Romeo va Juliet: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 26:
„Romeo va Juliet“ bir necha marta teatr, film, myuzikl va opera uchun moslashtirilgan. [[Ingliz restavratsiyasi]] davomida pyesa [[William Davenant]] tomonidan tubdan oʻzgartirilgan. [[David Garrick]]ning 18-asrgi nusxasida ham bir necha misra oʻzgartirilgan, oʻsha paytda beadab koʻrilgan material olib tashlangan. [[Georg Benda]]ning „Romeo va Juliet“sida koʻp harakatlar olib tashlangan va asarga baxtli yakun qoʻshilgan. 19-asrgi namoyishlar, jumladan, [[Charlotte Cushman]] versiyasida original matn tiklangan va [[realizm]]ga koʻproq eʼtibor qaratilgan. [[John Gielgud]]ning 1935-yilgi nusxasi Shakespearenikiga juda oʻxshash boʻlib, dramatik taʼsirni kuchaytirish uchun qahramonlar kiyimlari va sahna [[Elizabeth I]] davriga mos qilib oʻzgartirilgan. Pyesa 20-hamda 21-asrlarda turli shaklda oʻzgartirildi. [[George Cukor]]ning 1936-yilgi [[Romeo va Juliet (film, 1936)|filmi]], [[Franco Zeffirelli]]ning 1968-yilgi [[Romeo va Juliet (film, 1968)|versiyasi]] hamda [[Baz Luhrmann]] 1996-yil yaratgan „[[Romeo + Julyetta]]“ filmlari shular jumlasidandir.
 
„Romeo va Juliet“ pyesasani [[oʻzbek tili]]ga ilk bor [[Maqsud Shayxzoda]] tarjima qilgan. 2007-yil Keyinchalik[[Jamol Kamol]] ham tarjima qilgan. Pyesa oʻzbek tilida bir necha marta, jumladan, besh jildli „[[Tanlagan asarlar (Shakespeare asari)|Tanlangan asarlar]]“ (1981) (1-jild), bir jildi „[[Pyesalar (Shakespeare asari)|Pyesalar]]“ hamda uch jildli „[[Saylanma (Shakespeare asari)|Saylanma]]“ (2007) (2-jild) asarlarida chop etilgan.
 
== Havolalar ==