Mahmud III: Versiyalar orasidagi farq

Usmonli imperiyasining o'n uchinchi sultoni (1595-1603)
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Manba Shodmon Vohidov va Alisher Qodirovning "Sharqning mashhur sulolari" kitobidan olindi. Kirituvchi Muhammad Rahimbek.
(Farq yoʻq)

26-Mart 2017, 08:09 dagi koʻrinishi

Muhammad III (1568-1603) Usmoniylar sultoni. 1595-1603-yillarda hukmronlik qilgan. Murod III ning katta o'g'li. Taxtga chiqishi bilan 19 nafar aka-ukalarini qatl ettirgan. Bu qo'rqoq sulton sulolasining boshqa vakillarini boshqaruvdan chetlatib, ularni maxsus "Qafas" nomli joyda tutqunlikda saqlagan. U otasining siyosatini davom ettirib, Avstriya bilan kurash olib bordi. Avstriyaliklarning Dunaydagi g'alabasi yanicharlarning g'alayoniga sabab bo'ldi. 1596-yilda sulton Krestesha jangida avstro-venger qo'shinini tor-mor keltirdi. Sulton g'alabadan foydalanmay Istanbulga qaytdi. Urush Usmoniylarni ham Avstriyani ham holdan toydirdi. Mehmed (Muhammad) III Istanbulga qaytgach, ko'p o'tmay vafot etdi. Taxtga uning o'g'li Ahmad I chiqdi.