Bugʻdoydoshlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Mahufi (munozara | hissa)
++
Qator 1:
{{Taxobox
| color = lightgreen
| name = Bugʻdoydoshlar
| image =
| image_width = 240px
| image_caption =
| regnum = [[Oʻsimlik]]
| divisio =
| classis =
| ordo =
| familia =
| subfamilia =
| genus =
| species =
| binomial =
| binomial_authority =
}}
[[Fayl:Grass in spring nature grass.jpg|thumb]]
'''Bugʻdoydoshlar''' (gʻalladoshlar) ({{lang|la|Poaceae}} yoki {{lang|la|Gramineae}}) — [[bir pallali oʻsimliklar|bir urugʻ pallali oʻsimliklar]] [[oila (biologiya)|oila]]si. [[Bir yillik oʻsimliklar|Bir yillik]], ikki yillik yoki [[koʻp yillik oʻtlar|koʻp yillik oʻt]], baʼzan buta yoki [[daraxt]]lardan tashkil topgan. [[Poya]]si silindrsimon tik yoki yonboshlab koʻtarilib oʻsadi, boʻgʻimlarga boʻlingan, ichi gʻovak, shuning uchun u poxol yoki somon deb ham ataladi. Boʻyi 1 sm dan bir nechta oʻn m gacha; baʼzilarining poyasi yogʻochlanib baland boʻlib oʻsadi (mas, [[bambuk]]ning boʻyi 40 m, diametri 30 sm gacha). [[Barg]]lari oddiy, ipsimon, qalami, bandsiz, navbatlashib joylashgan, qinli. Poyaning bir qismi shu barg qini ichida joylashadi. [[Gul]]lari ikki jinsli, baʼzan bir jinsli, mayda, koʻrimsiz, oddiy [[toʻpgul]]larga (boshoqchalarga) yigʻilgan; bular esa murakkab toʻpgullar, shingil, roʻvak va boshqa hosil qiladi. Boshoqchalari bitta yoki bir nechta, baʼzan koʻp gulli. Mevasi [[don (urugʻ)|don]], baʼzan danaksimon, yongʻoqsimon yoki rezavor. [[Urugʻ (oʻsimliklar)|Urugʻ]]ining koʻp qismi [[kraxmal]]li [[endosperm]]dan iborat. B.ning koʻpchiligi uzun [[ildizpoya|ildiz poya]]li va popuk ildizli. B.ning 600 [[turkum]]i, 10000 [[tur (biologiya)|tur]]i maʼlum. Oʻzbekistonda 91 turkumi (270 turi) usadi. Kupincha B. uchta kenja oilachaga bulinadi. B. yer sharining hamma qismida keng tarqalgan, koʻpchilik turlari tropik mamlakatlarda uchraydi. B. qalin [[oʻtzor]]lar, pichanzorlar, [[oʻtloq]]lar, [[savanna]], [[preriyalar|preriy]] va boshqa hosil qiladi. B.ga muhim madaniy don oʻsimliklaridan — [[bugʻdoy]], [[sholi]], makka, [[suli]], [[arpa]], [[javdar]], [[tariq]], [[oq joʻxori]] va boshqa (q. [[Donli ekinlar]]) hamda shakarqamish kiradi, shuning uchun ham kishilar hayotida ularning ahamiyati katta. Yovvoyi holda oʻsuvchi — [[oqsoʻxta]], [[raygras]], [[bugʻdoyiq]] va boshqa koʻpchilik turlari qishloq xoʻjaligi hayvonlari uchun yemxashak (q. [[Yem-xashak ekinlari]]) hisoblanadi.