New York (shahar): Versiyalar orasidagi farq

tahrir izohi yoʻq
k (Nataev Nyu York (shahar) sahifasini New York (shahar)ga koʻchirdi)
Tahrir izohi yoʻq
}}
 
'''NyuNew York''' ({{talaffuz|Nyu York}}) — AQShning eng katta sanoat, moliya, savdo-transport hamda siyosiy va madaniy markazi, dunyodagi eng yirik shaharlardan biri. Atlantika okeani sohilida, Gudzon daryosining quyilish joyida. Shaharning markaziy qismi Manxattan o.da joylashgan. Iqlimi moʻtadil, sernam iqlim; yanvarning oʻrtacha temperaturasi G, iyulniki 23°. Yillik yogʻin 1000 mm. Maydoni (shaharning munitsipal chegarasi doirasida, suv havzalarisiz) 953 km². Aholisi 8 mln. kishi (2001). Nyu Yorkning amalda qoʻshilib ketgan shaharlar va shahar atrofi bilan birga maydoni 27 ming km², aholisi 19 mln. kishi. Shahar aholisining koʻpchiligi asli yevropalik, osiyolik va afrikaliklar, xususan, 15 % qoratanlilar, 14 % kelib chiqishiga koʻra italyanlar, 12 % puertorikanlar va boshqalardan iborat. Nyu York 5 ta shahar r-niga boʻlingan. Shaharni mer, munitsipal kengash va hisoblar boshqarmasi idora qiladi. Mer aholi tomonidan 4 yil ga saylanadi. Ilk bor Manxattan o.ga 1613 yilda gollandlar kelib oʻrnashgan. Shaharga 1625 yilda asos solingan. 1626 yildan Yangi Amsterdam deb atalgan. 1664 yilda Yangi Amsterdamni inglizlar bosib olib, gersog Yorkskiy sharafiga Nyu York deb ataganlar. 1785—90 yillarda Nyu York AQShning muvaqqat poytaxti. Shaharda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning shtab-kvartirasi joylashgan.
 
Nyu York — AQShda eng katta, dunyoda eng yirik dengiz portlaridan. Chetdan keltiriladigan yuklar (neft, tropik oʻsimliklar mahsuloti, xom ashyo, sanoat buyumlari) chetga chiqariladigan yuklar (sanoat buyumlari, oziq-ovqat)dan 3 marta koʻp. Mamlakat tashki savdo aylanmasining 1/4 qismi Nyu York orqali oʻtadi. Shaharda fond birjasi, bank, sugʻurta jamiyatlari, sanoat va boshqa korporatsiyalarining boshqarmalari joylashgan. 3 ta katta xalqaro aeroport mavjud. Tikuvchilik va poligrafiya sanoatlari salmoqli oʻrin tutadi. Mashinasozlik va metallsozlik (jumladan, elektrotexnika, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, aviaraketasozlik, optika-mexanika), kimyo hamda galantereya va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan. Neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shaharning ayrim qismlarini 60 dan ortiq koʻprik, bir nechta avtomobil tunneli (umumiy uz.