Hindiston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
A.Savin (munozara | hissa)
Qator 59:
 
== Tabiati ==
H. qirgʻoqlari kam parchalangan, kjlkjlkj past, qumli. Asosan, Hindiston ya.o. va Hindgangtekisligida joylashgan; Himolay va Qoraqurum togʻlarining bir qismini oʻz ichiga olali. H. hududining 3/4 qismi tekislik va yassitogʻlik. Hindiston ya.o.ning deyarli hammasini Dekan yassitogʻligi egallagan (sharqqa tomom 900 m dan 300 m gacha pasayib boradi). Hindis-tom ya.o. shimolida allyuvial Hindgang tekisligi joylashgan. Yer sharidagi eng baland togʻ tizmasi — Himolay (H.da balandligi 8126 m, Nangaparbat togʻi) va Qoraqurum togʻlari H.ni shim.dan toʻsib turadi. H.da foydali qazilmalardap toshkoʻmir, temir rudasi, titam, oltin, tabiiy gaz, marganets, xromit, boksit, olmos, qimmatbaho toshlar, mis, meft, slyuda, qoʻrgʻo-shin konlari bor. Iqlimi, asosan, tropik iqlim, shim.da tropik mus-sonli iqlim. Iyun — okt.da issiq va nam, noyabr— fevralda quruq, salqin, mart — mayda juda issiq va quruq iqlim. Nam mavsumda yillik yogʻinning 70—90% yogʻadi. Yillik yogʻin Gʻarbiy Gat va Himolay togʻlarining shamolga roʻpara yom bagʻirlarida 5000– 6000 mm, Shillong platosida 12000 mm (Yer yuzidagi eng seryogʻin joy), Hindgang tekisligida 100 mm, Hindiston ya.o.ning markaziy qismida 300–500 mm. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 15° (shim.da), 27° (jan. da), may oyiniki hamma joyda 28— 35°, ayrim vaqtlarda 48°. Togʻlarda oʻrtacha temperatura yanvarda — G, —8°, iyulda 18—23°. Asosiy daryolari: Gang, irmogʻi Jamna, Hind (gʻoqori oqimi), Braxma-putra (quyi oqimi), Narmada, Goda-vari, Krishna. Daryolari yozda sersuv (musson yomgʻirlari davrida toshadi), sugʻorishda keng foydalaniladi, ayrimlarida kema qatnaydi. Tuproqlari H. hududining aksari qismida qizil, Dekan yassitogʻligida qora, Hindgang tekisligi va dengiz boʻyi pasttekisliklarida jigarrang tuproq. Himolay togʻlari yom bagʻrida togʻ-jigar rang , sariq, togʻ qoʻngʻir-oʻrmon. podzol, togʻ-oʻtloqi tuproqlar pastdan yuqoriga almashinib boradi. Oʻsimliklardan akatsiya, bambuk, kokos va xurmo palmasi keng tarqalgan. Mamlakatning 25% oʻrmon. Himolay togʻlarinish quyi yon bagʻirlarida terak, yuqorida tik, sandal, himolay kedri, qoraqaragay, oqqaragʻay oʻsadi. Gʻarbiy Gat togʻlari yon bagʻri, Gang va Braxmaputra del-talari, Sharqiy Himolay togʻ oldi doim yashil oʻrmonlardan iborat. H.da oʻsimliklarming 21 ming turi tarqalgan. Unda Yer yuzida mavjud boʻlgan barcha oʻsimlikning yarmidan koʻpini uchratish mumkin.
 
Hayionot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchi hayvonlarning 350 turi, qushlarning 1600 dan ziyod turi bor. H. hududida fil, maymun, karkidon, sher, qoplon, yoʻlbars, mangusg va boshqa hayvonlar yashaydi, ilomning deyarli barchaturi mavjud. Mamlakatda 75 milliy bogʻ va 420 dam ortiq qoʻriqxona mavjud. Iirik milliy bogʻlari: kaziranga, Manas, Dachigan, Dadva, "Gullar vodiysi" (UttarPradesh), Sariska va boshqa