Hoji Garay: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Hoji Garay I''' ({{lang-crh|I Hacı Geray, I Хаджы Герай}}, ? — 1466, [[Boqchasaroy]]) — [[Qrim xonligi]] va [[Garaylar]] sulolasi asoschisi. Dastlab [[Oltin Oʻrda]]ga tobe boʻlgan Qrim xonligini boshqargan (1428 yildan). Oʻzaro urushlar natijasida taxtdan ayrilgan. Soʻngra Qrimga qaytib (1432), [[genuya]]liklarning qoʻshinini tor-mor qilgan va taxtni qayta egallagan (1434). Biroq [[Qozon xonligi]] asoschisi [[Ulugʻ Muhammad]] qoʻshini tomonidan magʻlubiyatga uchrab, [[Litva]]ga qochgan va knyaz [[Sigizmund Keystutovich]]dan [[Lida]] shahrini mulk sifatida olgan (1435). Keyinchalik Hoji Garay Buyuk Litva knyazi [[Kazimir IV]] yordamida Qrim xoni deb eʼlon qilingan (1443). U [[Usmonli imperiyasi|Usmonli turk]] sultonlari bilan harbiy ittifoq tuzib (1454), genuyaliklarga qarshi muvaffaqiyatli urush harakatlarini olib borgan. 1461 yilda Ahmad bilan birgalikda Said Ahmadga qarshi kurashgan. 1465 yilda Oltin Oʻrda qoʻshiniga hujum qilib, ularning Moskvaga qilmoqchi boʻlgan harbiy yurishiga xalaqit bergan.
 
U xonlik poytaxtini Solxat (hozirgi [[Eski Qrim]]) shahridan Qirq Yerga (hozir [[Boqchasaroy]] shahri tarkibida) koʻchirgan.
 
Hoji Garay vafotidan soʻng uning toʻngʻich farzandlari Nur Davlat va Haydar bilan kichik oʻgʻli [[Mengli Garay]] oʻrtasida hokimiyat uchun kurash boshlangan va bu kurashda Mengli Garay gʻolib chiqqan.