Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi''' - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining [[1991]]-yil 31-avgustdagi „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida“gi Bayonotida „Davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqi va erkinligini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida Mudofaa ishlari vazirligi va Milliy gvardiya tuzildi<ref>[https://my.gov.uz/ru/authority/142 Министерство обороны Республики Узбекистан на едином портале интерактивных государственных услуг]</ref>.
 
Respublika hududida joylashgan sobiq SSSR Ichki ishlar vazirligi, SSSR Davlat xavfsizlik komiteti hamda Ichki qoʻshinlari Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga olinadi“, deb koʻrsatilgan edi. Bu 1991-yil 31 avgustda qabul qilingan „Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida“gi qonunda „Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, Milliy gvardiya va muqobil xizmatni tashkil etish huquqiga ega“ deb huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Bu amalda yosh respublikaga harbiy siyosatni amalga oshirish huquqini berdi.
 
[[Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti]]ning 1991-yil 6-sentyabrdagi farmoniga asosan, Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi, uning shtat tizimi va vakolatlari belgilandi. 1991-yil 10 sentyabrdagi farmonga binoan, Mudofaa Vaziri ayni vaqtda Milliy gvardiya qoʻmondoni etib tayinlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktyabrdagi qaroriga binoan, Mudofaa ishlari vazirligining huquqiy maqomi, tuzilishi va nizomlari tasdiqlandi. Turkiston harbiy okrugi boshqaruv organlari negizida Mudofaa ishlari vazirligi Bosh shtabi va boshqarmalari tuzildi.
 
==Shuningdek qarang==
* [[Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari]]
* [[Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati]]
==Manbalar==
* [[Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi]]
<references/>
* [[Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi]]
* [[Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi]]
* [[Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi]]
* [[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi]]
* [[Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi]]
* [[Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi]]
* [[Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi]]
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{uzbekistan-stub}}
 
[[Turkum:O‘zbekiston Vazirliklarivazirliklari]]
{{stub}}
[[Turkum:O‘zbekiston Vazirliklari]]