Mahmud Nomozov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
„{{Infobox musiqachi | Ismi = Mahmud Nomozov | Asl ismi = | Foto = | Eni =...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
 
Tahrir izohi yoʻq
Qator 17:
| Sayt =
}}
 
'''Mahmud Namozov Almatovich''' ([[8-may]] [[1960]]) — Taniqli [[oʻzbek]] va [[Sovet Ittifoqi|sovet]] estrada qoʻshiqchisi, bastakor va aktyor. Mahmud Nomozov Oʻzbekiston Halq artisti.
 
Mahmud Nomozov [[1960-yil]]ning [[8-may]]ida [[Surxondaryo]] viloyati [[Uzun]] tumanida dunyoga kelgan<ref name=autogenerated2>[http://leonidzl.com/forum/viewtopic.php?f=8&t=3292 Muzikalnoe obozrenie]</ref>. Mahmud Nomozov 1960 yil 8 May kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida tug'ilgan.Shu tumandagi 58-sonli o'rta maktabda o'qidi. Ilk musiqiy savodni maktabdagi musiqa to'garagida oldi. O'quvchilik paytlaridan jamoa xo'jaligi qoshida ochilgan “Rayhon” ashula va raqs ansamblida yakkaxon xonanda bo'lib ishladi.Musiqaga bo'lgan qiziqishi tufayli 1977 yili maktabni bitirgach, Toshkentdagi Nizomiy nomidagi pedagogika institutining musiqa fakultetiga o'qishga kirdi. Bu dargohni a'lo baholarga bitirib, o'zi ta'lim olgan maktabga musiqa o'qituvchisi bo'lib ishga keldi. Ushbu maktabdagi o'n ikki yillik pedagogik faoliyati davomida yuzlab shogirdlariga musiqaga muhabbat tuyg'usini singdirdi. Maktabing musiqa to'garagi a'zolari tuman, viloyat va respublika miqyoslaridagi ko'rik-tanlovlarda doimo faxrli o'rinlarni egallab kelishgan.Mahmud Nomozov o'zining ilk ijodiy faoliyatini maktab sahnasida qo'shiqchi sifatida boshlagan bo'lsa-da, keyingi faoliyati davomida, xususan, maktabdagi o'qituvchilik yillari Surxondaryo viloyatining musiqiy fol klorini o'rganishga katta e'tibor qaratdi. Ta'kidlash lozimki, o'zida dostonchilik va terma janrining ming yillik an'analarini mujassam qilgan bu musiqiy merosni o'rganish ishlari o'tgan asrning yetmishinchi-saksoninchi yillarida o'zbek milliy musiqasi taraqqiyotidan chyetda qolib kelayotgan edi. Uning bu bo'shliqni to'ldirish, janubiy viloyatlarning baxshichilik an'analarini musiqiy madaniyat doirasiga qayta olib kirish borasidagi sa'y-harakatlari natijasi o'laroq, 1991 yili uning “Baxshiyona” qo'shig'i dunyo yuzini ko'rdi.Baxshichilik an'analari yo'lida yaratilgan bu qo'shiq betakror taronasi, zamonaviy musiqa yo'nalishlariga hamohangligi bilan tezda musiqa ixlosmandlari va mutaxassislar nazariga tushdi. Zamonaviy o'zbek estrada qo'shiqchiligining xalq ohanglariga oshno bo'lish jarayoni ayni shu qo'shiqdan boshlandi, e'tirof etish mumkin.Ijodiy jarayonga faol aralashish istagi 1994 yili Mahmud Nomozovni poytaxt Toshkentga yetaklab keldi. O'zbekiston radiosining “Yoshlar” kanalida musiqa muharriri bo'lib ishlay boshladi.Bu orada Mahmud Nomozovning qizg'in ijodiy faoliyati boshlandi. Birin-ketin “Guldona”, “Ohu-vo”, “Oybuloq”, “Gulpari”, “Jo'rajon”, “Oypari”, “Surxon uforisi”, “Og'amjon” kabi qator xalqona qo'shiqlar dunyo yuzini ko'rdi. Deyarli har yili “Turkiston”, “Istiqlol” saroylarida yangi koncert dasturlarini muxlislari e'tiboriga havola qilib kelmoqda. Uning “Ona yurt ohanglari”, “Nigoh”, “Sog'inch”, “Dil fasli”, “Kuz sonatasi”, “Oypari”, “Yurtim shamoli”, “Gulnorjon”, “Charxpalak”, “Ko'za afsonasi”, “Baxshiyona” kabi o'nlab musiqiy al bomlari audio va video shaklida o'n minglab nusxada muxlislar qo'liga yetib bordi. Hindiston, Janubiy Koreya, Germaniya, Shveycariya, Rossiya, Turkiya mamlakatlarida gastrol safarlarida bo'lib, ijodiy uchrashuvlar o'tkazdi.Mahmud Nomozovning ijodiy va mehnat faoliyati xalqimiz va hukumatimiz tomonidan munosib baholandi. U 2000 yili O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, 2009 yili O'zbekiston xalq artisti, 2010 yili Qoraqalpog'iston xalq artisti unvonlariga sazovor bo'ldi. Ijodiy faoliyati davomida o'nlab shogirdlar yetishtirdi.Ayni kunlarda Mahmud Nomozov ijodiy faoliyat bilan birga keng jamaochilik ishlarida ham faol ishtirok etmoqda. “O'zbeknavo” estrada birlashmasi qoshidagi Badiiiy kengashi hamda “Nihol” davlat mukofoti hay'at a'zosi sifatida o'zbek musiqasining taraqqiyotiga baholi qudrat hissa qo'shib kelmoqda.
 
== Musiqiy albomlari==
“Guldona”
“Ohu-vo”
“Oybuloq”
“Gulpari”
“Jo'rajon”
“Oypari”
“Surxon uforisi”
“Og'amjon”
 
== Manbalar ==