Internet: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ximik1991 (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
Replaced content with "ггггггг"
Teg: Boʻsh
Qator 1:
ггггггг
'''Internet''' standart [[internet protokoli]] (IP) orqali maʼlumot almashuvchi [[kompyuter tarmogʻi|kompyuter tarmoqlarining]] butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli [[TCP/IP]] dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi<!--tavtologiya?-->. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet [[elektron pochta]], [[chat]] hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa [[Butunjahon oʻrgimchak toʻri]] servislaridan tashkil topadi.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Internet''' [lot. inter — aro va net (work) — tarmoq] — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoklarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼi nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoklar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya in-fratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi b-n boshqariladigan barcha hosila tarmoqdar hamkorlikda isteʼmolchilarga informatsiyani saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da informatsiya almashinishga imkon yaratadi.
 
I. tizimi 20-a. 60-y.larida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi b-n kompyuterlar telefon tarmoklariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash b-n faol shugʻullandi. 60-y.lar oxiri va 70-y.larda I. tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari fa-oliyati doirasi b-n cheklandi. I.ning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzil-malarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi.
 
20-a. 70-y.larida turli tarqoq kompyuterlar tarmoklari orasida informatsiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular oʻzaro hamkorlikka doir kaydnomalar — Internetworking protocols (IP) boʻlib, global tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. IP oʻrnatgan tartibga koʻra, har qanday alohida tarmoq informatsiyani koʻp tarmoqlar op-kali "birinchi punktdan to oxirgi punktgacha" yetib borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun I. negi-zini tashkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol (TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan biri hisoblanadi.
 
I. rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa departamenti mablagʻ b-n taʼminlagan. 70-y.lar oxiriga kelib esa, asosan, uch taʼminlash manbai ajralib turdi: xukumat, un-tlar va tadqiqot lab.lari (shu jumladan mustaqillari ham).
 
80-y.larda I. oʻziga xos tarzda universal koʻlamlargacha rivojlana boshladi. Oʻsha davrda I. vositasida uzatiladigan informatsiyaning oʻsishi "oy-iga 20 foizdan koʻpaytirib borish" shiori ostida bordi. Mac, AQSH ning asosiy tarmogʻi bir sekundda 165 mln. bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir sekundda "Brittanika" ensiklopediyasi"ni uzatish uchun yetarli. 80-y.lar oʻrtalarida I.ni jamoat va tijorat tarmoklariga ulash natijasida I. tizimi ham koʻlam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-y.larda I. tizimini boshqarish borasida tub oʻzgarishlar yuz berdi.
 
I. standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish, oʻzini oʻzi boshqarish falsafa-siga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa "Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar "Internet Architecture Board" (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. 20-a.ning oxirgi oʻn yilligida I. tizimi beqiyos darajada oʻsdi. Agar 80-y, lar oxirida I. tizimiga taalluqli 28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 90-y.lar oxiriga kelib ularning soni oʻnlarcha mln.gayetdi. I. xizmatidan foydalanuvchilar soni butun yer yuzi boʻyicha 160 mln. kishini tashkil qildi (1999).
 
Shveysariyadagi yadro tadqiqotlari markazlaridan biri multi-media tizimining tarqoq kompyuterlarini yagona tarmoqqa "bogʻlash"ning ancha takomillashgan usulini ishlab chikdi. U "World Wide Web" ("Jahon oʻrgimchak uyasi") tizimida oʻz aksini topdi. Bu tizim I.ni oʻziga xos ommaviy axborot vositasiga aylantirdi hamda u informatsiya texnologiyalari, radio-eshittirish va telekommunikatsiya imkoniyatlariga ega boʻldi. Endi I. faqat matnni emas, balki tasvirni, suratlarni, rasmlarni, tovush va videotasvirlarni ham uzatishga, voqea yuz berayotgan joydan toʻgʻridantoʻgʻri olib berishga ham qodir.
 
