Vengriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 57:
 
== Teatri ==
Teatr kurtaklari 9-a.dagi koʻchmanchi mojarlarning uyinlari va marosimlariga borib taqaladi. Qiziqchimasharabozlar va baxshilar oʻziga xos xalq madaniyatining namoyandalari edi. 17-a. oxiri — 18-a. boshlarida maktab teatrlari rayem boʻldi. 18-a. boshida saroy teatr truppalari yuzaga keldi. 1790 y.da birinchi professional teatr tashkil qilindi. 1837 y.da Peshtda "Peshti madyar sinxaz" (Pesti Magyar Színház) nomli doimiy teatr (1840 y. dan Mojar milliy teatri) ochildi. V. teatrining shakllanishida aktyorlardan M.’Lendvai, G. Egreshshi, R. Laborfalvi, M. Yasai, rej. E. Paulai katta rol oʻynadilar. 19-a. oxirida yana bir qator viloyatlarda teatrlar tashkil etildi. 1-va 2- jahon urushi orasida V. teatri chuqur tushkunlikka uchradi. Urushdan keyin yangi teatrlar ishga tushirildi: Budapeshtda Sh. Petyofi nomidagi teatr, M. Yokai nomidagi teatr, Seged, Pech va b. shaharlardagi teatrlar. Rej. lardan T. Mayor, E. Gellert, K. Kazimir, L. Vamosh, aktorlardan G. Bayor, K. Tolnai, A. Shomlai, M. Gabor, £É. Rutkai, L. Bashti mashhur.
 
1925 y.da Budapeshtda turgʻun operetta teatri (1949 y. dan Milliy teatr) tashkil qilindi. Balet sanʼati 19-a. oxirida paydo boʻlib, 20-a. boshida rivojlandi. Budapeshtdagi Milliy teatr qoshida balet maktabi bor. V. da estrada, qoʻgʻirchoq teatri, sirk va sirk maktabi ham mavjud.