Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Daminjon (munozara | hissa)
Xatoni to‘g’irladim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
→‎Noʻxatli palov: Xatoni to'g'irladim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 163:
=== Noʻxatli palov ===
Palov tayyorlashdan bir kun avval noʻxat yuvilib, sovuq suvga ivitib qoʻyiladi va salqinroq joyda saqlanadi. Ushbu palov uchun goʻsht 10-15 grammli, piyoz halqa-halqa qilib, sabzi esa «noʻxatcha» usulida toʻgʻraladi. Guruch yuvilib, iliq suvga 2—3 soat ivitib qoʻyiladi.
Qozonda yogʻ dogʻlanib, goʻsht solinadi, sirti qizargach, piyoz tashlanadi va har ikkalasi qizarguncha qovuriladi. Soʻngra sabzi solinib, darhol suv quyiladi va ivigan noʻxat qoʻshib 1 soat davomida mildiratib qaynatiladi. Noʻxat yumshagach zirvakka tuz va ziravorlar solinadi. Tayyor boʻlgan zirvakka ivitilgan guruch solinib, suv quyiladi. Suvi tortilgach, 2520 daqiqa dam beriladi.
Soʻng yaxshilab aralashtirilib, laganga suziladi va salat bilan birga dasturxonga tortiladi<ref name="ReferenceA"/>.