I. barcha anʼanaviy informatsiya tizimlari — telekommunikatsiya, teleradioeshittirish, informatsiyalarni xalqaro miqyosda faol almashtirish va h. k.ning texnologik imkoniyatlarni uygʻunlashtirib qoʻllanganligi uchun u bir necha vazifani — informatsiya va bilimlar manbai; ommaviy axborot vositasi, insoniyat faoliyatining barcha sohalari (shu jumladan, taʼlim-tar-biya, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, sayyohlik va h. k.) ga taal-luqli informatsiya xizmatlari tizimi; istiqbolli bozor va milliy kom-paniyalarning xalqaro informatsiya maydoni va jahon bozoriga eng tejamli va tezkor usulda qoʻshilish imko-nini beradigan vosita vazifasini oʻtaydi.
 
Jamoat va tijorat tuzilmalari uchun I.dan foydalanish imkoniyati oshgan sari provayderlar (I. b-n aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar), I. informatsiyasi isteʼmolchilari soni ham koʻpaymoqda, informatsiya manbai va ommaviy axborot vositasi sifatida I. ommalashmoqda. Bularning barchasi noshirlar, jurnalistlar, informatsiya agentliklari, i. ch. xdmda savdo kompaniyalari va firmalari muhitida raqobatning shakllanishiga ijobiy taʼsir qiladi. Telefon simlaridan tashqari, optik tolali kabellar, radio tarmogʻi yoki sunʼiy yoʻldosh orqali I.ga chiqish mumkin boʻldi. Buning uchun I. b-n aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar — provayderlar boʻlishi lozim. Oʻzbekistonda I.ga ulashga doir informatsiya xizmatlari 1997 y.dan koʻrsatila boshladi. Dastlab Naytov (http://www.naytov.com), Uznet (http://www.uznet.net) yoki Istlink (http://www.eastlink.uz) kabi provaydkompaniyalar faoliyat boshladi (1999). Oʻzbekistonda jadal rivojlanayotgan kompyuterlashtirish va av-tomatlashtirish sohalari I. tarmogʻining aloqa funksiyasidan keng foydalanishga imkon beradi. I.ga ulangan abonent uydagi yoki ishxonadagi kompyuter orqali, aytaylik, AQSH, Avstraliya yoki Afrikadagi kompyuterlarga kiritilgan xilma-xil mavzudagi maʼlumotlarni matn, surat yoki videotasvir koʻrinishida olishi mumkin. Bu maʼlumotlar I. tizimiga oldindan kiritiladi. Dunyoning turli chekkalarida joylashgan maxsus ixtisoslashgan kompaniyalar qidiruvni tezlashtirishga yordam beradi. Ular "qidiruv dvigateli" deb ataladi, maʼlumotlarning mundarijasini maʼlumotnoma (spravochnik) kabi saqlaydi va oʻsha maʼlumotlar joylashgan "Internet adresi"ni abonentga beradi. Mazkur adres boʻyicha maʼlumotlar "Internet varaqchalari" da saqlanadi. Abonent biror maʼlumotni, mas, "paxta" soʻzini qidiruv dvigateli orqali qidir-sa, shu soʻzga tegishli maʼlumotlarni, paxta b-n ish olib boradigan kompa-niyalar roʻyxatini yoki jahon birjasida paxtaning narxini abonent kompyuterida chiqarib beradi. I. varakchalari shaxsiy va rasmiy boʻlishi mumkin. Shaxsiy varaqchalar alohida shaxslar tomonidan tuziladi va shu shaxslar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Rasmiy varaqchalar idoralar, tashkilotlar, kompaniyalarga tegishli boʻladi, ularda hukumat idoralariga doir maʼlumotlar saqlanadi. I. orqali savdo-sotiq ishlari, kom-paniyalar xizmatlarini yoki mahsulotlarni reklama qilishni keng yoʻlga qoʻyish, I. varaqchalarida suratlar b-n berilgan mahsulotlarni harid qilish mumkin.
 
