Zotiljam: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura using AWB
Xatoni tuzatdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali
Qator 1:
'''Zotiljam''', '''pnevmoniya''' — oʻpka yalligʻlanishi, oʻpkaning infeksion kasalligi, mustakil kasallik yoki bosh-qa kasalliklarning asorati qisoblanadi
hisoblanadi. Z.ni turli bakteriyalar (pnevmokokk, streptokokk, stafilokokklar) va viruslar qoʻzgʻatadi. Kasallikning yuzaga kelishi va rivojlanishiga odamning qattiq sovuq qotishi, jismoniy va ruhiy oʻta toliqishi, organizmning ichki zaharlanishi — intoksikatsiya hamda organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini susaytiruvchi boshqa omillar sabab boʻladi, na-tijada yuqori nafas yoʻllariga mik-roblar oʻtkir va surunkali, joyiga qarab chegaralangan sohalardagi yoki pnevmoniya (oʻpkaning butun bir boʻla-gi zararlanadi) va oʻchokli bronxopnevmoniya farq qilinadi.
 
Krupoz pnevmoniyani pnevmo-kokklar qoʻzgʻatadi. Mikroblardan tashqari organizmni kasallikka moyil qilib qoʻyuvchi baʼzi omillar (mas, shamollash) ham taʼsir etgandagina 3. paydo boʻladi. Shuning uchun krupoz pnevmoniya qishda koʻproq uchraydi. Ichkilikka mukkasidan ketgan kishilar (alkogoliklar) Z.ga koʻproq moyil boʻladi. Krupoz pnevmoniya, odatda, toʻsatdan boshlanadi: temperatura birdan 39,5— 40° gacha koʻtariladi, bemor qattiq qal-tiraydi, tez-tez yoʻtaladi, biqini, koʻkragi ogʻriydi, nafas olganda, yoʻtalganda va aksa urganida ogʻriq (sanchiq) kuchayadi. Sababi shuki, oʻpkaning yalligʻlangan boʻlagini qoplagan plevra ham yalligʻlangan boʻlishi mumkin. Bemor tez-tez,, yuza nafas oladi (halloslaydi), lunji qizaradi. Labi, burun kataklarining atrofiga uchuq to-shadi, oʻtkir yurak-tomir yetishmovchi-ligi kuzatiladi, bemorning aqvoli ogʻirlashadi. Goʻdaklarda, ayniqsa, nim-jon, chala tugʻilgan, raxit, anemiya, gipotrofiya bilan ogʻrigan bolalarda 3. juda ogʻir kechishi, agar oʻz vaqtida tib-biy yordam koʻrsatilmasa, koʻpincha nohush holatlarga sabab boʻlishi mumkin.