Gaiti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
merged from Gaiti (davlat)
Qator 1:
{{Maʼnolari|Gaiti (maʼnolari)}}
{{Gaiti_info}}
'''Gaiti''' (Haiti), Gaiti Respublikasi (Republigued’Haiti) — Vest-Indiyadagi davlat. Katta Antil o.lari guruhidagi Gaiti o.ning garbiy qismini va bir qancha mayda orollar, jumladan Gonav va Tortyu o.larini oʻz ichiga oladi. Mayd. 27,8 ming km{{sup|2}}. Aholisi 7,3 mln. kishi (2000). Poytaxti — Port-o-Prens sh. Maʼmuriy jihatdan 9 depar-tamentga, departamentlar okruglarga, okruglar esa jamoa (kommuna)larga boʻlinadi.
'''Gaiti''' (Gaiti Respublikasi) poytaxti — [[Port-u-Prins]] shahri. [[BMT]] aʼzosi. Gaiti hukumatiga ko'ra 2010 yilda zilzila natijasida 316,000 kishi vafot etgan, 1,000,000 uysiz qolgan.
 
{{stub}}
Davlat tuzumya. G.— respublika. 1987 y. 29 martdagi referendumda maʼqullangan konstitutsiya amal kiladi. Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi. Yangi muddatga takror saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Milliy assambleya (ikki palatali parlament). Ijroiya hokimiyat prezidentga va bosh vazir boshchiligidagi hukumatga tegishlidir.
 
Tabiatn. Relyefi togʻli, hududi asosan boʻr davri va paleogen-neogen jinslardan tarkib topgan. Bu jinslar orasida yirik alyuminiy rudasi konlari bor. Iqlimi — tropik passat iqlim. Urtacha oylik t-ra 22—28°, yogʻin shamolga roʻpara yon bagʻirlarda yiliga 2000 mm dan koʻproq, shamolga teskari yon bagʻirlarda va botiklarda 500–800 mm. Kema qatnaydigan yirik daryosi — Artibonit. G. jan.da qimmatbaho daraxtli oʻrmonlar koʻp. Artibonit daryosi vodiysida sertikan butazor va kaktuszorlar bor. Milliy bogʻi — La-Sigadel.
 
Aholisnning 99% dan koʻprogʻi — gaitilar. 16—18-a.larda Afrikadan keltirilgan qullarning avlodlaridir (90% negrlar, qolganlari mulatlar). Aholining 30,3% shaharlarda yashaydi. Davlat tili — fransuz tili, lekin aholining deyarli hammasi gaiti kreol tilida gaplashadi. Rasmiy din — katolik dini. Yirik shaharlari — Port-oPrens, Kap-Aityen, Gonaiv, Leke.
 
Tarixi. 15-a. oxirigacha bu orolda indeys qabilalari yashagan. 1492 y. X. Kolumb ekspeditsiyasi orolni kashf etib, uni Espanola deb atagan. 17-a.da SanKristobal o.ga (Gaiti o. yaqinida) joylashib olgan fransuz qaroqchi avantyuristlari sekin-asta Espanolaning gʻarbiy kismini egallagan. 17-a. oxiridan G. Fransiyaga qaram hududga aylanib, San-Domingo deb atalgan. Mahalliy xalq oq tanlilar bilan teng huquqqa ega boʻlish maqsadida 1791 y. qoʻzgʻolon koʻtardi. Fransiya mustamlakachilariga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon rahbari F. D. Tussen-L uvertyur uzoq muddatli janglardan soʻng oroldan fransuz, shuningdek ingliz va ispan mustamlakachilarini ham quvib chiqardi.
 