Xalqaro I. tizimida Oʻzbekiston haqida ham maʼlumotlar bor. Rasmiy varaqchalardan Oʻzbekiston hukumati varaqchalari, Oʻzbekistonning AQSH dagi elchixonasi varaqchalari va b. koʻplab rasmiy varaqchalar mavjud. Ularda Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli deyarli barcha maʼlumotlar bor. Bulardan tashqari, Oʻzbekistonga taal-luqli shaxsiy varaqchalar ham mavjud: "Umid" varaqchasi, oʻzbek estradasi haqidagi varaqcha va b. 2000 y. fevral oyidan boshlab I. efiriga Oʻzbekiston televideniyesi (Oʻz TV) ning "Axborot" dasturi chiqa boshladi, Oʻz TV sayti tuzilgan va takomillashtirilmoqda. Informatsiya resurelariga oid koʻp masalalarni respublikadagi yirik kutubxonalar shu sohadagi I. tarmogʻi koʻlamiga suyangan holda hal qiladi. Mas, Tibbiyot kutubxonasi, Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi, Oʻzbekiston FA nin g Asosiy kutubxonasi va b.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Internet"ning xalqaro axborot tizimlariga kirib borishni taʼminlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori (2001) Oʻzbekistonning bu borada xalqaro miqyosda oʻz mavqeiga ega boʻlishiga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻi OʻzPAK Davlat kompaniyasi va OʻzNET tarmogʻidan iborat.
 
I.dan foydalanuvchilar soni, mas, AQSH da 55 mln., Xitoyda 55 mln., Yaponiyada 8 mln.dan oshib ketdi. Key-ingi oʻrinlarni Angliya, Kanada, Germaniya davlatlari egallagan, RF millionli chegarani egallamoqda. Oʻzbekistonning deyarli barcha hududlarida xa-lqaro I. tarmogʻiga ulanish Oʻz PAK Davlat kompaniyasining xalqaro kanallari orqali taʼminlanadi. Respublikada 50 ga yaqin I.-provayder roʻy-xatga olingan. Oʻzbekistonda I.dan foydalanuvchilar soni 300000 dan ortiq. I. tizimida Oʻzbekistonning 300 dan ortiq sayti faoliyat koʻrsatmoqda (2002).
 
Dildora Rashidova.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
== Internet yaratilish tarixi ==
[[1950]]-chi yillar davomida barcha kompyuterlarni yagona kommunikatsion tarmoqqa ulash ehtiyoji tugʻildi. Bu ehtiyoj [[markazlashmagan toʻr]], [[navbat nazariyasi]] va [[paket kommutatsiyasi|paketlar kommutatsiyasi]] kabi sohalarda tadqiqotlarni olib borishga olib keldi. Bu voqealarning natijasida [[AQSh]]da [[ARPANET]]ning paydo boʻlishi voqealarning keyingi rivojlanishiga turtki boʻldi.
 
Dastlabki [[TCP-IP|TCP/IP]] protokoliga asoslangan tarmoq tizimi [[1984]]-yil AQSh [[Milliy Fanlar Akademiyasi]]da yaratilib, keyinchalik u [[NSFNet]] loyihasiga aylandi. [[1995]]-yil internetning tijorat versiyalari paydo boʻla boshladi.
 
[[1991]]-yil [[CERN]] [[Butunjahon oʻrgimchak toʻri]] loyihasini eʼlon qildi. Bu voqea [[Tim Berners-Lee]] tomonidan [[HTML]], [[HTTP]]larning yaratilishi va [[CERN]]da dastlabki veb-sahifalarni paydo boʻlishidan 2 yil keyin sodir boʻldi. [[1993]]-yil birinchi internet [[brauzer]] [[Mosaic]]ning 1.0 versiyasi paydo boʻldi va [[1994]]-yilda internetga ommaviy qiziqish tugʻila boshladi. [[1996]] yildan internet soʻzidan keng foydalana boshlandi, biroq u asosan, [[Butunjahon oʻrgimchak toʻri]]ni anglatadi.
 
Shu bilan birga internet 10 yil ichida juda tez tarqalib ketdi, uning [[ochiq arxitektura]]ga asoslanganligi, birovning mulki emasligi, markaziy boshqaruvning yoʻqligi uni organik rivojlanishiga sabab boʻldi. hozirda internet insoniyatning eng katta texnologik yutuqlaridan biri sifatida tan olindi.
 
[[Turkum:Internet]]
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}