Husayn Boyqaro: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 4 y. → 4 yil (5), -a. → -asr using AWB
Qator 4:
taniqli shoir va davlat arbobi. [[Hirot]] yaqinida tugʻilgan. [[1469|1469-yildan]] umrining oxirigacha [[Xuroson]] podshohi. Uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. [[Navoiy]]ning maktabdosh doʻsti va homiysi.
 
'''Husayn Boyqaro''', Husayniy (toʻliq nomi Husayn ibn Mirzo Mansur binni Mirzo Boyqaro) (1438— Hirot — 1506) — Xuroson hukmdori (1469—1506), shoir. 15-asr oʻzbek mumtoz adabiyotining namoyandalaridan. Temuriylardan Umarshayx mirzoning evarasi. Onasi Feruzabegim temuriylardan Mironshohning nabirasi. H.B.Husayn Boyqaro, Bobur taʼriflaganidek, ikki tomonlama ulugʻ ("karim ut-tarafayn") boʻlgan.
 
14 yoshda Abulqosim Bobur saroyiga xizmatga kirgan. 1454 yil Abulqosim Boburning Samarqandga — Abu Said Mirzoga qarshi yurishida qatnashgan. Abulqosim Bobur yengilgach, sulh tuzib, Hirotga qaytgan. H.B.Husayn Boyqaro esa onasining tavsiyasi bilan Abu Said Mirzo saroyida qolgan. Koʻp oʻtmay, qamoqqa olingan. Feruzabegim uni qutqarib, Hirotga olib kelgan. Shoh vafot etgach, H.B.Husayn Boyqaro Marv hukmdori Sulton San-jar xizmatiga kirgan va uning qiziBeka Sultonbegimga uylangan. Sulton Sanjar H.B.niHusayn Boyqaroni oʻz oʻrniga qoʻyib, Mashhadga yurish qilgan. Bu orada Marvda H.B.ga qarshi fitna uyushtirilib, u ovga chiqqanda, shahar darvozalari ber-kitib olingan. H.B.Husayn Boyqaro 1457 yil qishni Marv bilan Xiva oraligʻidagi biyobonda oʻtkazgan. 1458 yilda 300 kishilik qoʻshin bilan Sulton Sanjarning yaqinlaridan Bobo Hasan qoʻshinini yengib, Niso viloyati, soʻng Astrobodni egal-lagan. 1459 yilda H.B.Husayn Boyqaro huzuriga Abdu-razzoq Samarqandiy elchi boʻlib kelgan. 1460 yilda vaziyat taqozosi bilan H.B. Astrobodni tashlab chiqishga majbur boʻlgan. Ammo 1461 yil shaharni qayta-rib olgan. Shu yil yoz oxirlarida Hirotga yurish qilgan. Biroq Abu Said Mirzoga bas kelolmay, orqaga chekingan, buning ustiga, Astroboddan ham mahrum boʻlgan. Amudaryo orqali Xorazmga oʻtib, Vazir shahriga — Mus-tafoxon huzuriga elchi yuborib, Abu Saidga qarshi birgalikda kurashishga daʼvat etgan. Lekin elchi kelguncha, uning ogʻasi Pir Budogʻ bilan kelishib, Mustafoxonga qarshi yurish qilishgan, lekin Vazir shahrini ololmay, bitim tuzganlar. H.B. Adoqqa borib, 1461 yil oxirlarigacha oʻsha yerda qolgan. Adoqda turib, Astrobod, Gurgon va Eronning boshqa tumanlariga hujumlar uyushtirgan, magʻlubiyatga uchraganida, shu yerdan panoh topgan. Mustafo zul-miga qarshi koʻtarilgan isyondan foydalanib, avval Vazirni, 1462 yilda Urganch va Xivani qoʻlga kiritgan. Oradan 1 yil oʻtmay, Abu Said uni xorazmdan surib chiqargan. 1463—64 yillarda Urganch, Xiva, Hazorasp, Tir-sakni qoʻlga kiritgan. Shu yerda kuch toʻplab, yana Xurosonga hujum qilgan. Ammo Abu Said qoʻshinlari Xivani egallaydi. H.B. uni qaytarib oladi. 1467 yilda yana Urganchni egallaydi. Shu yili u oʻzbeklar xoni Abulxayrxondan yordam soʻrab, Dashti Qipchoqqa boradi. Xon yordam vaʼda qiladi, lekin betob boʻlib qolganligi tufay-li, bu vaʼda amalga oshmaydi. 1469 yil martigacha Xorazm va Buxoro oʻrtasida sarson-sargardon yurgan H.B.Husayn Boyqaro, Abu Said vafot etgach, Hirotni egallab, Samarqanddan doʻsti Alisher Navoiynn maxsus yorliq bilan chaqirib oladi va muhrdorlik vazifasiga tay-inlaydi. Navoiy doʻstini taxtga chiqishi bilan qutlab, unga "Hiloliya" qasidasini taqdim etgan.
 
