Mosh: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k kichik o'zgarishlar, replaced: [[File: → [[Fayl:
Tahrir izohi yoʻq
Qator 19:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Mosh''' (Phaseolus aureus) — dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik dukkakli ekin; loviya turlaridan biri. Hindiston, xitoy va eron kenja turlariga boʻlinadi. M.ning vatani — Jan.gʻarbiy Osiyo, miloddan avvalgi 4—3ming yillikda ekila boshlagan. Hozir M. Oʻrta Osiyoda, Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston, Eron, Xitoy, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda ekiladi. Oʻq ildizi tuproqqa 1,5 metrgacha kirib boradi, [[azot]] toʻplaydigan tuganaklar hosil qiladi. Sershox poyasi 20—100 sm yoyilib, tik yoki chirmashgan holda oʻsadi, barglari keng , yirik. Guli ikki jinsli, kapalaksimon, barg qoʻltiklarida 3—12 ta boʻlib joylashadi, rangi sariq yoki sargʻish-yashil. Mevasi dukkak, ingichka, silindrsimon, uz. 6— 18 sm, ichida 6—15 ta urugʻ boʻladi. Urugʻi sariq, yashil va qora; 1000 dona urugʻi vazni 40—80 g . M. issiqsevar, urugʻi 12—15° haroratda 5—7 kunda unib chikali. Maysalari —1°, —2° da nobud boʻladi. M. namsevar oʻsimlik. Urugʻining koʻkarib chiqishi uchun vazni barobarida suv berish kerak. Ayniqsa, shonalash davrida suvni koʻp talab qiladi. Soya joylarda yaxshi rivojlanmaydi. Unumdor oʻtloqi tuprokda yaxshi oʻsadi. Asosan, oʻzidan changlanadi. Oʻzbekistonda doni bahorda ekilgani 85—95, yoz oxirida ekilgani 60—65 kunda yetiladi. Hosil dukkaklarining 75—80% pishganda yigʻiladi. Doni tarkibida 24— 28% oqsil, 46—50% kraxmal, 2—4% moy va vitaminlar bor. M. oziq-ovqatda qoʻllaniladi, oson hazm boʻladi, unidan makaron tayyorlashda foydalaniladi. Koʻkati chorvachiliqsa toʻyimli ozuqa, poyasidan [[silos]] bostirish mumkin.
 
Oʻzbekistonda Pobeda 104 (1948 yildan) va Radost (1984 yildan) navlari ekiladi. Sugʻoriladigan yerlarda gektaridan 10—16, angʻizga ekilganida 8—12 s hosil olinadi.
 
Kasall iklari : fuzarioz, bakterioz, askoxitoz, sariq [[mozaika]]; zararkunandalari: chertmakchi qoʻngʻizlar, yalangʻoch shilliq qurt, dala qandalasi.
 
Halima Otaboyeva.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>