Shang Yang: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xirat (munozara | hissa)
„Xitoy faylasufi Shan Yan(miloddan avvalgi 390-338) kambaxallashgan aslzoda oiladan bo'lib, xaqiqiy ismi Gunsun Yan edi. SHan Yan Vey saltanati hukmdori...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
(Farq yoʻq)

18-Iyun 2017, 12:30 dagi koʻrinishi

Xitoy faylasufi Shan Yan(miloddan avvalgi 390-338) kambaxallashgan aslzoda oiladan bo'lib, xaqiqiy ismi Gunsun Yan edi. SHan Yan Vey saltanati hukmdori Ven-xo uning birinichi vaziri faylasuf Li Kuy(miloddan avvalgi 424-386) ning qo'lida taxsil olgan. Keyinchalik u saroyda maslaxatchi va isloxotchi vazifalarida xizmat qilgan. Shan Yan legistlar maktabining vakillaridan edi. Uning "Shan viloyati hukmdorining kitobi" nomli asari bizgacha ma'lum. Sin hukmdori Syao Gun(miloddan avvalgi 361-388) Shan Yan ta'limoti bilan qiziqib, unga davlat isloxotlarini o'tkazishni ishonib topshiradi. Bu voqea qadimiy Xitoyda yangi falsafiy ta'limotning ilk bor xayotga tatbiq etilishi sifatida tarix sahifalariga bitildi va bu ish katta muvaffaqiyatlar bilan amalga oshirildi. Shan Yan o'ta yuksak farosat soxibi edi. U o'z isloxotlari ba'zi guruhlar tomonidan qarshilikka uchrashini avvaldan ko'ra bildi. Shu bois barcha shubxa va gumonlarning oldini olish, jamoatchilikka davlat qonunlarining kuchigat ishonch tuyg'ularini uyg'otish uchun avvaldan maxsus farmon chiqardi. Bu g'aroyib farmonda kimda-kim katta g'o'lani yelkasiga ortib, mamlakat poytaxtining shimoliy darvozasidan janubiy darvozasiga qadar olib borsa, o'sha odamni 10 tilla tanga bilan mukofotlash va'da qilingandi. O'sha vaqtlarda 10 tilla tanga juda katta boylik sanalardi. Shu tufayli farmonni eshitgan fuqorolar ishonishni ham, ishonmasliklarini ham bilmay qoldilar. Xech kim bu ishni bajarishga jur'at etmadi. Shunda poytaxtning markaziy maydonida mukofot 50 tilla tanga qilib belgilangani haqida farmoyish o'qib eshittirildi. Bir fuqaro bu ishni amalga oshirishga rozilik bildirib, g'o'lani xammaning ko'z o'ngida yelkasiga orti-da, shaxarning bir burjida ikkinchi burjiga olib bordi. Xukumat vakillari xaloyiq guvoxligida 50 tilla tangani sanab, egasiga topshirdi. Bu tadbir odamlarni davlat qonunlariga ishontirish maqsadida atayin o'ylab topilgandi. Buyuk xitoy faylasufi Shan Yan miloddan avvalgi 338-yilda vafot etgan