Iqon jangi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Bot: Replacing category Oʻzbekiston: Tarix with Oʻzbekiston:Tarix
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[File:Памятник на поле битвы под Иканом.jpg|thumb|right|192px|<center> {{PAGENAME}} </center>]]
 
'''Iqon jangi''' - chor [[hukumat]]i bos-qinchilariga qarshi [[sarboz]]lar va koʻngillilardan iborat [[vatan]] himoyachilari [[jang]]i ([[1864]] y. [[noyabr]]). [[Qoʻqon xonligi]]ning [[lashkar]]boshisi [[Alimqul]] [[Toshkent]]da katta harbiy tayyorgarlik koʻrgan. Uning [[qoʻshin]]i (12 ming kishi) yoʻlga otlanganida qattiq sovuq tushib, hatto [[qor]]ning balandligi otu [[tuya]] [[koʻkrak|koʻkragi]]gacha keladigan darajada edi. Shunga qaramay, Alimqul qoʻshini yoʻlni da-vom ettirib Chulak [[mavze]]iga kelgan va Iqon [[qishloq|qishlogʻi]] atrofida Serov boshchiligidagi harbiy qismni qurshab olgan. Ogʻir ahvolga tushib qolgan Serovni himoya qilish uchun [[Turkiston (shahar)|Turkiston]] sh.dan 170 soldat va [[2 (son)|ikki]] [[zambarak]] yuborilgan. Vatan himoyachilari qaxramonona jang qilib dushman kuchlarini sarosima va [[vahima]]ga solib qoʻygan. Ular [[1 (son)|bir]] [[kecha-kunduz|kechakunduz]]dan keyin har xil narsalar [[namat]], [[daraxt]] [[shox]]lari, qoru [[muz]]dan toʻsiq yasab, uni oldilariga qoʻyib yumalatib [[ruslar|rus]] [[askar]]lari turgan joyga yaqinlashgan. Ularning orqasidan panalab kelgan [[navkar]]lar toʻsatdan dushmanga hujum qilib gʻalaba qozonganlar. Bu gʻalaba I. j. [[nom]]i bilan [[tarix]]da oʻchmas iz qoldirgan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>