Hashshoshiylar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 5:
Hashshoshiylar [[xalifalik]] va [[saljuqiylar]]ga qarshi kurashgan. Hashshoshiylarning rahbarlari oʻz dushmanlarini oʻldirishni siyosiy kurashning asosiy vositasi deb bilgan. Hashshoshiylar gʻoyat yashirin holda ish koʻradigan va tarmoqlangan [[terrorchilik]] tashkilotini vujudga keltirgan.
 
Oʻz maqsadlarini amalga oshirish (hukmdorlar, podsholar, qirollar va yirik namoyandalarni oʻldirish)da fidoyilar (qashshoq dehqon va shaharlik yoshlar)dan foydalangan. Turli manbalar hashshoshiylar terrorchi (fidoyi)larga [[giyohvand moddalarmodda]]nilarni isteʼmol qildirib, oʻlsa shubhasiz [[jannat]]ga tushishiga ishontirgan, degan fikr keng tarqalgan. Birmuncha davr hashshoshiylar koʻp hukmdorlarga dahshat solib turgan, ulardan koʻplari oʻz jonini saqlash uchun hashshoshiylarga toʻlov toʻlab turgan. 1256-yil [[Moʻgʻollar|moʻgʻul]] istilochilari Alamutni bosib olib, Eronda hashshoshiylar jamoasiga barham bergan. 1273-yilda [[mamluklar]] qoʻshini Suriya va Livandagi hashshoshiylarning oxirgi tashkilotlarini tugatgan.
 
{{OʻzME}}