uchun qahramonlar kiyimlari va sahna [[ELizabethElizabeth I]] davriga mos qilib oʻzgartirilgan. Pyesa 20-hamda 21-asrlarda turli shaklda oʻzgartirildi. [[George Cukor]]ning 1936-yilgi [[Romeo va Juliet (film, 1936)|filmi]], [[Franco Zeffirelli]]ning 1968-yilgi [[Romeo va Juliet (film, 1968)|versiyasi]] hamda [[Baz Luhrmann]] 1996-yil yaratgan „[[Romeo + Julyetta]]“ filmlari shular jumlasidandir.
 
„Romeo va Juliet“ pyesasani [[oʻzbek tili]]ga [[Maqsud Shayxzoda]] tarjima qilgan. Pyesa oʻzbek tilida bir necha marta, jumladan, besh jildli „[[Tanlagan asarlar]]“ (1-jild) hamda bir jildi „[[Pyesalar (Shakespeare asari)|Pyesalar]]“ asarlarida chop etilgan.