Vladimir Mayakovskiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Adib
| Ism = Vladimir Mayakovskiy
| Ism (o`z tilida) =
| Surat = 1963._Марка_СССР._Маяковский.jpg
| To`liq ismi =
| Taxallus =
| Tavallud sanasi = {{birth date|1893|7|7}}
| Tavallud joyi =
| Vafot sanasi = {{death date and age|1930|4|14|1893|7|7}}
| Vafot joyi = [[Moskva]]
| Fuqarolik =
| Kasb = [[shoir]], [[yozuvchi]]
| Faoliyat =
| Yo`nalish =
| Janr =
| Magnum opus =
| Mukofot =
| Sayt =
}}
 
'''Mayakovskiy Vladimir Vladimirovich''' [1893.7(19).7, Kutaisi shahri — 1930.14.4, Moskva] — rus shoiri. 1906 yil, otasi vafotidan soʻng , oilasi bilan Moskvaga koʻchib borib, klassik gimnaziyaga, 1911 yil esa tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik va meʼmorchilik bilim yurtiga oʻqishga kirgan. Shu yili rus futuristpar guruhi tashkilotchisi D. Burlyuk bilan tanishgan. 1912 yil "Jamoat didiga tarsaki" toʻplamida dastlabki sheʼriy asari chop etilgan. Ijtimoiy silsilalar arafasida sheʼriyatga kirib kelgan M. simvolizm va akmeizm estetikasiga qarshi chikali, eʼtirof etilgan ustoz shoirlar, jumladan, A. Blokning badiiy tajribalariga tanqidiy yondashadi. 1913 yil "Vladimir Mayakovskiy" temperaturagediyasini yozadi, "Men!" ilk sheʼriy kitobi nashr etiladi. M.ning dastlabki ijodida "Cholvorli bulutlar" (1914—15) dostoni muhim oʻrin egallaydi. Bu dostonda institutim syujet ijtimoiy va kosmik miqyosga, sevgi esa bayroq — qalb darajasiga koʻtarilgan. M.ning Osip va Lilya Briklar oilasi, ayniqsa, Lilya Brik bilan tanishuvi uning taqdirida hal kiluvchi rol oʻynagan. Ijtimoiy hayotda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar M.ni chetlab oʻtmadi. M. 1917 yil Okt. davlat toʻntarishini xushnudlik bilan qarshi oldi. Undagi voqealarning shiddatli ruhini oʻz sheʼriyatiga singdirdi ("Soʻl marsh", 1918). Turli janr va sohalarda ham ijodiy kuchini sinab, bir necha filmlar ("Pul uchun tugʻilmagan", "Xonim va bezori" va boshqalar) ssenariylarini yozdi va bu filmlarda bosh rollarni ijro etdi. 1917 yil avg .da esa Musiqali drama teatrida davrning qaxramonona, epik va satirik tasviri boʻlgan "Misteriya-buff" pyesasi namoyish etiladi. Shu davrdan boshlab M. isteʼdodi bolshevizm gʻoyalariga toʻla-toʻkis xizmat qiladi. M., insoniy sajiyasiga koʻra, xudbinlik, hasad, kalondimogʻlik, mansabparastlik, pora-xoʻrlik singari illatlar bilan murosa qila olmovchi kishi edi. M. bolsheviklarni jami-yatni ana shunday qusurlardan xalos etuvchi, sovetlar mamlakatini yuksak taraqqiyot manziliga eltuvchi kishilar, deb bildi. Shuningdek, u "yangi jamiyat"ni barpo etayotgan kishilar orasida ham haftafahm, amalparast kishilar borligini oʻz koʻzi bilan koʻrdi va ularni "Qandala" (1928), "Hammom" (1929) satirik pyesalarida aks ettirdi. Bu pyesalar koʻp oʻtmay taqikdanadi va Stalin vafotiga qadar (1953) hech yerda qoʻyilmadi. M. 1924—25 yillarda Fransiya, Amerika singari qator xorijiy mamlakatlarda boʻldi. "Amerikani kashf etishim" asarida buyuk mamlakatning kuch-qudratidan hayratga tushdi, shu bilan birga bu mamlakatda dollarning axloq va vijdon mezoniga aylanganidan oʻpkalandi. M. ijodining soʻnggi bosqichida ana shu nafrat va muhabbat tuygʻulari shoir asarlari ("Hayqiriq", "Juda soz!", "Qandala", "Hammom" va boshqalar)ning bosh leytmotivi darajasiga koʻtarildi. U oʻz ijodi va jangovar soʻzi bilan sotsialistik qurilishga hissa qoʻshishga urindi. Gorkiy bilan birga shoʻro adabiyotidagi sotsialistik realizm metodi asoschisi boʻldi. Ammo u ishongan davlat tizimi oʻsha yillardayoq byurokratik apparatga aylanib borayotgan, u ishongan davlat rahbarlari esa xalqdan va uning peshqadam siymolaridan yuz oʻgirayotgan edilar. M. bir tomondan, RAAPchi safdoshlari (proletar yozuvchilari) tomonidan tark etilgan, ikkinchi tomondan, "muhabbat kemasi", oʻzi yozganidek, suv osti toshlariga urilib shikastlangan. M. 1930 yil 14 aprelda oʻzinioʻzi otib oʻldiradi.
 
Qator 11 ⟶ 31:
Naim Karimov.
 
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->