Traktor: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Havola(lar) qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali
k 213.230.77.139 tahrirlari Ximik1991Bot versiyasiga qaytarildi
Qator 1:
'''Traktor''' (ing . tractor, lot. traho — tortaman, tashiyman) — (Po'lat ot) deb atalgan. Dvigateldvigatel yordamida xarakatlanuvchi gʻildirakli yoki gusenitsali (zanjirli) oʻziyurar mashina. T. qurilish, qishloq xoʻjaligi. ishlari va boshqa ishlarni bajarish, tirkama, oʻrnatma va yarim oʻrnatma jihozlarni tortish va harakatlantirish, muqim (statsionar) mashinalarni ishga tushirish uchun moʻljallangan.
 
Bugʻ mashinasi oʻrnatilgan birinchi gildirakli T. 1830 yilda Angliya va Fransiyada paydo boʻlgan, transport va harbiy ishda ishlatilgan. 1890 yilda AQSH da qishloq xoʻjaligi. ishlarida qoʻllanilgan. Gusenitsali T.ni Rossiyada D. A. Zagryajskiy (1837) va A. P. KostikovAlmazovlar (1889) ixtiro qilishgan. 1988 yilda rus mexanigi F.A. Blinov bugʻ mashinasi oʻrnatilgan gusenitsali T. yasab sinovdan oʻtkazgan. 1895 yilda rus ixtirochisi Ya. V. Mamin ichki yonuv dvigateli oʻrnatilgan oʻziyurar gildirakli arava ixtiro qilgan. AQShdagi "XartParr" (HartParr) firmasi 1901 yildan boshlab ichki yonuv dvigateli oʻrnatilgan gʻildirakli T. ishlab chikara boshladi. 1912 yildan AQShda, keyinchalik Germaniya va boshqa mamlakatlarda gusenitsapi T. ishlab chiqarila boshlandi. Oʻzbekistonda 1967 y. Toshkent traktor zdida paxtaga modifikatsiya qilingan gʻildirakli T. lar ishlab chikarila boshladi.