Atmosfera bosimi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa using AWB
Xatoni tuzatdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali
Qator 1:
'''Atmosfera bosimi''' - atmosferaning yer sirtidagi barcha narsalarga va yer sirtiga koʻrsatadigan gidrostatik bosimi; atmosfera holatini bildiruvchi asosiy belgi. [[Simob]]li [[barometr]] bilan oʻlchanadi. Atmosfera bosimi Dina/sm2, mb yoki mm sim. ust., gPa bilan ifodalanadi. Dengiz sathidagi o‘rtacha atmosfera bosimi yoki normal bosim Ro q 760 mm sim. ustuniga yoki 1013,25 gPa ga teng. Balandlikka ko‘tarilgan sari atmosfera bosimi kamayadi. Pastki qatlamlarda tezroq, yuqori qatlamlarda esa sekinroq kamayadi, dengiz sathidan 6 km balandlikda atmosfera bosimi yer yuzidagi bosimning yarmini tashkil qiladi. Atmosfera bosimi balandlik bilangina emas, balki yer yuzining bir nuqtasidan ikkinchi bir nuqtasiga oʻtganda, shuningdek vaqnvaqt oʻtishi bilan ham oʻzgaradi. Natijada yer yuzida bosimi pastlashgan [[siklon]]lar, bosimi yuqorilashgan antitsiklonlar va to‘lqinli bosim sohalarini kuzatamiz. Bu sohada havo [[temperatura]]si, [[Zichlik|zichligi]] va oqimi o‘zgaradi, shuningdek atmosfera girdoblari hosil boʻladi va boshqa Butun yer sharida 5 km balandlikdan boshlab [[ekvator]]dan qutb hududlari tomon atmosfera bosimi kamayib boradi.
 
== Adabiyotlar ==