Usmon Matkarimov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Basarman (munozara | hissa)
Sahifadagi barcha matn oʻchirib tashlandi
k Basarman tahrirlari Nataev versiyasiga qaytarildi
Qator 1:
{{Shaxsiyat
|ismi = Usmon Imonqulovich Matkarimov
|asl ismi =
|portret = Matkarimov Bust.jpg
|eni = 250px
|tavsif = [[Isfana]]dagi [[Oʻzbek gimnaziyasi]] hovlisida Usmon Matkarimov xotirasiga oʻrnatilgan byust
|tavallud sanasi = {{birth date|1922|5|5}}
|tavallud joyi = [[Isfana]]
|vafot sanasi = {{death date and age|1989|11|18|1922|5|5}}
|vafot joyi =
|turmush oʻrtogʻi =
|imzo =
}}'''Usmon Matkarimov''' (05.05.1922—18.11.1989) — [[Qirgʻiziston]]ning [[Isfana]] shahridagi [[kolxoz]]ning koʻp yillik raisi, siyosatchi, ijtimoiy faol.<ref>{{cite book|last=Aminov|first=Saitmamat|last1=Maksitov|first1=Tursunbay|title=Isʼhoq Razzoqovning Hamyurtlari|year=2005|publisher=|location=Oʻsh|pages=385-387|language=qirgʻizcha}}</ref> Matkarimov Isfanani obodonlashtirishga katta hissa qoʻshgan.<ref name="Yoqubov">{{cite book|last=Yoqubov|first=Temirboy|date=2001|editor-last=Nishonov|editor-first=Nurullo|title=[[Isfana (Aspanakent) tarixi]]|url=|location=Isfana|publisher=|page=38|isbn=}}</ref> Isfanada joylashgan [[Oʻzbek gimnaziyasi]]ga Matkarimovning nomi berilgan.
 
== Hayoti ==
Usmon Imonqulovich Matkarimov 1922-yil 5-mayda oʻsha paytda Samarqand oblastining [[Xoʻjand uyezdi]]ga qarashli [[Isfana]] qishlogʻida tugʻilgan. 1929-yildan 1935-yilgacha qishloqdagi 7 yillik maktabda (hozirgi kundagi [[Isfana oʻrta maktabi]]da) tahsil olgan.
 
1942-yil [[Ikkinchi jahon urushi]]da jang qilish uchun oʻz xohishi bilan frontga ketgan. 1945-1946-yillarda Yapon urushida ham qatnashgan. Urushlar davomida Matkarimov ikki marta yarador boʻlgan.
 
== Mehnat faoliyati ==
[[File:Bust of Usmon Matkarimov.jpg|thumb|150px|[[Isfana]]dagi [[Oʻzbek gimnaziyasi]] hovlisida Usmon Matkarimov xotirasiga oʻrnatilgan byust]]
Matkarimov 1948-yildan 1953-yilgacha [[Laylak tumani]]da oziq-ovqat sohasida ishlagan. 1951-1952-yillarda [[Moskva]]da tayyorlash koʻrsidan oʻtgan. 1962-yildan 1967-yilgacha [[Toshkent]]dagi Qishloq xoʻjaligi institutida [[agronomiya]] sohasida tahsil olgan.<ref name="Yoqubov"/>
 
1953-yil [[Is’hoq Razzoqov]]ning buyrugʻi bilan „Qizil askar“ kolxozi boshqarmasining boshchisi qilib tayinlangan. Keyin „Budenniy“ va „Isfana“ kolxozlariga yetakchilik qilgan.
 
Matkarimov kolxoz raisi oʻlaroq Isfana yaqinidagi Abduvashid kanalining qazilishiga yetakchilik qilgan. Bundan tashqari, tunnel ochib, Isfana yaqinidagi Yayloq suvini koʻpaytirish ishlarini amalga oshirgan. Natijada Isfana yaqinidagi dalalarga suv olib kelingan.<ref name="Yoqubov"/>
 
Matkarimov 10 marta Laylak tumani, 3 marta [[Oʻsh viloyati]] kengashiga deputat boʻlib saylangan. 1969-1970-yillarda [[Qirgʻiziston SSR]] Oliy kengashining navbatdagi chaqirigʻi deputati boʻlgan.<ref name="Yoqubov"/>
 
== Mukofotlari ==
Isfana qishlogʻi va [[Laylak tumani]]ning rivojlanishiga qoʻshgan hissasi uchun Usmon Matkarimov 1967-yil „[[Mehnat qizil bayroq]]“ ordeni bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, u „[[Hurmat belgisi]]“ ordenini ham olgan.<ref name="Yoqubov"/> Nihoyat, Matkarimov [[Qirgʻiziston SSR]] Oliy kengashining 8 ta faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan.<ref name="Yoqubov"/>
 
== Shuningdek qarang ==
* [[Oʻzbek gimnaziyasi]]
 
== Manbalar ==
{{Reflist}}
 
[[Turkum:Qirgʻizistonlik oʻzbeklar]]
[[Turkum:Isfanaliklar]]