Rossiya fanlar akademiyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
new president, s. http://en.kremlin.ru/events/president/news/55719
k now: 1127 corresponding members
Qator 1:
'''Rossiya fanlar akademiyasi''' - Rossiya Federatsiyasining oliy ilmiy muassasasi. 1991 y. taʼsis etilgan. Tarixi 1724 yilda tashkil etilgan Peterburg FAdan boshlanadi. 1917—25 yillarda Rossiya FA, 1925—91 yillarda SSSR Fanlar akademiyasi (oʻzbek olimlaridan O. Sodiqov akademiyaning haqiqiy aʼzosi, S. Yunusov, P. Habibullayev, E. Yusupov muxbir aʼzolari etib saylangan) deb nomlangan. Akademiya prezidiumi 1934 yildan Moskvada. Oʻzini oʻzi boshqaradigan ilmiy tashkilot. Sobiq SSSR FA ning aʼzolari va yangi saylangan akad.lar Rossiya FAning aʼzolaridir. 910 dan ortiq haqiqiy, 11301120 dan ziyod muxbir aʼzosi, deyarli 500 xorijiy aʼzosi bor. Fan tarmoq va yoʻnalishlari boʻyicha 18 boʻlimi (mat. umumiy fizika va astronomiya; yadro fizikasi; energetikaning fizikatexnika masalalari; informatika, hisoblash texnikasi va avtomatlashtirish; mashinasozlik, mexanika va boshkaruv jarayonlari masalalari; umumiy va texnik kimyo; noorganik materiallar fizikakimyosi va texnologiyasi; fiziologik faol birikmalar biokimyosi, biofizikasi va kimyosi; fiziologiya; umumiy biol.; geol., geofizika, geokimyo va togʻkon fanlari; okeanologiya, atmosfera fizikasi va geogr.; tarix; falsafa va huquq; iktisodiyot; jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar; adabiyot va til), mintaqaviy boʻlinmalari (Sibir, Ural, Uzoq Sharq) va ilmiy markazlari, 300 ga yaqin ilmiy muassasasi, 200 dan ziyod ilmiy kengash, Rossiya fanlar akademiyasi floti bor. Ilmiy adabiyotlar nashr etadi. Ilmiy kadrlar tayyorlaydi. Olimlarning ilmiy ishlari uchun medallar va mukofotlar taʼsis etilgan. SSSR va Rossiya FAning akad. lari I.Ye. Tamm, I.M. Frank, P.A. Cherenkov, N.G. Basov, A.M. Proxorov, P.L. Kapitsa, N.N. Semyonov, I.P. Pavlov, A.I. Soljenitsin, M.A. Sholoxov, A.D. Saharov, L.V. Kantorovich, J.I. Alfyorov, A.A. Abrikosov, V.A. Ginzburg turli davrlarda Nobel mukofotiga sazovor boʻlishgan. Xalqaro ilmiy alokalar olib boradi. Prezidenta — Yu.S. Osipov (1991-2013),<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref> V.E. Fortov (2013-2017), V.V. Kozlov (2017). [[w:en:Alexander Sergeev (physicist)|A.M. Sergeev]] (2017 yilning 27 sentyabridan boshlab).
 
== Manbalar ==