Sano: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura, y.lar → yillar (5), va b. → va boshqa using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Maʼnolari|Sano (maʼnolari)}}
'''Sano''' — [[Yaman]] davlati poytaxti. Mamlakatning gʻarbiy qismida, 2400 m balandlikdagi vodiyda joylashgan. Aholisi 450 ming kishi (1998). Iqlimi tropik iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 13,7°, iyulniki 21°. Yillik yogʻin 600&nbsp;mm gacha. S. — mamlakatning savdotransport va sanoat markazi. Avtomobil yoʻli orqali Hoʻdayda porti (Qizil dengiz), Adan va Makka sh.lari bilan bogʻlangan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Toʻqimachilik, qurolaslaha, mebel, tamaki, oziq-ovqat, sement, poyabzal korxonalari bor. S. — hunarmandchilikning yirik markazi: zargarlik va uyroʻzgʻor buyumlari, gazlama va boshqa ishlab chiqariladi. Shahar 1-a.dan maʼlum. 5—6 a.lardan Yamanning siyosiy markazi. Oʻrta asrlarda S. Orqali muhim savdo yoʻllari oʻtgan. 7-a. oʻrtalaridan 9-a. oʻrtalarigacha arab xalifaligi noiblarining qarorgohi, 9-a. oʻrtalaridan 11-a.gacha mustaqil davlat poytaxti. 1546— 1628 va 1871—1911 yillarda Turkiya qoʻl ostida boʻlgan. 1918—62 yillarda Yaman kirolligi, 1962—90 yillarda Yaman Arab Respublikasi, 1990 yildan boshlab Yaman Respublikasi poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan shahar koʻrgʻoni, Jome alKabir masjidi, karvonsaroylar saqlangan. 1982 yildagi zilzilada shahar kuchli zarar koʻrgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==