Xubilay: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ 79 × [[]]; + 6 categories using HotCat; -{{no iwiki}}
Olaf Studt (munozara | hissa)
± 1 × [[]]
Qator 1:
'''Xubilay''', Qubilay ([[1210]]-[[1294]]) — [[Moʻgʻullar davlati]] hukmdori, [[qoon]] ([[1260]]—94). [[Tulixon]]ning 4oʻgʻli, [[Chingizxon|Chingizxoi]]ning [[nabira]]si. [[Ona]]si — Surquktani [[kerayit|kerayt]] [[qabila]]si begi [[Vanxon Toʻgʻril]] (Oʻnxon)ning jiyani boʻlgan. [[1251]] yilda X. moʻgul zodagonlarining buyuk [[qurultoy]]ida [[rais]]lik vazifasini ado etgan. Shu paytdan eʼtiboran u [[Munke]] qoon farmoniga muvofiq, [[moʻgʻullar]] tomonidan bosib olingan [[Xitoy]] yerlarini boshqargan. [[Pekin]] [[shahar|shahri]]dan taxminan 550 km [[shimol|shim.]]da Kaypin shahrini barpo etgan, u keyinchalik Shandu deb atalgan. Munke [[vafot]]idan soʻng ([[1259]]) X. va uning ukasi Ariqbuqo oʻrtasida [[taxt]] uchun kurash boshlangan. 1260 y. X. oʻzini xoqon deb eʼlon qilgan va oʻz [[poytaxt]]ini Kaypinga koʻchirgan. X. 1260 yilning [[kuz]]ida xos Moʻgʻuliston hukmdori Ariqbuqo poytaxti [[Qoraqurum (shahar)|Qoraqurum]]ni qoʻlga kiritgan. X.ga qarshi olib borilgan harbiy harakatlarda magʻlubiyatga uchragan Ariqbuqo [[1264]] y. unga [[taslim boʻlish|taslim boʻlgan]]. [[1271]] yilda X. hozirgi Pekin yaqinida [[yang]]i poytaxt qurgan va unga Xonbalgʻasun (xoqon shahri) deb [[nom]] bergan. Moʻgʻullar [[sulola]]sini esa [[Yuan]] nomi bilan yurita boshlagan. [[1266]] yilda X. ilk bor [[Yaponiya]]ga [[elchi]] yuborgan. Ayni chogʻda uning [[buyruq|buyrugʻi]]ga binoan, [[koreya|koreys]] [[usta]]lari tomonidan [[1000|mingta]] [[yogʻoch]] [[kema]]lar [[qurilish|qurib]] tugatilgan. [[1270]] y. 2marta Yaponiyaga elchilar joʻnatilgan. [[1279]] y. [[Janub|Jan.]] [[Sun (sulola)|Sun]] [[davlat]]i yoʻq qilingan va Xitoy [[mamlakat]]i butunlay moʻgʻullar tasarrufiga kirgan. [[1280]] y. Yaponiyaga bostirib kirishga harakat qilingan. Lekin Yaponiya [[qirgʻoq|qirgʻok]]larida yuzaga kelgan kuchli dovul tufayli bu yurish muvaffaqiyatsiz yakunlangan. [[1283]] yilda [[Birma]] bosib olingan. [[1258]], [[1285]] va [[1287]] yillarda X. Annam ([[Vyetnam]]) yerlariga suqilib kirgan. Bu yurishlar paytida moʻgʻul armiyasi jangovar [[fil]]lardan jangda foydalanishni oʻrgangan. 1293 yilda [[Indoneziya]]ning [[Yava]] va boshqa [[orol]]laridagi davlatlar Yuan sulolasiga boʻysundirilgan. 1264 yildan umrining oxirigacha X. Ariqbuqo [[siyosat]]ini qoʻllabquvvatlagan. Qaydu noʻyon ([[Oʻqtoyxon|Oʻqtoy qoon]] nabirasi) isyoniga qarshi kurash olib borgan. X. zamonida uning hukmiga asosan, qogʻoz pullar muomalaga kiritilgan, toʻplar quyish yoʻlga koʻyilgan, [[aloqa]] yoʻllari [[rivojlanish|rivojlangan]], yomxonalar barpo etilgan. Xitoyda [[qoramol]] hamda [[ot (hayvon)|ot]]lar [[zot]]larini yaratishga alohida eʼtibor qaratilgan. X. farmoniga kura, [[kvadrat]] shaklli [[yozuv]] [[ixtiro]] qilingan. X. [[Tibet]] [[lama]]si Pagbani davlat maslahatchisi etib tayinlaydi. [[Harbiy sanʼat]] bobida u [[Marko Polo]] singari [[yevropa]]liklar xizmatidan foydalangan. Moʻgʻullarning xitoylashuviga qarshi choratadbirlar koʻrgan. U Xitoyda koʻpdankoʻp [[budda]] [[ibodatxona]]lari barpo etgan. [[Manbalar]]ning dalolat berishicha, X.ning 12 oʻgʻli boʻlgan. X. sulola taxtini nevarasi [[Temur xoqon]]ga qoldirgan.
 
Ad.:Rashid adDin, Sbornik letopisey, t.2, M.L., 1960; Bichurin N.Ya., Sobraniye svedeniy o narodax, obitavshix v Sredney Azii v drevniye vremena, t.2, M.— L., 1950.