1801 y. San-Domingoda quldorlik bekor qilindi, shu yili assambleya chaqirildi, konstitutsiya qabul qilinib, F. D. Tussen- L uvertyur San-Domingoning umrbod hokimi kilib saylandi. 1802 y. Fransiya orolni oʻziga qaratishga harakat qilib koʻrdi. Ammo 1803 y. Vertye yaqinidagi jangda magʻlubiyatga uchradi. 1804 y. 1 yanvarda Mustaqillik deklaratsiyasi eʼlon qilindi. Lotin Amerikasida birinchi boʻlib mustaqillikka erishgan bu davlat yana oʻz nomi bilan Gaiti deb ataddi. 1806 y.gi konstitutsiyaga binoan, G. respublika deb eʼlon qilindi. 1822 y. orolning sharqiy (ispan) qismi G.ga qoʻshib olindi. G.ning sharqiy (sobiq ispan) qismi 1844 y. ajrab chiqib, mustaqil davlat — Dominikana Respublikasi tuzildi. 19-a. oxiridan G.ga AQSH kapitali kirib kela boshladi. 1915 y. sent. da imzolangan bitimga muvofiq AQSH G. moliyasini oʻz nazoratiga olib, mamlakatni AQSH protektoratiga aylantirdi. Mamlakatda avj olgan milliy ozodlik harakati oqibatida AQSH 1934 y.da G.dan oʻz askarlarini olib chiqdi. 2-jahon urushi davrida G. AQSH ning harbiy va xom ashyo taʼminoti bazasiga aylandi. 1957 y. okt. saylovi natijasida hokimiyat tepasiga diktator F. Dyuvalye keldi. U barcha ilgʻor tashkilotlarni taqiqladi. 1964 y. Dyuvalye oʻzini "umrbod prezident" va "Gaiti millatining otasi" deb eʼlon qiddi. U va uning sulolasi 1986 y. boshlarigacha mamlakatni boshqardi. Diktatura agʻdarilgach, mamlakatdagi siyosiy holat beqaror boʻlib turdi. 1990 y.da saylangan prezident J. B. Aristid 1991 y. sent. harbiy toʻntarish natijasida lavozimidan chetlatilib, mamlakatdan haydab yuborildi; 1994 y.da u yana lavozimiga tiklandi. 1995— 2000 y.larda mamlakat prezidenti Rene Preval, 2000 y.dan yana J.B. Aristid. G.— 1945 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1 yanvar — Mustaqillik kuni (1804).
 
Snyosiy partiyalarn va kasaba uyushmalarn. G.da demokratiyani tiklash harakati, 1986 y.da tuzilgan partiya; Demokratiya va oʻzgarishlar milliy fronti, 1990 y. tuzilgan; G. kommunistlari birlashgan partiyasi, 1968 y. tashkil etilgan; "Lavalyas famiy" partiyasi, 1996 y. tuzilgan; Inqilobiy ilgʻor milliy partiya, 1986 y. tashkil etilgan; G. xristiandemokratik partiyasi, 1978 y. tuzilgan; G. mehnatkashlari muxtor kasaba markazi, 1980 y. tuzilgan; G. ishchilari milliy ittifoqi, 1951 y. tashkil etilgan.
 
Xujaligi. G.— Lotin Amerikasida iqtisodiy jihatdan eng qoloq mamlakatlardan biri. Yalpi ichki mahsulotda q.x.ning ulushi 34%, sanoatning ulushi 13,2% ni tashkil etadi.
 
Q. x.da asosiy ekin — kofe; agava, shakarqamish, paxta, sitrus ekinlar, banan, makkajoʻxori, sholi, tamaki ham ekiladi. Togʻlarida yaylov chorvachiligi rivojlangan; qoramol, echki, qoʻy boqiladi. Dengiz jonivorlari ovlanadi. Togʻlarda qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi.
 
Energetika chetdan keltiriladigan neft asosida ishlaydi. Bir yilda ishlab chiqariladigan elektr energiya 359 mln. kVt-soat. Yer osti boyliklaridan boksit, mis qazib chiqariladi. Oziqovqat va yengil sanoat korxonalari, qandshakar zavodlari, sizal (agava yaprogʻidan olinadigan lub tola)ni dastlabki ishlash f-kalari, sovungarlik, sholi oqlash va b. korxonalar bor. Poytaxt yaqinida dori-darmon ishlab chiqaruvchi farmatsevtika zavodi, sement korxonalari joylashgan. Miragon yaqinida glinozyom, alyuminiy oksidi zavodi bor. Asosiy sanoat markazi va dengiz porti — Port-oPrens sh. T.y.lar uz.— 376 km, avtomobil yoʻllari uz.— 4 ming km ga yaqin, jumladan qattiq qoplamali yoʻllar — 1,5 ming km. Xalqaro aeroporti bor. Chetga, asosan kofe, boksit, sizal va qand chiqariladi. Chetdan neft mahsulotlari, gazlama, oziq-ovqat, turli mashinalar keltiriladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozi — AQSH. Pul birligi — gurd.
 
