Ulyanov viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 35:
|MSKS = +4
|OfSite =
}}'''Ulyanovsk viloyati''' - RF[[Rossiya Federatsiyasi]] tarkibidagi viloyat. 1943 y. 19 yanvardatashkil qilingan. Rossiya Yevropa qismining jan.sharqida joylashgan. Maydoni 37,3 ming km². Aholisi 1382,3 ming kishi (2002), asosan, ruslar (73%), shuningdek, tatar, chuvash, mordva, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Viloyat tarkibida 21 maʼmuriy tuman, 6 shahar, 33 shaharcha bor. Shahar aholisi 73%. Viloyat markazi — Ulyanovsk sh.
 
Ulyanovsk viloyati hududining 3/4 ga yaqin qismi Volga boʻyi qirlarining sharqida joylashgan. Volga daryosi Ulyanovsk viloyati hududini oʻng va chap (Zavoljye) soxillarga boʻladi. Zavoljye sohili qismi bir oz qiya tekislik. Oʻng sohilda Volga boʻyi qirlari (bal. 363 m gacha) joylashgan. Foydali qazilmalari: kvars, kumush, diatomitlar, qurilish materiallari xom ashyosi, neft, tabiiy gaz, yonuvchi slanetslar, torf, fosforitlar. Undori mineral suvi bor. Iqlimi moʻʼtadil kontinental, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —13°, iyulniki 19°. Yiliga 400 mm ga yaqin yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 174 kun. Asosiy daryolari — Volga va uning irmoqlari (Sura, Sviyaga, Katta Cheremshan va boshqalar); Kuybishev suv ombori, kichik koʻllar bor. Viloyat oʻrmonli dasht va keng bargli oʻrmonlar (asosan, shim.garbi) zonasida, joylashgan. Zavoljyeda qaragʻayzorlar saqlangan. Oʻrmonlar viloyat hududining 25% ni egallaydi. Katta maydon unumdor qoratuproqlar bilan qoplangan. Yovvoyi hayvonlardan los, suvsar, tiyin, oq tovushqon, suv parrandalari va botqoqqirgʻoq qushlari yashaydi. Kuybishev suv omborida baliq ovlanadi.