1469—70 yillar Shohrux mirzoning avlodlaridan Yodgor Muhammad Mirzo va Abu Said Mirzoning oʻgʻli Sulton Mahmud Mirzo taxt daʼvogarlari sifatida maydonga chiqadilar. Yodgor Mirzoning tarafdorlari, xususan, onasi Poyanda Sultonbegim Hirot ichkarisida zimdan ish olib borgan. 1470 yilning iyulida H.B.Husayn Boyqaro qoʻshin bilan dushmanga qarshi jangga ketganda, poytaxtda sotqin bek va amaldorlar Yodgor Mirzo nomiga xutba oʻqitganlar. H.B.Husayn Boyqaro 1 oydan soʻng Navoiyning tad-birkorligi bilan Yodgor Mirzoni qoʻlga olib, taxtni qayta egallagan va um-rining oxirigacha hukmdorlik qilgan. Saltanatiga Xorazm, Seyiston, Qan-dahor, Balx, Gʻaznadan Domgʻongacha boʻlgan yerlar kirgan. Yurak xastaligidan vafot etgan H.B.Husayn Boyqaro oʻzi qurdirgan madrasa ichidagi maqbaraga dafn etilgan. Hozir maqbara vayron boʻlgan, qabr va uning ustiga oʻrna-tilgan "Sangi haft qalam" saqlanib qolgan.
 
H.B.Husayn Boyqaro temuriylar orasida ancha shijoatli va maʼrifatli, shariatga qatʼiy amal qilgan hukmdor boʻlgan. H.B.Husayn Boyqaro Xurosonda hokimiyatni egallagach, asosiy eʼtiborni mamlakatda tinchlik, osoyishtalikni qaror top-tirish, ichki hududiy nizolar, zid-diyatlarni bartaraf etish va markaziy hokimiyatni mustahkamlashga qaratgan. U oʻlkada madaniy-maʼrifiy va obodonchilik ishlarini rivojlantirishga alohida ragʻbat koʻrsatgan: iqtisodiy hayot yuksalib, savdo-sotiq rivojlangan, yuzlab karvonsa-roylar, rabot, koʻprik, maktab, mad-rasa, masjid, xonaqoh, hammom, tabobatxona, yetimxona, suv havzalari qurilgan, kanallar qazilgan, bogʻlar barpo etilgan.
 
H.B.Husayn Boyqaro davrida Hirot Sharqning fan, madaniyat, hunarmandchilik rivojlangan yirik markaziga aylangan: turli mamlakatlardan isteʼdod sohiblari Hirotga panoh axtarib kelganlar. Til, adabiyot, tarix, tasviriy sanʼat, xattotlik, kitobat sanʼ-ati, tabobat, handasa, musiqa, qogʻoz tayyorlash, tomosha sanʼati va boshqa sohalar rivojlangan. Hirot, Mashhad, Marv, Nishopur singari shaharlarda koʻplab noyob obidalar barpo etilgan. Mahalliy hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlar Xurosondan tashqarida ham mashhur boʻlgan. H.B., Navoiy va Jomiy koʻplab isteʼdodlarni moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlaganlar; oʻz davrining zabardast shoir, olim, muarrix, musiqachi, xattot, naqqoshlari xuddi shu zamonda yetishib chiqqanlar va faol ijod qilganlar.
 
H.B.Husayn Boyqaro turkiy tilda yozishni ragʻbatlantirgan va shunga daʼvat qilgan. Oʻzi ham badiiy ijod bilan shugʻullanib, "Husayniy" taxallusi bilan sheʼrlar yozgan, sheʼriyat majlislari tashkil etib, shoirlarga rahnamolik qilgan. Undan bizgacha sheʼrlar devoni va navoiyga bagʻishlangan "Risola" asari yetib kelgan. "Risola" asari 1945 yilda turk olimi Ismoil Hikmat tomonidan topilib, ilmiy muomalaga kiri-tilgan. Shoh shoirning hozirgacha 202 gʻazal, Navoiy gazaliga bogʻlangan 3 muxammas, 6 ruboiy, shuningdek, fors-tojikcha 2 gʻazal. 1 ruboiy va bir necha baytlari maʼlum. Gʻazallarining barchasi ramal bahrida. Lekin ular H.B.ningHusayn Boyqaroning tabʼi baland, didi nozik shoir boʻlganligini koʻrsatadi. Navoiy "Majolis un-nafois" tazkirasining 8-majlisini toʻliq H.B. ijo-dida bagʻishlab, uning devonidagi 164 gʻazalning matlaʼini keltiradi va u qoʻllagan badiiy timsollar, sheʼriy sanʼatlar, nozik maʼno va ohorli tashbehlar xususida fikr yuritadi. H.B. gʻazallari tilining musiqiyligi va jarangdorligi bilan ajralib turadi.
 
H.B.danHusayn Boyqarodan 14 oʻgʻil, 11 qiz qolgan. badiuzzamon Mirzo, Shohgʻarib Mirzo, Muhammad Husayn, Ibrohim Husayn kabi oʻgʻillari badiiy ijod bilan ham shugʻullanishgan. Keyinchalik oʻzaroichki urushlar, H.B.Husayn Boyqaro va saroy amaldorlarining maishatga berilib ketishi oqibatida Xuroson davlati zaiflashgan. Uning vafotidan soʻng Hirot shayboniylar tomonidan zabt etilgan (1507).
 
Badiiy ijod bilan shugʻullanib, gʻazalnavis shoir sifatida adabiyot tarixida iz qoldirgan. [[Bobur]]ning xabariga koʻra, devonidagi gʻazallari aksariyat bir vaznda (ramali musammani maqsur) yozilgan. Gʻazallarida dunyoviy muhabbatni kuylagan, betakror satrlar yaratgan.