Ivan Ayvazovskiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: b-n → bilan (2) using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[File:Aivazovsky - Self-portrait 1874.jpg|thumb|Hovhannes Aivazovski - Հովհաննես Այվազովսկի]]
'''Ayvazovskiy (Gayvazovskiy) Ivan Konstantinovich''' (1817.17.7, [[Feodosiya]] — 1900.19.4) — rus rassomi. [[Armani]] oilasida tug‘ilgan. 1845 y.dan akademik, 1847 y.dan prof., 1887 y.dan Peterburg BAning faxriy a’zosi. Shuningdek, bir qator Yevropa Balarining a’zosi bo‘lgan. 1845 y.dan Feodosiyada yashagan. A. merosi 6 mingga yaqin rassomlik asar-larini tashkil etadi. A. asarlari aso-san dengiz manzaralariga bag‘ishlangan, bepoyon okean va dengizlarning qudratli to‘lqin va to‘fonlari, ularning sokin-ligi, botayotgan quyosh nurida suvning jilvalanishi, oydin tun manzaralari tiniq va yorqin bo‘yoqlar bilan nafis ifoda-lanadi. A.ning "To‘qqizinchi val" (1850) asarining mazmuni dramatik bo‘lishiga qaramay, kishida g‘ussa tug‘dirmaydi; "Tungi bo‘ron" (1864), "Shimoliy den-gizdagi bo‘ron" (1865), "Bo‘ron" (1872), "Dengizda oydin tun" (1878), "Qora den-giz" (1881), "Feodosiyada oy chiqishi" (1892) kabi manzaralari tundagi tabi-atning rangtasvirdagi lirik ifodasi-dir. "Venesiya" (1849), "Malaga" (1854), "Rodos oroli" (1861), "Krit orolida" (1867) kabi asarlari rassomning chet elga sayohatlari natijasidir. 1880 y.da Feodosiyada badiiy ustaxona va rasmlar galereyasini tashkil etdi, keyinchalik bular A. nomi bilan atala boshlandi.