Maorifn, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. G.da 7—12 yoshdagi bolalar uchun pulsiz majburiy boshlangʻich taʼlim joriy qilingan boʻlsada, aholining koʻpchiligi (62%) savodsiz. 6 y.lik boshlangʻich, 7 y.lik oʻrta maktablar, 3 y.lik hunar-texnika, q.x. bilim yurtlari va b. maktablar, bir qancha kollejlar bor. 3—6 yoshli bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalarining aksariyati xususiydir. Port-o-Prensda universitet va 3 oliy texnika maktabi, Milliy kutubxona (1940), Milliy muzey (1938), G. xalqlari muzeyi (1949), Badiiy markaz (1944) bor.
 
I. t. muassasalarining asosiy qismi universitet tarkibida. Yetakchi i.t. muassasalari: Ijtimoiy fanlar sohasidagi tadqiqot markazi, etnologiya, endokrinologiya institutlari. Mamlakatdagi ilmiy ishlarga Ilmiy tadqiqotlar milliy kengashi umumiy rahbarlik qiladi.
 
Matbuoti, radioeshittirshpi va telekoʻrsatuvi. G.da bir qancha gaz. va jur.lar nashr etiladi. Yiriklari: "Maten" ("Tong", kundalik gaz., 1908 y.dan), "Moniter" ("Murabbiy", haftada 2 marta chiqadigan rasmiy gaz.), "Nuvellist" ("Xabarchi", kundalik kechki gaz., 1898 y.dan), "Bukan" ("Gulxan", onda-sonda chiqadigan gaz., 1969 y.dan); G. matbuot agentligi — GAP hukumat axborot agentligidir (1981 y.da tuzilgan). Milliy aloqa kengashi radio-eshittirish xizmati hisoblanadi (1969 y. tashkil etilgan). Mamlakatda 33 radio va 5 telest-ya bor. Jumladan, G. Milliy radiosi, "Radio Anti-Inter", "Radio Metropol" radiostyalari, "Gaiti milliy telekoʻrsatuvi" hukumat xizmati, G. telekoʻrsatuvi tijorat xizmati mavjud.
 
Adabiyoti (fransuz tilida). Folklorida indeys va Gʻarbiy Afrika adabiyotining taʼsiri bor. 18—19-a.lar adabiyotida G. xalqlarining mustaqillik uchun kurashi oʻz aksini topdi. G. mustaqillikka erishgandan soʻng poeziya va dramaturgiya, keyinroq fransuz adabiy oqimlari taʼsirida romanchilik, publitsistika rivojlandi. Milliy ozodlik harakatining kuchayishi (1915—34) natijasida J. Rumen, J. Briyer, E. Rumer, R. Kamil kabi shoir va yozuvchilar ijodida milliy iftixor, ijtimoiy noroziliklar yangicha mazmun va uslubda, qahramonona obrazlarda talqin etildi. J. Sineas, T. Filipp, Pyer Marseley ijodida oddiy mehnatkashlar hayoti aks etdi.
 
2-jahon urushidan soʻng adabiy jarayonda yuksalish yuz berdi. "Qora ruda" (1956), "Dengiz hayvonining kundaligi" (1964) sheʼriy toʻplamlari (R. Depestr), "Shudring egalari" (J. Rumen), "Tangri kulgusi" (E. Sent-Aman), "Nafrat urugʻi" (A. Lyospes), "Koʻz ochib yumguncha" (J. S. Aleksis) romanlarida muxim ijtimoiy muammolar qalamga olindi.
 
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati.
 
G.da indeyslarning qad. madaniyat namunalari — qoʻdda ishlangan turli sopol shakllar saqlangan. 1808—16 y.larda Kap-Aityen yaqinida La-Feryer qalʼasi va 18-a. fransuz saroylariga oʻxshash San-Susi saroyi, 1920-y.larda esa Porto-Prensda Milliy saroy kurildi. Negr va mulatlarning xalq ijodi (yogʻoch niqoblar, devoriy rasmlar) G. hayoti va tabiatini sevib, uni sodda, biroq rangdor rasmlari bilan tasvirlovchi mustaqil oʻqib oʻrgangan rassomlar (F. Oben, E. Ippolit, L. Puasson) ijodiga asos boʻldi. Yogʻoch oʻymakorlari (Sh. Normil, A. Lafontan) negrlar hayotidan turli manzaralar yaratganlar.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{Shimoliy Amerika mamlakatlari}}
[[Turkum:Amerika]]