Kutubxonashunoslik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a.ni → -asrni (2) using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Kutubxonashunoslik''' - bosma nashr (kitob, gazeta, jurnal va boshqalar)lardan jamoatchilikning foydalanish maqsadlari, tamoyillari, mazmuni, tizimi va shakllarini oʻrganadigan fan tarmogʻi. K. vazifasi kutubxonachilik ishi nazariyasini rivojlantirish, uni ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanish qonunlarini tahlil qilish, kutubxonalarni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotdagi oʻrnini oʻrganishdan iborat.
 
K.ning asosiy boʻlimlari: kutubxonaning jamiyatdagi oʻrni va mavkeimavqei, kutubxonachilik ishini tashkil etish asoslari, kutubxona tarmoqlari va ularning turlarini tashkil etish qonuniyatlari va boshqalarni oʻz ichiga olgan u mumiy K., kutubxona fondlarini butlash, joylashtirish va saqlash masalalarini oʻz ichiga olgan kutubxona fondi; bosma nashrlarni bibliografik tavsiflash va tasniflash hamda kataloglar tuzish uslublaridan iborat kutubxona katalogi; kutubxonachilik ishini tashkil qilish va meʼyorlash, kutubxona faoliyatini hisobga olish va rejalash, kutubxona binolarini qurish va uni saqlash, mexa-nizatsiyalash va avtomatlashtirish va boshqalardan iborat kutubxonachilik ishini tashkil qilish va boshqarish; turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda kitoblardan ommaviy foydalanishning mazmuni, shakli va uslublarini oʻrganuvchi kutubxonachilik ishi tarixi; kutubxonada kitobxonlarga xizmat koʻrsatish tizimi, shakli, uslublari, ularda kitob oʻqish madaniyatini tarbiyalash, kitobxonlarning qiziqish va talablarini oʻrganish bilan bogʻliq kitobxonlarga xizmat koʻrsatish va boshqa
 
"K", termini 19-asrning 1-yarmida paydo boʻldi; fan sohasi sifatidagi dastlabki ishlar ham shu davrga toʻgʻri keladi. Ilk bor nemis kutubxonashunosi M. Shretinger tomonidan mustaqil fan sohasining nomi sifatida qoʻllanilgan. K.ning uslubiy asoslari va masalalarini ijtimoiy-iqtisodiy tarixiy sharoitlar belgilaydi. 19-asr 2-yarmidan AQSH, Rossiya va boshqa mamlakatlarda tarqala boshlagan. K. uzoq vaqt amaliy xususiyatga ega boʻlgan soha sifatida rivojlandi. Uning faoliyat doirasiga kutubxonalarning ichki tuzilishlari, kitob fondini tanlash va tashkil qilishning texnik tomonlari, kutubxona binolarini qurish va jihozlash kabi masalalar kiritildi. Shu bilan kutubxonaning ijtimoiy oʻrni xaqidagi masalalarni oʻrganishga eʼtibor berila boshlandi.