Oʻgʻuznoma: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ 46 × [[]], - 2 × [[]], 1 × linkfix
Olaf Studt (munozara | hissa)
k 1 × linkfix
Qator 9:
[[Doston]] eski [[uygʻur]]-[[turk]] yozuvida bitilgan, asl matni [[Parij]] [[Parij milliy kutubxonasi|milliy kutubxonasida]] saqlanadi.
 
[[Doston]]ga [[urugʻchilik]] [[jamiyat]]idagi [[mif]] va [[afsona]]lar [[asos]] boʻlgan. Tuzilish jihatidan «Oʻgʻuznoma» [[Kultegin bitiktoshi|Kul tigin yodgorligi]]ga oʻxshash. Dostondagi [[mifologiya|mifologik]] qatlam, oʻgʻuzning aniq bir [[geografik muhit]]dagi [[faoliyat]]i shundan dalolat beradi. «Oʻgʻuznoma»ning boshlanmasida ham shunday [[xususiyat]] mavjud boʻlib, [[urugʻ]]larning paydo boʻlishiga oid afsonalar bilan turkiy urugʻlardan [[Ashin]] urugʻining paydo boʻlishiga oid afsona oʻrtasidagi uygʻunlik, qadimgi turk davridagi kultlar — [[daraxt]], [[boʻri (obraz)|boʻri]], [[tangrichilik|osmon kultlari]]ning qadimgi turkiy [[yodnoma]]larda va «Oʻgʻuznoma»da umumiyligi ham mazkur dostonning [[taraqqiyot]] yoʻlini belgilaydi.
 
«Oʻgʻuznoma» ikki qismdan iborat. Birinchi qism mifologik qatlam boʻlib, bunga Oʻgʻuzning [[gʻayritabiiylik|gʻayritabiiy]] tugʻilishi va gʻayritabiiy ulgʻayishi, yovuz [[shunqor]]ga qarshi kurashishi va uni oʻldirishi [[lavha]]lari kiradi. Ikkinchi qismi esa tarixiy dostonlarga xos voqealardan iborat. Bu qismga Oʻgʻuzning uylanishi, [[farzand]]larining tugʻulishi, [[jang]] lavhalari va turli [[mamlakat]]larni bosib olishi, oʻgʻillariga oʻz qoʻl ostidagi [[yurt]]larni boʻlib berishi lavhalari kiradi.