Marshall orollari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k vikifikatsiya, replaced: z-da → zda using AWB
Qator 1:
<!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
{{Marshall Orollari_info}}'''Marshall Orollari''' (Marshall Orollar Respublikasi) poytaxti — [[Majuro]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
{{Maʼnolari|Marshall orollari (maʼnolari)}}
{{Marshall Orollari_info}}'''Marshall Orollari''' (Marshall Orollar Respublikasi) poytaxti — [[Majuro]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
'''Marshall orollari''' - Tinch oke-andagi arxipelag , Mikroneziyada. Bir necha yuz marjon orol, atoll va riflardan iborat. Marshall Orollarini 1529 yilda ispan dengizchi sayyohi A. Saavedra yevropaliklarga maʼlum qilgan. Orollarni key-inroq ingliz tadqiqotchilari D. Gilbert va J. Marshall mukammalroq oʻrganganlar. Orollarda Marshall Orollari Respublikam joylashgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref> Arxipelag bir necha yuz orolning 2 guruhi: Radak va Ralikdan iborat. Maydoni 180&nbsp;km². Aholisi 70,82 ming kishi (2001). Poytaxti Majuro o.dagi Majuro shahri Maʼmuriy jihatdan 25 tuman (district)ra boʻlingan. Deyarli barcha aholisi mikronezlar irqiy toifasiga kiruvchi marshalliklar; protestan-tlikka eʼtiqod qiladi.
 
Davlat tuzumi. M. O. — respublika, AQSH bilan "erkin uyushgan" davlat. 1979 yil 1 maydagi konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — prezident (2000 yildan Kessai Nout), u parlament aʼzolari orasidan 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyati — parlament, u aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi, u parlament aʼzolari orasidan hukumat aʼzolarini tanlab oladi.
 
Tabiati. Yer yuzasi pasttekislik, asosan, marjon ohaktoshlardan tarkib topgan. Ikdimi shim.da tropik, passatli, jan.da subekvatorial. Yillik yogʻin 2000–4000&nbsp;mm. Butazorlar, kokos palmazorlari va doim yashil oʻrmonlar bor, ichki qoʻltikdar atrofida man-gra butalari usadi.
 
Tarixi. Marshall o.larini 1529 yilda ispan dengizchi sayyohi Alvaro de Saavedra kashf etgan, 1788 yilda esa ingliz tadqiqotchilari J. Marshall va T. Gilbert mufassal oʻrganganlar. Orollar J. Marshall nomi bilan atalgan. Tinch okeanning gʻarbiy qismida joylashgan Mariana, Karolina va Marshall o.lari, shuningdek, Palau o. 17-asrdan 19-asrgacha Ispaniya mustamlakasi boʻlgan. 1885 yilda Germaniya Ispaniyaning za-iflashuvidan foydalanib, Marshall o.larini tortib oldi. 1914 yilda orollar Yaponiya kuliga oʻtdi, 1920 yilda Millatlar ligasi Yaponiyaga shu orollarni boshqarish mandatini berdi. 1945 yilda orollarni amerikaliklar bosib oldi, 1947 yilda esa BMT Xavfsizlik Kengashining qaroriga binoan, Mikroneziya (orollarning umumiy nomi) BMTning AQSH boshqaruvidagi yer-mulkiga aylantirildi. 1952 yilgacha Tinch okeandagi vasiylik xududi orollari AQSH harbiydengiz floti qarmogʻida turdi, soʻngra AQSH Ichki ishlar vazirligiga olib berildi. 1962 yilda vasiylikdagi xudud orollarida Amerika oliy komissari boshchiligidagi fuqaro maʼmuriyati joriy etildi. 1964 yilda mahalliy qonun chiqaruvchi organ sifatida cheklangan huqukli Mikroneziya kongressi taʼsis etildi. 1967 yilda Mikroneziya kongressi orollarning boʻlajak siyosiy maqomini belgilovchi komissiya tuzdi. AQSH bilan uzok, davom etgan muzokara jarayoni natijasida vasiylikdagi orollar xududidan toʻrt mustaqil siyosiy maʼmuriy birlik ajralib chikdi. Shulardan biri — Marshall o.larida 1979 yilda respublika eʼlon qilindi. AQSH vasiyligidan ozod boʻlib, u bilan "erkin uyushgan" davlatga aylangan M. O. oʻzini oʻzi boshqarish va tashqi siyosat sohasida muayyan mustaqillik maqomiga ega boʻlsa ham, mudofaa, moliya va tashqi ishlar masalalari AQSH ixtiyorida. M. O.da yagona Birlashgan demokratik partiya faoliyat koʻrsatadi. M. O. — 1991 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1 may — Konstitutsiya kuni (1990).
 
Xoʻjaligi. Aholi, asosan, baliq ovlash va dehqonchilik bilan shugʻullanadi, fosfat qazib chiqaradi. Kokos palmasi, non daraxti oʻstiradi, taro va batat yetishtiradi. Chetga kokos yogʻi, kopra, baliq mahsulotlari, mahalliy hunarmandchilik buyumlari va fosfat chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat, mashina va asbob-uskunalar oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: AKSH, Yaponiya. Pul birligi — AQSH dollari. "Marshall aylendz gazett" ("Marshall orollari gazetasi", 1982 yildan) gaz.si, "Marshall aylendz djornel" ("Marshall orollari jurnali", 1970 yildan) haftanomasi nashr etiladi. Marshall Orollari radiosi xukumatga qarashli tijorat mahkamasi boʻlib, ingliz va mahalliy tillarda eshittirishlar olib boradi. Kvajaleyn o.dagi AQSH harbiy bazasida telemarkaz mavjud.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
 
[[Tinch okeani]]da joylashgan [[Mikroneziya]]dagi bu davlatning poytaxti [[Majuro]] shahridir. Ko'plab mayda orollardan iborat bu mamlakatda 64 min axoli istiqomat qiladi. Bu davlat mudofaasi bo'yicha javobgarlikni [[AQSh]] o'z zimmasiga olgan. [[Grenada Karib dengizi]]ning janubiy sharqidqa joylashgan bu orol davlat xam o'z qurolli kuchlariga ega emas. Xujumga uchragan chog'da, [[Antigua va Barbuda]], [[Barbados]], [[Dominikan respublikasi]] kabi davlatlar ximoyaga chiqishadi. Lekin bu davlatlarning o'zlari yetarli harbiy kuchlarga ega emasligi uchun baribur [[AQSh]]dan madad kutishga to'g'ri keladi.<ref>[http://www.geopolitikauz.com/2013/10/armiyasizdavlatlar.html Abdulatif Atxamov. ARMIYASIZ DAVLATLAR]</ref>
Qator 9 ⟶ 16:
{{manbalar}}
<references/>
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Okeaniya]]
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
 
 
{{stub}}