Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Lavozim
| post = Oʻzbekiston Prezidenti
| body =
| flag = Flag of Uzbekistan.svg
| flagsize = 100px
| flagcaption = [[Oʻzbekiston bayrogʻi]]
| image = Shavkat Mirziyoyev.jpg
| incumbent = [[Shavkat Mirziyoyev]]
| incumbentsince = [[2016-yil]] [[14-dekabr]]dan
| member_of = [[MDH]] davlat rahbarlari kengashi<br/>YeIH davlat rahbarlari kengashi
| seat = Oqsaroy qarorgohi, [[Toshkent]]
| nominator = Prezidentlik saylovlarida
| appointer = Oʻzbekiston xalqi
| termlength = 5 yil
| constituting_instrument = [[Oʻzbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi]], 93-modda
| formation = 1991-yil 30-avgust
| inaugural = [[Islom Karimov]]
| deputy =
| salary =
| website = {{URL|president.uz}}
}}
'''Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti''' — [[Oʻzbekiston Respublikasi]]da [[davlat]] va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi. Oʻzbekistonda [[prezident]]lik lavozim sifatida [[1990-yil]] [[24-mart]]da taʼsis etilgan. [[Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi]]ning 90-moddasiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita [[saylov]]gacha kamida 10 yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatning 18 yoshga toʻlgan fuqarolari umumiy, teng va toʻgʻridantoʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berishi yoʻli bilan oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 7 yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida“gi qonun (1991 yil 18 noyabr) va uning yangi tahririda (2004 yil 3 dek.) qabul qilingan tegishli moddalarida belgilangan.
 
Qator 43 ⟶ 22:
 
7) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega;
(93-moddaning birinchi qismi 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi OʻRQ-366-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014 y., 16-son, 176-modda)
 
8) respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini taʼminlaydi; vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdigʻiga kiritadi;
(93-moddaning birinchi qismi 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi OʻRQ-366-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014 y., 16-son, 176-modda)
 
9) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
 
10) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari koʻrib chiqishi va tasdiqlashi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi hamda uni isteʼfoga chiqqanda, Bosh vazirga nisbatan bildirilgan ishonchsizlik votumi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan qabul qilinganda yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda lavozimidan ozod qiladi;
(93-moddaning birinchi qismi 10-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi OʻRQ-366-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014 y., 16-son, 176-modda)
 
11) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi;
 
12) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdigʻiga kiritadi;
(93-modda birinchi qismining 12-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2011 yil 18 apreldagi OʻRQ-284-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011 y., 16-son, 159-modda)
 
13) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Konstitutsiyaviy sud raisi va sudyalari, Oliy sud raisi va sudyalari, Oliy xoʻjalik sudi raisi va sudyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
Qator 64 ⟶ 39:
 
15) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki oʻz shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident oʻz qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli;
(93-modda birinchi qismining 15-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2011 yil 18 apreldagi OʻRQ-284-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011 y., 16-son, 159-modda)
 
16) respublika davlat boshqaruvi organlarining va hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini ular qonun hujjatlari normalariga nomuvofiq boʻlgan hollarda toʻxtatadi, bekor qiladi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli;
(93-moddaning birinchi qismi 16-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi OʻRQ-366-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014 y., 16-son, 176-modda)
 
17) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va eʼlon qiladi; qonunga oʻz eʼtirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qoʻyish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;
Qator 85 ⟶ 58:
 
24) Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalalarga doir farmonlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdigʻiga kiritadi;
(93-moddaning birinchi qismi 24-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi OʻRQ-366-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014 y., 16-son, 176-modda)
 
25) ushbu Konstitutsiya va Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.