Abdulla Qodiriy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[File:Stamps of Uzbekistan, 2004-07.jpg|thumb|Abdulla Qodiriy]]
{{Mustaqillik Ordeniordeni}}
'''Abdulla Qodiriy''' (asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy) (1894.4.10-Toshkent-1938.10.4) - <nowiki>XX</nowiki> a. yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, [[oʻzbek romanchiligi]]ning asoschisi; 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Bogʻbon oilasida tugʻilgan. Otasi Qodirbobo (1820—1924) xon, beklar qoʻlida [[sarboz]]lik qilgan, rus bosqini paytida (1865) [[Toshkent mudofaasi]]da qatnashgan. Otasi boshidan oʻtgan sarguzashtlar Abdulla Qodiriyning qator asarlari, xususan tarixiy romanlarining yuzaga kelishida muhim rol oʻynagan. Abdulla Qodiriy musulmon maktabida (1904—06), rus-tuzem maktabida (1908—12), [[Abulqosim shayx madrasasi]]da (1916—17) taʼlim oldi; [[Moskva]]dagi adabiyot kursida (1925—26) oʻqidi. Yoshligidanoq qadimgi Sharq madaniyati va adabiyoti ruhida tarbiya topgan; arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. Jahon adabiyotini ixlos bilan mutolaa qilgan. Oilasi kambagʻallashganligi sababli bolalikdan mustaqil mehnat qila boshladi, turli kasblarni egalladi, mahalliy savdogarlarga kotiblik va gumashtalik qildi (1907—15). 1917 y. Oktyabr davlat toʻntarishidan soʻng Eski shahar ozuqa qoʻmitasining sarkotibi (1918), "[[Oziq ishlari]]" gazetasining muharriri (1919), Kasabalar shoʻrosining sarkotibi (1920), "[[Mushtum]]" jurnalining tashkilotchilaridan va tahrir hayʼati aʼzosi (1923—26). Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining boshlanishi 1910y.larning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. "[[Sadoi Turkiston]]" gazetasining 1914 y. 1 aprel sonida Abdulla Qodiriy imzosi bilan "Yangi masjid va maktab" sarlavhali xabar bosiladi. Bu boʻlajak adibning matbuotdagi dastlabki chiqishi edi. Oradan koʻp oʻtmay, uning "Toʻy", "Ahvolimiz", "Millatimga", "Fikr aylagil" kabi sheʼrlari, "[[Baxtsiz kuyov]]" dramasi, "[[Juvonboz]]" hikoyasi chop etiladi (1914—15). Abdulla Qodiriy ijodining dastlabki namunalari boʻlgan bu asarlar millatparvarlik, maʼrifatparvarlik ruhida yozilgan boʻlib, jadidchilik gʻoyalari bilan sugʻorilgandir. Muallif unda xalqning zabun holatidan kuyib soʻzlaydi, millatni uygʻonishga daʼvat etadi, fikrlashga chorlaydi. Abdulla Qodiriyning "[[Uloqda]]" hikoyasi (1916) avvalgi asarlari bilan tenglashtirib boʻlmaydigan darajada yuqori boʻlib, <nowiki>XX</nowiki> a. tongidagi oʻzbek realistik adabiyotining choʻqqisi, realistik hikoyaning eng yaxshi namunasi hisoblanadi.