Termiz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 61:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Termiz''' — [[Surxondaryo viloyati]]dagi [[shahar]]. Viloyat markazi. [[Amudaryo]]ning oʻng [[sohil]]ida, Oʻzbekistonning [[janub|jan.]] qismida, [[Afgʻoniston]] [[chegara]]siga yaqin, oʻrtacha 310 m [[mutlaq balandlik|balandlik]]da joylashgan. Xalqaro daryo [[port]]i. [[Temir yoʻl stansiyasi]]. [[Toshkent]]dan 708&nbsp;km. [[Maydon]]i 27,8&nbsp;km². [[Aholi]]si 119,6 ming kishi (2004). [[Iqlim|IklimIqlim]]i [[kontinental iqlim|kontinental]], issiq va quruq, [[yoz]]i jazirama issiq (Oʻzbekistondagi eng issiq shahar — eng yuqori temperatura 49,5°, 1914 y. 21 iyunda qayd etilgan), qishi iliq va qisqa. Yillik oʻrtacha temperatura 16—18°. [[Yanvar|Yanv.]]ning oʻrtacha [[temperatura|tra]]si 2,8—3,6, [[iyul]]niki 28—32°. Baʼzida, [[qish]]da sovuq — 20° va undan ham past boʻladi. Yillik [[yogʻinlar|yogʻin]] 133&nbsp;mm.
 
Arxeologik topilmalar, [[arab tili|arab]] va [[yunon tili|yunon]] [[manbalar]]ida keltirilgan maʼlumotlar T.ningTermizning Sharqdagi qad. shaharlardan biri ekanligidan dalolat beradi. Shaharning qulay geografik oʻrni, strategik ahamiyatga molik joyda boʻlganligi, [[sharq]]ni [[gʻarb]], jan.ni [[shimol]] bilan bogʻlovchi [[savdo]] chorrahasida barpo etilishi, uning tez surʼatlar bilan [[rivojlanish]]iga zamin yaratgan. [[Buyuk ipak yoʻli]]nint muhim bir tarmogʻi ham T. orqali oʻtgan.
 
Qad. Sharq [[sivilizatsiya]]sining shakllanishida T.ningTermizning oʻziga xos oʻrni bor. Koʻxna T.ningTermizning [[qalʼa]] qismida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalari va yozma manbalarning tahliliga koʻra shaharga [[milod|mil.]] av. 1ming yillikning oʻrtalarida asos solingan. T. [[Sugʻd]]iyona, [[Xorazm]], [[Margʻiyona]] va [[Parfiya]] [[davlat]]lari bilan [[madaniyat|madaniy]] va [[savdo]] [[aloqa]]larini oʻrnatgan. Topilmalarga qaraganda shaharning Hindiston bilan madaniy va savdo aloqalari ham juda faol va uzviy boʻlgan.
 
[[Mil. av. IV asr|Mil. av. 4]]—[[Mil. av. III asr|3-a.]]larda 10 ga maydonni egallagan T.ningTermizning qad. qalʼasi oʻrnida aholi manzili boʻlgan. [[Hofizi Abru]]yning yozishicha, shahar [[nom]]i "Taramastxa" (baqtriycha "narigi sohildagi manzil") soʻzidan olingan boʻlib, asrlar davomida turlicha atalib kelgan (mas., Antioxiya, Demetrias, Tarmid, Tarmiz, Tami, Tamo), [[X asr|10-a.]]dan T. deb atala boshlagan.
 
T. mil. av. 3—[[mil. av. II asr|2-a.]]larga kelib [[Baqtriya]]ning eng rivojlangan, [[siyosat|siyosiy]], [[iqtisodiyot|iqtisodiy]] va madaniy markazlaridan biriga aylandi. [[Ashyoviy dalil]]larga koʻra bu davrlarda shaharda [[meʼmorlik]] va [[hunarmandchilik]]ning bir qancha sohalari ([[kulolchilik]], [[degrezlik]] va metallsozlik, [[shisha]]<nowiki />sozlik), [[Salavkiylar]], [[Yunon-Baqtriya podsholigi|YunonBaqtriya]] [[shoh]]lari [[tovar]][[pul]] [[muomala]]si [[Movarounnahr]]ning boshqa shaharlariga qaraganda ancha oldin rivojlanganligidan dalolat beradi.
 
T.Termiz shahrining gullab yashnagan davri [[Kushonlar davlati|Kushonlar]] hukmronligi davriga toʻgʻri keladi. Bu davrda T. hududiy jihatdan kengayib, Shim. Baqtriyaning yirik shahriga aylangan. Shaharda shu davrga oid meʼmorlik va hunarmandchilik [[bino]]lari va namunalari, turli nafis [[sopol]] va shisha idishlar, fil suyagi, qimmatbaho metall va [[qimmatbaho toshlar|toshlar]]dan tayyorlangan [[zargarlik]] buyumlari kabi topilmalarning koʻplab qayd qilinishi buning dalilidir. Mas., [[Dalvarzintepa]]dan topilgan va fil suyaklaridan yasalgan [[shaxmat]] donalari ([[fillar|fil]] va [[hoʻkiz]]<nowiki />zebu shaklida) xrz. kunda yer yuzida aniqlangan eng qad. shaxmat donalari ([[milod|mil.]] [[II asr|2-a.]]) xisoblanadi. Oʻsha davrda T. Kushonlar davlatining muhim shahri va [[buddizm]]nint markazlaridan biri boʻlgan.
 
Shaharni Termizshoxlar [[idora]] qilgan. Oʻsha davrda T. [[Termizshohlar|Termizshoxlar]] hokimligining [[poytaxt]]i boʻlib turgan. [[Oʻrta Osiyo (arab istilosi)|Arablar bosib olgan davr]]da ([[686]]—[[704]]) T. 70 gektarga yaqin maydonni egallagan, [[toʻrtburchak]] shaklidagi qalʼadan iborat boʻlgan. [[X asr|10-a.]]da yozilgan "[[Hudud ul-Olam|Hudud ulOlam]]" [[asar]]ida T. "Jayxun boʻyidagi kurkam va obod shahar. Qalʼasi daryo boʻyida, ulkan [[bozor]]i mashhur, Xuttalon va [[Chagʻoniyon]] ahli shu yerda savdo qiladi", deb taʼriflangan.