Maxdumi Aʼzam: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Шухрат Саъдиев tahrirlari Ximik1991Bot versiyasiga qaytarildi
k Nataev (mun.) tomonidan qilingan 1949569-sonli tahrir qaytarildi
Qator 1:
[[File:Makhdumi Azam Mausoleum 02.jpg|thumb|250px|Maxdumi aʼzam Dahbedi ziyoratgihi/ Samarqand viloyati]]
'''Maxdumi aʼzam''' (asl ismi Sayyid Ahmad Xojagi ibn Sayyid Jaloliddin Kosoniy Dahbediy; 1463/64, Koson shahri — 1542) — movarounnahrlik alloma, yirik diniy arbob, na-qshbandiylik rahnamosi. Ilk taʼlimni Koson shahrida olgan. Madrasani bitirgach, Shayx Mir Sayyid Aliga shogird tushadi, soʻng Toshkentga kelib, Xoja Axrorning shogirdi Muhammad Qozi (1516 yilv.e.)ga xalifa boʻladi. Ustozi bilan Hirotga safar qiladi, Ab-durahmon Jomiy bilan uchrashadi. 1503 yil Buxoroga koʻchib keladi. Bir oz vaqt oʻtgach, Axsikatga borib naqshbandiylik tariqatini targʻib eta boshlaydi. Muhammad Qozi vafotidan soʻng tariqat shayxlari M. A.ni oʻz peshvolari sifatida eʼtirof etishdi va uning shuhrati Movarounnahr hamda uning atrofidagi mamlakatlarga yoyildi. Bo-bur M.A.ga bagʻishlab ruboiylar yezdi. M.A. ham shoir haqidagi "Boburiya" risolasini yozib, Hindistonga joʻnatgan. Shayboniy sultonlari va hokimlari M. A. ni oʻzlarining piri deb bilganlar.
 
M. A. tasavvuf nazariyasi va amaliyoti, xususan, naqshbandiylik taʼlimotini rivojlantirdi. Uning "Asror unnikoh" ("Nikoh sirlari"), "Ganjnoma" ("Boylik haqida risola"), "Risolat unsamʼiyyatun" ("Samoʼ risolasi"), "Bayoni zikr" ("Zikr bayoni"), "Risola-i silsila-i Xoʻjagon" ("Xoʻjagon silsilasiga oid risola"), "Meʼroj-uloshiqiyn" ("Oshiqlar meʼroji"), "Murshidu-ssolikiyn" ("Soliklar murshidi"), "Risola-i Naqshbandiyya", "Risolat un-vujudiyyatun" ("Vujudlar haqida risola") kabi 30 dan ortiq risolasi bor. Bu asarlarida ulamolar, sufiy shayxlar va davlat arboblari orasidagi munosabatlarga toʻxtalgan. Tariqat odobu qoidalarida murid va shayx munosabatlari oʻzaro hurmat-izzat asosida qurilmogʻi lozimligini uqtirgan. M. A. fikricha, tariqat aʼzolari xalqqa yaqin boʻlib, uning dardlari va ehtiyojlariga qaygʻudosh boʻlsa, bu ham tariqatga, ham xalqqa foydalidir. M. A. asarlari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}