Aroqiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: km2 → km{{sup|2}} using AWB
Qator 26:
1958 y. 26 iyulda qabul qilingan Konstitutsiyada barcha fuqarolar qonun oldida teng huquqlar va demokratik erkinliklar b-n taʼminlanajagi qayd etildi. Shundan soʻng kasaba uyushma tashkilotlari va siyosiy partiyalar ochiq ishlay boshladi. Hukumat siyosiy mahbuslarga afv umumiy eʼlon qildi. Ayollar erkaklar b-n teng huquqqa ega boʻldi. Chet el firmalarining I. yerlariga egaligi cheklandi.
 
Hukumatning xalqparvarlik siyosati ichki hurofiy kuchlarning qarshiligiga uchradi. A. Qosim vatanparvar tashkilotlar faoliyatini cheklashga majbur boʻldi. 1961 y. sent. da kurd xal-qiga qarshi urush boshladi. 1963 y. fevral da davlat toʻntarishi boʻlib, hokimiyat Baasning ekstremist rahbarlari kuliga oʻtdi. Ular demokratlarni jismonan yoʻqqilishga kirishdi. Minglab vatanparvarlar oʻldirildi va qamoqqa olindi. Bunday zulmkor siyosatga nisbatan xalq gʻazabi kuchayishi natijasida Baas rahbarlari ikki qaramaqarshi guruhga boʻlindi. 1963 y. noyabrda hokimiyatni A. S Orif boshliq harbiylar qoʻlga oldi. 1963—68 y. lar turli siyosiy gu-ruxlarning hokimiyat uchun kurashi b-n oʻtdi. Hukumatga qarshi namoyishlar boʻldi. 1968 y. iyuldagi davlat toʻntarishi natijasida hokimiyat general Ahmad Hasan al-Bakr boshchiligidagi Baas rahbarlari qoʻliga oʻtdi. Hukumat siyosiy mahbuslarni ozod qilib, oldingi vazifalariga qayta tayinladi. Kam haq oladigan mehnatkashlar "mudofaa soligʻi" dan ozod boʻlli. Mehnat, nafaqa, ishchilarning ijtimoiy taʼminoti, yer islohoti haqida yangi qonun qabul qilindi (1970). Inq-ilobiy qoʻmondonlik kengashi I. davlati doirasida kurdlarning milliy muxtoriyatini tan oldi. I. [[Kurdistonidagi|Kurdiston]] harbiy harakatlar toʻxtatildi. Kurd taraqqiyparvar tashkilotlariga erkinlik berildi. Kurd tili ikkinchi rasmiy til deb eʼlon qilindi. Hukumatga 5 kurd kiritildi. Kurdistonni rivojlantirish dasturi amalga oshirila boshladi. 1974 y. 11 martda I. Kurdistoni muxtoriyati eʼlon qilindi.
 
1979 y. S Husayn mamlakat prezidenti boʻlgach, 1980 y. sent. da Iroq b-n Eron oʻrtasida Shatt-ul Arab daryosi boʻylab oʻtgan chegara xususidagi janjal qurolli toʻqnashuvga aylanib ketdi. 8 y. davom etgan bu mojaro Yaqin Sharq va Fors koʻrfazi atrofidagi vaziyatni keskinlashtirib yubordi. Nihoyat, 1990 y. 15 avg . da Iroq prezidenta Saddam Husayn Eron prezidenta A. A. HoshimiyRafsanjoniyga maktub yoʻllab darhol sulh tuzishni taklif etdi. Eron bu taklifni qabul qildi. Ammo bu urush mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi.